21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:22
Adabiyot 👁 3,424

Ona Vatan eʼzoziga munosib shoir

Ona Vatan eʼzoziga munosib shoir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti  Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻistonga tashrifi xalqimiz hayotida juda katta ijtimoiy-siyosiy voqea boʻldi.

Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan video selektor yigʻilishini butun xalqimiz yangi kunga umid va ishonch bilan kuzatdilar.

Haqiqatan ham ushbu yigʻilishda  tilga olingan hayotimizning barcha sohalarini oʻz ichiga olgan istiqbolli rejalar qoraqalpogʻistonliklarning koʻp yillik orzu va umidlarini oʻzida mujassam etganligi tufayli har bir insonning koʻnglidan joy oldi.

Shu yurtda yashayotgan ziyolilardan biri sifatida men davlatimiz rahbarining maʼruzasida maʼnaviy-maʼrifiy sohada tilga olingan rejalarni eshitib, koʻnglimda oʻzgacha bir faxr-iftixor tuygʻularini his qildim. Ayniqsa kitobxonlik, kitob mutolaasi haqida Yurtboshimiz oldimizga qoʻyayotgan  vazifalar koʻnglimni togʻdek koʻtardi.

Prezidentimizning qoraqalpoq adabiyoti namoyondalariga koʻrsatayotgan hurmat-ehtiromi,  shu ulugʻ yurtga boʻlgan alohida gʻamxoʻrligi qalbimizda faxr va iftixor tuygʻularini uygʻotdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi madhiyasi muallifi,  Oʻzbekiston Qahramoni,   xalq shoiri Ibroyim ogʻa Yusupov xotirasiga yuksak ehtirom  koʻrsatib, uning nomidagi iqtidorli yoshlar maktabi, ijodkorlar bogʻi yaratish yoʻlida muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev rahbarligida boshlangan ezgu ishlar shoirni yaxshi bilgan, uning koʻp suhbatlarini olgan bizdek zamondoshlariga quvonch va gʻurur bagʻishlaydi.

Ibroyim Yusupov oʻz xalqining ardoqli farzandi, daryodek joʻshqin qalbli ijodkor edi. Uning oʻlmas asarlari har bir yurtdoshimizning qalb toʻridan joy olganiga hech shubha yoʻq.

Ibroyim ogʻa bilan juda koʻp suhbatda boʻlganligim bois, uning Vatanga, vatandoshlariga boʻlgan alohida hurmati, eʼtibori, daryodek joʻshqin qalbi, bolalarga xos begʻuborligi, hazilomuz suhbatlari  xotiramda muhrlanib qolgan. Hozir ham u xuddi biz bilan yonma-yon yashayotgandek nazarimda. Shoirning:

Zar qadrini bilib zargar,

Shunday zamon kelgan kezda.

"Ijaraga oz-moz yer ber”,

Deb yalinar dunyo bizga.

Yoki: 

Qayta qurish qobiliyati,

Yer-onada moʻl boʻladi.

Siz ozgina sabr qiling

Bu el hali zoʻr boʻladi. 

degan satrlari nazarimda  shoirning bugungi kunlarimizni oldindan koʻrib, qilgan bashoratiday.

Muhtaram Prezidentimizning shoir Ibroyim Yusupov nomidagi maktab va ijodkorlar bogʻi yaratish yuzasidan boshlayotgan ezgu ishlari yurtimizdagi har bir ijodkor uchun koʻrsatilayotgan hurmat va ehtirom namunasidir.

Davlatimizni inson omili eng yuksak darajada koʻtarilgan shunday kunlarga yetkazgan Birinchi Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimovdan  va bugun ona Vatanimiz Oʻzbekistonni uning mehnatkash xalqini yuksalish yoʻliga sobit qadamlik bilan boshlayotgan muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevdan minnatdorchilik hissi qalbimni quvonchga toʻldiradi.

Xonimjon Rajabova,

Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.  

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026