22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 12:33
Jamiyat 👁 5,045

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

QOMUSING MUBORAK, OʻZBEKISTONIM!

Kuch-u qudratingga bagʻishlaydi nur,

Qonunga hamohang yuksak tafakkur.

Elning nafi doim boʻlarkan zuhur,

Qomusing muborak, Oʻzbekistonim!

 

Qonunga bogʻliqdir adolat yoʻli,

Ham jihatlik hamda saodat yoʻli.

Qonunga boʻysunar irodat yoʻli,

Qomusing muborak, Oʻzbekistonim!

 

Ustuvor qonunlar elga madadkor,

Istiqlol yogʻdusi - yoʻlga madadkor.

Shu sabab doimo topgungdir zafar,

Qomusing muborak, Oʻzbekistonim!

 

Ne bir sinovlardan oʻtding mardona,

Zafarli yutuqlar – yuksak pogʻona.

"Tinchlik” shiori senda – tarona,

Qomusing muborak, Oʻzbekistonim!

 

Sakkizinchi Dekabr – ulugʻ ayyomdir,

El uchun, xalq uchun qutlugʻ bayramdir.

Kuch-u qudratingga bagʻishlaydi nur,

Qomusing muborak, Oʻzbekistonim!

 

Dilsayyor bu oqshom qalbida gʻurur,

Buyuk oʻzgarishlar ilhom keltirur.

Qonun - tuzuklaring boʻlarkan zuhur,

Qomusing muborak, Oʻzbekistonim!

Xudoybergan JUMAMURODOV.

ShUKRONA

Aziz tuprogʻingni koʻzimga surtib,

Goʻzal satr-la topgayman huzur.

Bu yorugʻ kunlar deb kurashganing chun,

Bobolarim, sizga ming bor tashakkur.

 

Bugun siz tufayli goʻzaldir olam,

Qad rostlab turibdi baxtiyor ona.

Har qarich yeringni muqaddas saqlay,

Osuda va tinch yurtga ming bor shukrona.

 

Duogoʻy onalar-u, dehqon bobolaring bor,

Uzoqlardan yelgan sabolaring bor.

Sen mening gʻururim, iftixorimsan,

Ey, durdona xalq, oʻzing faxrimsan.

 

Qora kunlar oʻtdi, endi boʻlsin farovon.

Urush boʻlmagay hech, boʻlsin farovon.

Ozodlik madhini yoshlar kuylasin,

Faqat tinchlik boʻlsin, boʻlsin bardavom.

 

Qay goʻshangga borsam, hayratda, lolman,

Barcha yuksalishlar senda mujassam.

Vatanim, sen mening goʻzal koshonam,

Senga sodiq qolishga qilgayman qasam.

Inobat ODILBOYeVA, Mangʻit iqtisodiyot

kolleji oʻquvchisi.

 

MULOHAZA

Nogoh umrimizga yasalib yakun,

Bu yorugʻ dunyoni tark etsak bir kun,

Birovlar baralla, birovlar beun:

"Yaxshi odam edi”, deyisharmikan?

 

Baʼzan savob qildik, baʼzida gunoh,

Kelsa hammasiga javob berar chogʻ,

Kulib ketgan boʻlsak yoki tortib "oh”:

"Yaxshi odam edi”, deyisharmikan?

 

"Boʻlaman”, - deganlar dunyoga ustun,

Bitirmay ketdilar uning kam-koʻstin,

Doʻppini olib bir oʻylasak, doʻstim:

"Yaxshi odam edi”, deyisharmikan?

 

Turmush mashaqqati oshib yil-yildan,

Derlar: "Mehr ketib borar koʻngildan”,

Kimdir uyalgandan, kimdir chin dildan:

"Yaxshi odam edi”, deyisharmikan?

 

Kimgadir tor edi sen bilan dunyo,

Endi qolgan boʻlib oʻzlari tanho.

Gʻayirlikda davom etarmikan yo:

"Yaxshi odam edi”, deyisharmikan?

 

Qancha mol-dunyo yigʻ, ming titrab-qaqshab,

Ikki hayotni hech boʻlmaydi yashab,

Ketar boʻlsang bir kun barini tashlab:

"Yaxshi odam edi”, deyisharmikan?

 

Dunyo kengdir, ammo bilib yo bilmay,

Iloj yoʻq kimningdir yoʻlini toʻsmay.

Gunohing yoʻqligin bilsa, harqalay:

"Yaxshi odam edi”, deyisharmikan?

 

Ne yaxshi ish qilsak kelib jahona,

Ajr berar bariga Olloh yagona.

Pok boʻlsak yoʻq oʻrin shunday gumona:

"Yaxshi odam edi”, deyisharmikan?”

 

Kimga ezgu amal boʻlsa oddiy hol,

Ishontirib aytsam boʻlar bemalol:

"Hech qachon qiynamas bundayin savol –

Yaxshi odam edi, deyisharmikan?”

 Ahmad NAFASOV.

 

HOLAT

Ovulga kecha qoʻngan qor ekan-ku,

Bizni ham qor yoʻqlar dam bor ekan-ku!

Tong tursam, tevarakni oqartirib

Tashlabdi qayta-boshdan yashartirib!

 

Oʻzimcha zavq izmida soʻylay turib,

Toʻrt ogʻiz aytay dedim, oʻylay turib:

Tomlarga liboslar oq, uyulibdi,

Bogʻlarga, dalalarga quyulibdi.

 

Qaragan sayin koʻzim qamashadi,

Yaltiroq nurlar oʻrin talashadi.

Oshkora zavqlanishdan uyalmadim.

Oshiqlik yuqqani bor, qoʻyolmadim!

 

HAYRAT

Hali zamon ochilib osmon,

Oppoq tonglar aylaydir ehson.

Dimogʻlarga bogʻlar boʻy berar,

Armoniga bogʻlanmas inson!

 

Koʻrk qoʻshila borar oʻtloqqa,

Yashil rang bop tushgan yaproqqa.

Dilbar hisdan hayrat oshmoqda,

Boqmay boʻlmas bizning qishloqqa!

 

Jonlanish bor jonzot ahlida,

Oʻrnin topgan olam sahnida.

Sayroqilar samo sayrida

Chorlar elni koʻklam sayliga!..

Jumaboy HIDOYaTOV.

 

MUHABBAT

Dunyoga goʻzallik bergay muhabbat,

Yurakka hayajon solgay muhabbat.

U husn tanlamas, tanlamas boylik,

Xudoyimdan kelgan asl muruvvat.

 

Shoh-u gado birday tengdir qoshida,

Har koʻngilni maftun aylar muhabbat.

Farida QALANDAROVA,

56-sonli maktab oʻqituvchisi.

 

YaNGI YIL SOGʻINChI

Mana bir yil oʻtdi orqaga,

Oʻzining quvonch-u gʻamlarin olib.

Yurayapmiz yana oldinga,

Umr lahzalarin moziyga solib,

Men seni sogʻindim, yangi yil!

 

Tugʻyonlarni titratar koʻrkam archalar,

Sirli Qorbobodan kutsang sovgʻalar.

Ramziy qor malagi aytsa tabriklar,

Ishonch istab olis kechar xayollar,

Shundanmi, sogʻinchli yangi yil!

 

Amu sohilidagi toʻqayzorlarda,

Koʻp koʻrganman shoxdor bugʻularni,

Balki ularning chanasi, Qorbobosi bor,

Baxt oʻlkasidan yetkazar sirlarni...

Ilohiy mujdalarni keltir, yangi yil!

 

Yangi yil kutish afsonasida,

Millionlab goʻdaklarning koʻz quvonchi bor.

Murgʻak onglar ishongan moʻʼjizaga,

Balki barchamizning ishonchimiz darkor,

Yangi yilni sogʻindik, bu yil!

 

Archadagi oʻyinchoqlar goʻzal bagʻoyat,

Balki ular roʻyoblardan oʻqiydi oyat.

Anglatib borliqda bor poyon-nihoyat,

Topish-yoʻqotish, hijron-visol benihoyat,

Umrimizni yangilikka chorlar, yangi yil!

 

Yilimiz sarhisobida oq oltin konlar,

Bugʻdoy-gʻallamiz, rizqli xirmonlar.

Mevalarni yetishtirdi dehqon, bogʻbonlar,

Barcha jabhada yutuq foydali poyonlar,

Biz senga munosib boʻldik, yangi yil!

 

Choʻlda choʻpon ham qoʻy-qoʻzi sanab,

Oʻtovda qilar sarhisobini...

Amudaryo oqmoqda umrimizga oʻxshab,

Gullatay deb hayot chamanzorini,

Barchasiga baraka keltir, yangi yil!

 

Qish. Qorli kunlar goʻzal fasona,

Yangi yil – tuygʻular tikilgan afsona.

Baxtli har kunimiz tinch boʻlsa zamona,

Barchamiz xurram, shodonmiz, yangi yil!

Oliy sogʻinchlar ila hamonmiz, yangi yil!

 

Men seni sogʻindim, Yangi yil!

Oʻlmasbek XOʻJAYeV.

 

TINCh BOʻLSIN VATAN

Vatanim deganda soʻlim hovlimni,

Jonajon koʻchamni aytgim keladi.

Goʻdaklikda alla tinglab ulgʻaygan,

Belanchagimga tomon qaytgim keladi.

 

Goʻdaklik Vatanim – belanchagimni,

Onamning quchogʻi, issiq goʻshamni.

Bobomning, togʻamning soʻlim bogʻlarin,

Vatan, deb bagʻrimga bosgim keladi.

 

Tilagim – Vatanim doim tinch boʻlsin,

Boʻsh qolmasin hecham belanchaklari.

Pahlavon goʻdaklar ulgʻaysin unda,

Alla aytaversin kelinchaklari.

Abdullajon OZODBOYeV.

   

QISh KELDI

Qish keldi yurtimizga,

Qorli, sovuq, izgʻirin.

Oppoq qor yoqqan damda

Yayrab ketadi tanim.

 

Koʻkda bulutlar kezib,

Guvullab esar shamol.

Xazonlarni uchirib,

Koʻrsatar sovuq jamol.

 

Baribir kumush qishning

Tovlanishi oʻzgacha.

Qor kechib yugurishning

Hatto zavqi boʻlakcha.

 

Chana uchar bolalar,

Zamin shirin uyquda.

Orom oladi bogʻlar

Qor koʻrpasin ostida.

 

Qish keldi yurtimizga,

Hamma yoqda oppoq qor.

Vatan tinch va osuda,

Tonglar aro nur, viqor.

Inobat OTAJONOVA,

"Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.

YaNGI YIL TILAGI

Bir yoshga ulgʻaydim men,

Yangi yil kirgan palla.

Qor gullarin quchay men,

Qutlar butun mahalla.

 

Yangi yil Vatanimga,

Buyuk iqbol keltirsin.

Yangi Prezidentimga,

Tengsiz kuch-quvvat bersin!

Javohir OLIMBOYeV.

 

OʻZBEKISTON

Bu dunyoda jannatmakon,

Ona yurtim Oʻzbekiston.

Osmoni musaffo va tinch,

Xalqi koʻnglida yoʻq oʻkinch.

 

Kundan-kunga chiroy ochar,

Mehnatdan shuhrati oshar.

Alloh nazar solgan makon,

Shunday yurt Oʻzbekiston.

Madina Jumamurodova, 7-sonli maktab oʻquvchisi.

 

ONA TILIM

Mening uchun eng aziz,

Asl ona tilimdir.

Soʻzimni qilgan laziz,

Oʻzbekona ilmdir.

 

Oʻz tilimiz bor uchun,

Oshmoqda nufuzimiz.

Oʻzbekiston nomi-la,

Porlaydi yulduzimiz!

Azamatjon Kamolov.

 

VATAN

Sportga chanqoq farzandlaring bor,

Dunyoni lol qoldirgan Vatan.

Istiqboli porloq qadamlaring bor,

Shahdidan hayratda turibdi jahon!

Dadil qadamingga hamqadam boʻlay,

Yuksak marralarni koʻzlab turibman.

Sen bergan imkondan qudratga toʻlay,

Senga tosh otsa kim boʻlayin qalqon!

Qunduzbek YOʻLDOShEV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026