22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 17:38
Jamiyat 👁 2,056

SABR-QANOATLI MOMO

SABR-QANOATLI MOMO

Oila albomidagi surat

Shildir-sochoqli matri roʻmoli oʻziga yarashgan, butun turish-turmishidan shijoat, navqironlik aks etib turgan qoramagʻiz, istarasi issiq juvonning oila albomidagi surati diqqatimni tortdi. Suhbatdoshim, Amir Temur nomli ovulda istiqomat qiluvchi 92 yoshli onaxon Maryam momo bilan suratdagi navqiron juvon oʻrtasida yer-u osmoncha farq bor edi.

– Bu – bizning onamiz, – deydi onaxonning oʻgʻillaridan biri Baxtiyor aka Olloniyozov. – Yoshligida juda mehnatkash, salobatli, uddaburon boʻlganlar.

Maryam Yusupova 1926-yilda hozirgi Amir Temur nomli ovulda tugʻildi. U koʻplar havas qilgulik uddaburon, dala yumushlari deysizmi, roʻzgʻor ishimi, hatto bozor-oʻcharni ham qoyil-maqom qilib bajaruvchi, hamqishloqlari taʼbiri bilan aytganda, bir oilani obod qiladigan siyoqli qiz boʻlib oʻsdi. Ikkinchi jahon urushi boshlanganida u 15 yoshli oʻsmir qizaloq edi. Koʻpga kelgan gʻam-tashvish yuki Maryam tugʻilgan oilani ham chetlab oʻtmadi. Ovulning navqiron yoshlari urushga ketib, kolxozning chorvasi-yu paxtasi, uy-roʻzgʻor yumushlari Maryam tengi  va undan kichik yoshdagi bolalar yelkasiga tushdi. Ogʻirligi kamida 5-6 kilodan kam boʻlmagan bel-u ketmonlarni yelkalab qazuvga chiqqan Maryam oʻzi tengi oʻsmir oʻgʻil va qizlardan koʻproq "norma” bajarardi. Bugun kechagidan koʻp qazuv ishini qilishga intilar, koʻproq ishlasam, ish haqim koʻproq boʻladi, degan xayolda oʻzini ayamay ter toʻkardi qizgina. Ish haqi..... Ish haqi nari borsa oyiga yarim yoki bir botmon (15-20 kilo) bugʻdoydan oʻtmasdi. "Hamma narsa front uchun, gʻalaba uchun!” degan shiorlar har qadamda, har bir uy peshtoqiga osib qoʻyilardi.

– Urush yillari umuman ish haqisiz ishlayverardik, – eslaydi momo. – Hech kim "men falonday ish qildim, menga ish haqi bering”, – demasdi. Qanoatli edi xalqimiz.

Qanoat

Boriga shukur qilib, ertangi kunga umid, gʻalabaga ishonch bilan bir-biriga suyanch boʻlib yashagan insonlarga matonatli, deya sifat berish naqadar oʻrinli. Maryam Yusupova ana shunday matonat sohibasi boʻldi. Ota-onasi tanlovi bilan hayotini bogʻlagan umr yoʻldoshi Nurjon Olloniyozov bilan 9 nafar farzandini kamolga yetkazish, uyli-joyli qilish orzusi bilan kamtaringina, shiringina yashab, mashaqqatli mehnat zalvorini birgalikda yelkalab, totib yurganlarida bu oilaga musibat moʻraladi. 1956-yilda 9 farzandining birini eshikda, birini beshikda qoldirib Nurjon ogʻa qirqqa kirmay dunyodan oʻtdi.

– Yoʻqchilik qursin, – olis oʻtmishda qolgan ayanchli hayot sahifalarini bir-bir varaqlaydi Maryam momo. – Bolalarimning otasi juda mehnatkash, halol va tadbirkor inson edi. – Urushdan keyingi ogʻir mehnat, ocharchilik sillamizni quritgan,  ikki-uch odamning ishini bir kishi bajarardi. Oʻsha yillardagi ogʻir mehnatga hamma ham chidayvermasdi. Bolalarimning otasini yetar-yetmaslik, yoʻqchilik yiqitdi..

Erining vafotidan soʻng Maryam kolxoz yumushi, roʻzgʻor tashvishiga qoʻshib, 9 nafar murgʻak yetimlarga ham ota, ham onalik qildi. Tomorqasidagi beda oʻroqqa keldi, deguncha farzandlarining katta yoshdagilarini yoniga olib, tong gʻira-shirasida beda oʻrardi. Nari-beri nonushta qilib, yarim och holatda kolxoz ishiga otlanardi.

Kechqurun bolalarining osh-ovqati, kir-chiri, deganday, roʻzgʻor yumushlarini bajarardi-yu, kun boʻyi soʻligan, erta tongda oʻrilgan bedani oy yorugʻida bozorbop qilib bogʻlab chiqardi. Bir-ikki soat mizgʻib olgan Maryam oʻgʻillaridan birini yoniga olib, eshak aravaga bedapoyani yuklab bozorga ketardi. Kun yoyilmay, bozor savdosini bitirib, yana uyiga qaytardi-da, kolxoz ishiga otlanardi.

– "Temir xotin” degan kino-komediyani har gal tomosha qilganimda onamning yoshlik davri yodimga tushaveradi, – deydi onaxonning oʻgʻli Baxtiyor aka Olloniyozov. – Biz onamizning qachon uyquga yotib, qachon uygʻonganlarini bilmasdik. Bilganim shuki, biz ertalab uygʻonganimizda, ishonsangiz, onamiz bir arava tut dol-shoxlarini oʻzi qirqib, bitta oʻzi taxlab qoʻygan yoki bir tandir non yopgan, hech boʻlmaganda 2 sotix yerning bedasini oʻrib qoʻygan boʻlardilar.

Maryam Yusupovaning nomi kolxozning ishlab chiqarish bilan bogʻliq majlislarida doim tildan tushmasdi.

– Maryam Yusupova mavsumda falon tonni paxta terdi!

– Maryam Yusupova oʻz qaramogʻidagi paxta dalasida gʻoʻza yaganalashni, sugʻorish yoki chilpish ishlarini birinchi yakunladi!

Yillar bilan boʻy talashib, birin-ketin farzandlari ulgʻaydi. Yoʻqchilikka, mashaqqatli mehnatga, hayot sinovlariga qanoat bilan chidab, har bir oʻtgan yorugʻ kuniga shukronalar qilib yashashga oʻrgangan onaxonning sabrini Alloh siyladi, yaxshi kunlar umidi uning umr yoʻllarini bezadi.

Umrning oydin manzillari

Toʻqqiz nafar farzandning rohat-farogʻatiga yetkazdi uni Alloh. Bugun har  biri bir baxtli oila qoʻrgʻonini yaratib, Amu eliga singib ketgan oʻgʻil-qizlari, nevara-chevaralari yigʻilib kelsalar, momoning katta xonadoni toʻyxonaga aylanib ketadi. Faqat momojonning birgina oʻkinadigan joyi bor. Toʻngʻich oʻgʻli, yelkasidan roʻzgʻorning ogʻir yukini olib, barcha uka-singillarini roʻshnolikka olib chiqqan tadbirkor farzandi Jumaboy ogʻa Olloniyozovning hayotdan erta ketgani momoning qaddini bukib qoʻydi.

– Shukur, – deydi onaxon oʻgʻlining yaxshi fazilatlarini eslarkan. – Bozorga bedapoya olib chiqib sotganimda pulning hisobini qilayotib, "hali katta boʻlsam, sizni boshimga koʻtarib yuraman”, –derdi Alloh rahmat qilsin Jumaboyim. Oʻzi hayotligida aytganini qildi. Boshida koʻtargandan ham ziyoda qilib shart-sharoitlar yaratib berdi. Bolalari omon boʻlsin.

Bugun  Maryam momo Yusupovaning farzandlari el aro obroʻ-eʼtibor topgan, Nurjon bobo va Maryam momo xonadonlaridan rang olgan obod maskanlari – oʻz oilalarida tinib-tinchib, el-yurtga mehr qoʻyib, el-yurtdan mehr-muhabbat koʻrib yashamoqdalar. Ularning birovlari xalq taʼlimi sohasi fidoyilari boʻlsa, biri tadbirkor, biri fermer, tibbiyot sohasi xodimlari. Oʻgʻillari Ollombergan, Baxtiyor, Oʻrozboy, Farhod Olloniyozovlar, qizlari Enajon, Qurbonoy va Sanamjonlarning har biri ibratli oila sohibi va sohibalari. Yana bir oʻgʻli Soliy Olloniyozov esa Toshkent shahrida yashaydi. Tibbiyot fanlari nomzodi, taniqli bolalar shifokori.

Kelinlarining "ena-enajon!”lab talpinib turishlari-chi! Bu yogʻini soʻrasangiz, Maryam momojonning nevara-yu chevaralarining aniq sanogʻiga yetgunimizcha hisobda adashdik. Biri 110 nafar, desa yana bir sanogʻimizda 120 dan oshdi. Ana shuni aytadilar-da, pir-u badavlatlik, deb. 92 yillik hayotining 60 yilini uyim, joyim, bola-chaqam, elim-yurtim, deb mehnat maydonida oʻtkazgan Maryam momo ketar chogʻimizda duoga qoʻl ochdilar:

– Toza havolari, sogʻlom bolalari, el ichinda mehr-oqibat bilan  yurtimiz,  xalqimiz tinch-totuv boʻlsin, omin!

Momojonimizning dilidan tiliga koʻchgan ezgu tilak bizning ham qalbimizni yoritib yubordi. Qarang, momo el-yurtiga toza havolar tilayotir. Musaffo osmon, musaffo havo bilan el-yurt omonligi, xalqimiz tinch-totuvligi bu – ona Vatan baxt-saodatidir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026