22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 13:46
Jamiyat 👁 3,486

AVLODLAR EHTIROMI

AVLODLAR EHTIROMI

Xotira – kechagi kun bilan bugunni bogʻlab turuvchi maʼnaviy koʻprik, tarix solnomasiga bitilgan ulugʻ va ezgu ishlarga avlodlar ehtiromi.

Mana bir necha kundirki, butun mamlakatimizda, shu jumladan tumanimizda  ham buyuk Vatan qurgan, oʻzi sevgan xalqining baxt-saodati, erk va ozodligi uchun kurashgan, taʼbir joiz boʻlsa, Oʻzbekiston mustaqilligi yoʻlida umrini bagʻishlagan Birinchi Prezidentimiz, Oʻzbekiston Qahramoni I.A.Karimov tavallud topgan kunga bagʻishlangan xotira tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

Ana shunday xotira tadbiri 30-yanvar – I.A.Karimov tavallud topgan kunda Amudaryo akademik litseyida ham boʻlib oʻtdi. Avvalo tadbir ishtirokchilari boʻlgan tumanimiz faollari va oʻquvchi-yoshlarga buyuk oʻzbek farzandi, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning joʻshqin va kurashchan hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi hujjatli film namoyish etildi. Film namoyishidan soʻng I.A.Karimovning kelajakni  koʻra oladigan yengilmas va qatʼiyatli davlat rahbari sifatidagi ulugʻvor xizmatlariga bagʻishlangan «Mustaqillik meʼmori» mavzusida ilmiy-maʼrifiy xotira anjumani oʻtkazildi.

Ilmiy-maʼrifiy Xotira anjumanida tuman hokimi oʻrinbosari, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti rektori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Murodboy Jumanov, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Xalila Davlatnazarovlar I.A.Karimovning Oʻzbekistonni tubdan oʻzgartirib yuboruvchi iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy-maʼrifiy islohotlarni amalga oshirish yoʻlidagi buyuk xizmatlari xususida toʻlqinlanib gapirdilar.

Qoraqalpogʻiston Xalq shoiri Xalila Davlatnazarov "Bizlar hech kimdan kam boʻlmasligimiz kerak” mavzusida soʻz yuritib, oʻzbek xalqining hech kimdan kam emasligini tarannum etuvchi sheʼrlaridan oʻqib berdi.

Shuningdek, "Mustaqillik meʼmori” deb nomlangan xotira tadbirida bir guruh yoshlar ham soʻzga chiqib, oʻzlarining buyuk Yurtboshimiz xotirasiga boʻlgan chuqur hurmat va ehtiromlarini izhor etdilar.

* * *

27-yanvar kuni 31-sonli umumtaʼlim maktabida xalqimizning buyuk va sadoqatli farzandi, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov xotirasiga bagʻishlangan "Mustaqillik meʼmori” mavzusidagi xotira  tadbiri boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi, "Kamolot” YoIH tuman Kengashi hamkorligida oʻtkazilgan ushbu tadbirda OʻzMTDP tuman Kengashi raisi Shirin Yangiboyeva, "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yoʻldoshevalar soʻzga chiqishib, istiqlolning ilk yillarida I.Karimov koʻrsatgan buyuk jasorat va matonat haqida, mamlakatimizda mustaqillik tufayli erishilgan mislsiz gʻalabalar, ayniqsa, oʻquvchi-yoshlarning oʻz qobiliyat va iqtidorlarini amalda namoyon etishlari uchun yaratilgan jahon andozalariga mos shart-sharoitlar xususida batafsil hikoya qildilar. Oʻquvchilarga monitor orqali I.A.Karimovning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi xronik maʼlumotlar namoyish etildi.

Tadbirda maktab oʻquvchilari ham soʻzga chiqishib, I.A.Karimov xotirasi oldida hamisha ehtiromda ekanliklarini, Yurtboshimiz boshlab bergan ulugʻvor ishlarning  davomchilari boʻlish uchun oʻzlarining aʼlo oʻqishlari bilan javob berajaklarini bildirib, oʻzlarining Islom Karimov xotirasiga bagʻishlangan sheʼrlarini oʻqib berdilar.

M.ShOMURODOV.

* * *

28-yanvar kuni Mangʻit iqtisodiyot kollejida Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning tavallud kuniga bagʻishlab xotira tadbiri oʻtkazildi. Mazkur tadbirda Milliy tiklanish demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Sh.Yangiboyeva, "Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi B.Allabergenov, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi masʼul kotibi O.Ibragimov, "Kamolot” YoIH tuman Kengashi mutaxassisi G.Nurjanova va tuman ichki ishlar boʻlimi inspektori, katta serjant A.Yoʻldoshevlar ishtirok etishib, buyuk davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimovning mamlakatimizda olib borgan keng salohiyatli ishlari haqida oʻquvchi-yoshlarga gapirib berdilar.

Tadbirda kollej oʻquvchi-yoshlari ham soʻzga chiqishib, I.A.Karimov oʻzi hayotligida ilgari surgan tinchlikparvar, xalqparvar va adolatparvar gʻoyalarga sadoqatda yashashga,  Oʻzbekiston kelajagi uchun fidoyilik bilan mehnat qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.


Jahongir OTANAZAROV,
Mangʻit iqtisodiyot kolleji oʻqituvchisi.

***

Yurtimizning bugungi istiqboli va tinchligining asoschisi boʻlmish Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti  I.A.Karimovning tavallud kuniga bagʻishlab Amudaryo transport va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida ham "Mustaqillik meʼmori” mavzusida tadbir oʻtkazildi. Tadbirda kollej direktori Oʻ.Qoʻshnazarov I.A.Karimovning hayoti va faoliyati, amalga oshirgan keng koʻlamli ishlari haqida maʼruza qildi. Maʼrifiy tadbirda "Qurilish xizmat” MChJ rahbari  B. Toʻraboyev ham ishtirok etib, Yurtboshimizning ezgu ishlari haqida toʻlqinlanib gapirdi. Tadbir davomida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari  B.Shomurotov, tarix fani oʻqituvchisi H.Matyusupov, huquqshunoslik fani oʻqituvchisi Oʻ.Gafurovlar Birinchi Prezidentimiz amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari xususida oʻquvchilarga soʻzlab berdilar. Kollej oʻquvchilari Yurtboshimizni  madh etuvchi sheʼrlar oʻqidilar. 

B. Saparboyev,

Amudaryo transport va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri. 

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026