ÖQUVÇILARIMIZ BILIMGA ÇANQOQ
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoşlarga yaratilayotgan şart-şaroit taʼlim-tarbiya sohasiga ijobiy taʼsir körsatayotgani quvonarli. Buni bizning Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kollejimiz misolida ham köriş mumkin. Kollej öquvçilari bilimga çanqoq, iştiyoqi baland yoşlardan iborat, desam mubolağa bölmaydi. Öquvçilarimiz fanlarni zör qiziqiş bilan özlaştirişga harakat qilişadi.
Kollejimizda sportga qiziquvçi yoşlar talaygina. Joriy yilda futbol böyiça ötkazilgan "Kamolot kubogi”ning tuman bosqiçida faxrli 1-örinni egallagan kollej jamoasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida 2-örin sohibi bölişdi.
Tumanimizdagi kollej öquvçilari örtasida şu yilning 12-aprel kuni bölib ötgan "Quvnoqlar va zukkolar” körik-tanlovida ham kollejimizning "Maroqand” jamoasi faxrli 1-örinni egallab, Törtköl şahrida bölib ötadigan tumanlararo bosqiçga yöllanma olişdi.
Töğri yönaltirilgan taʼlim-tarbiya öz samarasini bermay qolmaydi. Taʼlim sifatini yaxşilaş, öquvçilar bilan döstona munosabatni şakllantiriş, öquvçilarga özgaça yondaşuv asosida bilim beriş yaxşi natijalarga erişişga asos böladi.
Men kollejimiz öquvçi-yoşlari erişayotgan yutuqlarda pedagogik jamoamizning hissasi katta ekanligidan, öz faoliyatlarida zamonaviy pedtexnologiyalardan foydalanib mehnat qilayotgan hamkasblarimning fidoyiligidan faxrlanaman.
Hulkar BOBOJONOVA,
Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kolleji öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶