YuKSAK ĞALLA XIRMONI – DASTURXON TÖKINLIGI, KÖNGIL XOTIRJAMLIGI
Tumanimizda buğdoy yetiştirib, davlatga topşiriş böyiça yillik şartnomaviy rejalarning ortiği bilan ado etilganligi barça-barçani birdek quvontirdi. Axir quvonmay böladimi, bir vaqtlar yetiştiriş uçun barça şaroitlar bölişiga qaramasdan asosiy oziq-ovqat mahsuloti bölgan un çetdan keltirilgan yurtimizda bugun xirmonlar buğdoyga tölib, özimizni töla taʼminlab, hatto çetga sotilayotgan bölsa.
Bu istiqlol yillarida ğalla mustaqilligiga erişiş borasida olib borilgan oqilona siyosat, xalqimizning yuksak bunyodkorlik mehnati samarasidir.
Demak, söz tumanimizda yaratilgan zalvorli buğdoy xirmoni bunyodkorlariga!
Nuraddin Bekçonov, "Qipçoq” MMTP raisi:
– Bizning "Qipçoq” muqobil maşina traktor parkimiz hududimizdagi 39 ta fermer xöjaliklariga xizmat körsatadi. 15 ta fermer xöjaligida ötgan yilning kuzida 143 gektar maydonga buğdoy ekilib, tekis nihol olişga erişilgan edi. Avvalo, iqlim şaroitimizga mos yangi, hosildor va tezpişar navlar yaratilib, ekilayotgani, qolaversa, vegetatsiya davrida mineral öğitlar bilan öz vaqtida oziqlantirilib, suğorilib, begona ötlardan tozalangani mazkur maydonlarda möl hosil yaratişga asos böldi.
Ayni kungaça 15 ta fermer xöjalikda ham buğdoy topşiriş davlat şartnomalari ortiği bilan bajarildi. 143 gektar buğdoyzordan 362 tonnadan ziyod hosil yiğiştirilib olindi va davlat xirmoniga topşirildi. Hosildorlik ayniqsa "Xidirov Nurullaboy”, "Örozboyev Dostonbek” fermer xöjaliklarida yuqori böldi. Xirmoni donga, köngli quvonçga tölgan tumanimiz dehqonlarini erişilgan yutuq bilan qizğin tabriklayman!
Matnazar Aytboyev,
"Aytboy Otaxon” fermer xöjaligi raisi:
– Tumanimiz böyiça ğalla topşiriş rejasi ortiği bilan ado etilganligi dehqonlarnigina emas, butun tumanimiz aholisini quvonçga beladi. Axir ğalla asosiy rizq-rözimiz, tirikçiligimiz asosi.
Turfa uslubda yopilib, dasturxonimizni bezab turgan biri-biridan şirin nonlarimiz öz tuproğimizda unib, öz mehnatimizdan bunyod bölganligini öylaşning özi har birimizning könglimizni faxr-iftixor tuyğulariga töldiradi.
Bizning "Aytboy Otaxon” fermer xöjaligimizda 4,8 gektar maydonga ötgan yili kuzda "Krasnodar-99”navli buğdoy uruğini sepgan edik. Bir tekis nihol olib, agrotexnika qoidalariga muvofiq parvarişladik. Natijada har gektaridan 40 tsentnerdan ziyod hosil yiğiştirib olib, tumanimiz ğalla xirmonining barvaqt yuksalişiga munosib hissa qöşdik.
Qurol Beşboyev,
"Beşboyev Qurbonğaliy” fermer xöjaligi raisi:
– Tumanimiz dehqonlarining yuksak buğdoy xirmonida bizning "Beşboyev Qurbonğaliy” fermer xöjaligimiz aʼzolarining ham hissasi borligi barçamizni quvontiradi. 10 gektar buğdoy ekilgan dalalardan 25 tonna hosilni davlat xirmoniga topşirdik. Jami hosilimiz gektariga 55-60 tsentnerdan töğri kelayapti. Rejadan taşqari yiğiştirib olingan hosil xöjaligimiz ijaraçilariga, mexanizatorlariga, hududimizdagi kam taʼminlangan oilalarga tarqatilayapti. Yuqori hosil yetiştirişdan ijaraçilarimizning manfaatdorligi ularni yana ham unumli işlaşga ruhlantirayapti.
Xurşid Tojiboyev, kombaynçi:
– Ğalla örim-yiğimi uyuşqoqlik bilan taşkil etilib, zarur şaroitlar yaratilgani bois, tumanimizda ğalla yetiştiriş rejasi qisqa muddatlarda ado etildi. Men ham 6-otryad tarkibida özimga biriktirilgan kombayn yordamida Y.Örozboyev nomli MMTP xizmat körsatadigan fermer xöjaliklari dalalaridan 450 tonnadan ziyod buğdoyni yiğib olişga erişdim. Dala boşida issiq ovqat taşkil etilib, dam oliş uçun şaroitlar yaratilgani, yonilği-moylaş materiallari öz vaqtida yetkazib berib turilganligi işimiz unumli bölişini taʼminladi.
Tumanimizning bunyod etilgan ulkan buğdoy xirmonida mening ham hissam borligidan quvonaman. Axir ğalla xalqimizning milliy boyligi, asosiy rizqi. Xalq rizqini ziyoda qilayotgan ğallakorlar, barça dehqonlarga yuksak xirmon qutluğ bölsin, deyman.
Hamro Matyoqubov,
tuman Içki işlar bölimi yonğin xavfsizligi bölinmasi boşliği:
– Tumanimiz dehqonlari erişgan ulkan yutuqda bizning bölinmamiz xodimlarining ham hissalari bor.
Tumanimiz böyiça tuzilgan örim-yiğim otryadlarining har biriga xodimlarimiz biriktirildi va yonğin çiqişining oldini oliş borasida barça çora-tadbirlar körildi.
Örim-yiğim boşlanişi oldidan barça fermer xöjalik-lari, ğallakorlar, kombaynçilar ğallazorlarda yonğin çiqişining oldini olişga doir yöriqnoma bilan taniştirildi. Körilgan barça tadbirlar öz samarasini berdi. Dehqonlarimizning halol mehnatlari evaziga yetiştirilgan buğdoy hosili örib-yiğib olinib, isrofgarçiliksiz davlat xirmoniga topşirildi.
Bölinmamiz xodimlari, ğallazorlarda örim-yiğim davrida yonğin sodir bölişining oldi olinganligidan juda xursand.
Suhbatdoş Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶