BILIM – MENING BAXT YÖLIM
Inson hayotda oldiga bir maqsad qöyib yaşaydi. Şu maqsadi uning qalbida orzularni uyğotadi.
Yoşidan qatʼiy nazar, har bir inson qalbida orzu-umid böladi. Qalbdagi orzular sönib, mudray boşlaşi – bu fojeadir.
Bizning mamlakatimizda iqtidorli öquvçilarni izlab topişga, ulardagi qobiliyatni rivojlantirişga qaratilgan tadbirlar behisob.
Jumladan, men joriy öquv yilida ona tili va adabiyot fanidan "Bilimlar bellaşuvi”ning maktab, hudud, tuman bosqiçlarida iştirok etiş baxtiga muyassar böldim. Bu jarayon meni izlanişga, öz ustimda işlaşga undadi. Bilim sari intiliş menda zavq uyğotdi. Maktab va hudud bosqiçida faxrli birinçi, tuman bosqiçida sovrinli ikkinçi örinni egalladim. Aslida meni bu yutuqlar sari undagan omillar oldingi öquv yilllarida maktabimizda tahsil olayotgan opa-akalarimning "Bilimlar bellaşuvi”, "Fanlar olimpiadasi” tadbirlarida maktab, hudud, tuman, hattoki Respublika bosqiçlarida iştirok etib, faxrli va sovrinli örinlarni egallaganliklari va bunga mening havasimdir.
Menga ular orzularim yölida intilib yaşaşni örgatmoqda. Orzularim bisyor va qalbim ilm sari hamişa uyğoqdir.
Men orzularim amalga oşişi uçun hozirdanoq harakat qilişim kerakligini anglab yetdim. Ezgu maqsad va orzularim ijobat bölişi uçun öqib-örganişdan heç qaçon töxtamayman. Çunki bilim – mening yorqin kelajagim asosidir.
Şahlo QUROLOVA, 62-sonli maktab öquvçisi.
(Foto: ÖzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶