Paxta yiğim-terimi avjida (+Video)
Bu yil ham tumanimizda dehqonlarimizning maşaqqatli mehnati evaziga yetiştirilgan paxta hosilini yoğin-soçinli kunlarga qoldirmay, tez va sifatli yiğib-terib oliş uçun barça şaroitlar körildi. Navbatdagi dolzarb masala - yetiştirilgan hosilni yoğin-soçinli kunlarga qoldirmay terib olişdir. Barça joylarda bölgani kabi tumanimizda ham yiğim-terim işlari tizimli ravişda taşkil qilingan. Paxta terimi mavsumini uyuşqoqlik bilan ötkaziş böyiça doimiy faoliyat yurituvçi «Paxta ştabi» taşkil qilinib, barça masalalarni muvofiqlaştiriş, yuzaga kelgan muammolarni tezkor hal etiş, yiğim-terimning kunlik borişi böyiça monitoring yuritiş yölga qöyildi.
Natijada yiğim-terim işlari tizimli ravişda yölga qöyilib, mehnat zafariga erişayotgan fermer xöjaliklari safi kun sayin ortmoqda. Qiliçboydagi "Zarifboy Tölğonoy” fermer xöjaligi ham şular jumlasidan. Fermer xöjaligida davlatga paxta sotiş böyiça yillik şartnomaviy reja bajarilgani munosabati bilan xöjalik işçilari va haşarçilar uçun dasturxon yozilib, ilğor terimçilar rağbatlantirildi.
Bu yilgi paxta yiğim-terimi mavsumida fuqarolar yiğinlari tomonidan jalb qilingan uyuşmagan aholi, tumandagi xöjalik hisobidagi korxona, muassasa va taşkilotlar işçi-xizmatçilari, "Fidoyi yoşlar otryadi” aʼzolaridan iborat minglab haşarçilar dehqonlarga beminnat yordam bermoqdalar.
Terim işlarini uyuşqoqlik bilan ötkazişda har gektarga talab etiladigan terimçilar sonini töğri belgilaş ham muhim ahamiyatga ega. Aks xolda, paxta terimida yuqori natijalarga erişib bölmaydi. Har bir konturdagi hosil dalaning katta-kiçikligidan qatʼiy nazar 2-3 kunda terib olinişini taʼminlaş maqsadida terim işlari otryad usulida olib borilmoqda.
Bu maqsadda taşkil qilingan terim otryadlari aʼzolariga barça şaroitlar yaratib berilgan. Xususan, şahardan jalb qilingan terimçilar yotoqxonalar bilan taʼminlangan. Har bir terimçi paxta tozalaş zavodi tomonidan fartuk va şolçalar bilan taʼminlangan bölib, ularga har kuni terim pulini dalaning özida tarqatiş maqsadida fermer xöjaliklariga bank xodimlari biriktirilgan. Terilgan paxtalar esa kuniga 2 mahal ölçab olinmoqda va qabul maskanlariga yetkazilmoqda.
Bu yilgi mavsumda
öziga xos tizim asosida işsiz aholi ixtiyoriy ravişda paxta yiğim-terimiga jalb
qilinmoqda. Bu birinçidan paxtani yoğin-soçinli kunlarga qoldirmay terib oliş
mikonini bersa, işsiz aholi uçun daromad manbaidir. Qolaversa, turli davlat va
jamoat taşkilotlari paxtakorlarni qimmatbaho esdalik sovğalari bilan
rağbatlantirib kelmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶