Jayxun ilhomlari
Vatan posbonlariga
Xalqim, deb talpinib turguvçi Öğlon,
El-u yurt dardiga darmon böladi.
Köksini töldirib qudratli tuğyon,
Vatan tinçligiga qalqon böladi!
Şu qalqon bor uçun öttiz millionli
Ahli Özbekiston osuda, xurram.
Bir yuz öttiz millat serquyoş hovli –
Ön ming mahallada yaşaydi birdam!
Şu qalqon bor uçun beşigin quçgan,
Onalar yuragi baxtga muşarraf.
Dalalar tomonda rizqqa yöl oçgan
Fasllar taftida özbaki şaraf!
Şu qalqon bor uçun yurt tongi oppoq,
Gödaklar közida baxtning rangi bor.
Har dilda bir orzu – kelgusi porloq
Yuraklarda ERKning xuş jarangi bor!
Kördingizmi, özbek öğlonlarini,
Temuriy kelbatli! Zakovatli, mard.
Asrab ona Vatan qörğonlarini,
Xalqin kiprigiga qöndirmaydi gard!
Har biri yurtim, deb jon bermoqqa şay,
Bölsa, oriyatga maydon böladi.
Alpomiş siyoqli bobolariday,
Yovuzlikka qarşi paykon böladi!
Ana, postda turar zabardast Öğlon,
Askarlik – yigitga armon böladi!
Onajonim mening! Hur Özbekiston,
Solih Öğlonlaring posbon böladi!
Ming taşakkur Vatan, posbonlaringga
Ular bor, yurt buyuk arkon böladi.
Gard yuqmagay zamin, osmonlaringga
Har öğling TINÇLIKka sarbon böladi!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶