IJODKOR BOLALAR MASKANI
Bugungi kunda maktabdan taşqari taʼlimning farzandlar tarbiyasidagi rolini köpçilik ota-onalar juda yaxşi tuşunadilar. Maktabdan böş vaqtlarida öz farzandining "Barkamol avlod” bolalar markazi tögaraklarida qatnaşişiga şart-şaroit yaratib berayotgan ota-onalar soni ortib borayotganligi quvonarli holdir.
Qiliçboylik Dilmurod aka öğli Diyorbekni markazimizga olib kelganida u hali juda yoş edi. Uslubçi Şokir Xudoyberganov Diyorbek bilan har kuni şuğullandi. Unga nafaqat sanʼat sirlarini, balki har bir sözning töğri talaffuz qilinişi, musiqani tinglaş va tuşunişni örgatdi. Bugungi kunda tumanimizda bölib ötayotgan "Mustaqillik”, "Navröz” va boşqa anʼanaviy bayramlarda eng faol iştirokçiga aylangan Diyorbek Ortiqovning muvaffaqiyatlari markazning har bir xodimini quvontiradi.
"Yoş jurnalist va notiq” tögaragi aʼzosi Erkinoy esa tumanimizdagi ön birinçi sonli maktabda taʼlim oladi. Ota-onasi qizining şeʼriyatga bölgan ixlosini qöllab-quvvatlaş uçun uni har kuni tuman markaziga olib kelişga heç qiynalişmaydi.

Kiçkina yuragida Vatanga, ota-onaga, döstlariga muhabbati jöş urgan Erkinoyning qalami ança ötkirlaşib qoldi. Tögarak aʼzolari ustozi, Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi Zulfiya Olloyorova rahbarligida Qoraqalpoğiston Respublikasi yozuvçilar uyuşmasining har oyda ötkaziladigan seminarlarida iştirok etib tengdoşlari hamda ustozlaridan maslahatlar oladilar, uyuşma tomonidan ötkazilgan muşoiralarda iştirok etadilar.
Bekpoşşa Abdullayeva "Boşlanğiç texnik modellaştiriş” tögaragiga uç yildan beri qatnaşadi. U Qoraqalpoğiston Respublikasi "Barkamol avlod” bolalar markazida bölib ötgan körik-tanlovlarda qatnaşib, hamişa faxrli örinlarni egallab kelmoqda. 2016-2017 öquv yilida Nukus şahrida bölib ötgan "Bolalar ijodiyoti” festivalida qatnaşib, döppidözlik böyiça Respublikada faxrli ikkinçi örinni, "Elektron öyinçoqlar” yönalişidagi körik-tanlovda iştirok etib, faxrli III örinni egallaşga muvaffaq böldi.
Tögarak rahbari Şahlo Eşimbetova har bir öquvçi bilan alohida, erinmasdan iş olib borganligi sababli şogirdlarini nafaqat boşlanğiç texnik modellaştiriş, balki boşqa sohalarda ham ularning qiziqişlariga qarab şuğullanişlariga yordam beradi. Şu sababli Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq taʼlimi Vazirligi tomonidan ötkazilgan körik-tanlovlarda tögarak aʼzolari Ravşanbek Törayev "Kosmik maketlaştiriş va modellaştiriş” yönalişida faxrli III örinni, Xurşid Rajabboyev "Radiotexnika” yönalişi böyiça faxrli II örinni egalladilar. Jamşid Bobojonov esa "Elektron öyinçoqlar” yönalişida "Eng yoş ixtiroçi” nomiga sazovor böldi.
Gulasal Allamberganova töqiş tögaragiga rahbarlik qiladi. Ustozidan şu hunar sirlarini örganib olgan qizlar qöli bilan yaratilgan sumkaçalar, yubkalar, jaketlar körgan közni quvontiradi.
– Ixlosi baland qizlar töqişni juda tez örganib olişadi. Oila aʼzolariga paypoqlar, jaketlar töqib bergan tengdoşlarini körib, tögaragimizga qatnaşişni istayotgan qizlar juda köp. Men ularga qiz bola nafaqat husni, balki odobi, hunari bilan yanada gözal körinişlarini tuşuntiraman, – deydi Gulasal Allamberganova.
Ingliz tili tögaragi öquvçilar bilan doim gavjum. Tögarak rahbari Mahfuza Ibragimova dars jarayonida mavzuga doir yangi metodlar, savol-javob, qiziqarli öyinlar ötkazib, öquvçilarning ingliz tiliga bölgan qiziqişlarini yanada oşiradi. U rahbarlik qilayotgan tögarak aʼzolari "Kelib ketma, bilib ket” şioriga amal qiladilar.
Amalga oşirilayotgan işlarimiz, qölga kiritilayotgan yutuqlarimizda muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2017-yil 18-yanvardagi 2731-sonli "2017-2021-yillarda Orolböyi mintaqasini rivojlantiriş davlat dasturi töğrisida”gi qarorining ahamiyati ulkan. Mazkur qarorga köra, "Barkamol avlod” bolalar markazlaridagi maşğulotlar uçun ota-onalarning har oylik tölov miqdorlari Respublika böyiça belgilanganidan ikki baravar kam darajaga tuşirilganligi juda katta imkoniyatlar eşigini oçib berdi.
Bugungi kunda markazimizda 48 ta tögarakda 1010 nafar öquvçilar kasb-hunar örganmoqdalar. Ota-onalarning qöllab-quvvatlaşlari, öquvçilarning markazimiz tögaraklari faoliyatiga qiziqişlari tobora ortib borayotganligi jamoamiz aʼzolarini öz kasbini sidqidildan bajarişga ruhlantiradi. Markazimizni haqiqiy ijodkor bolalar maskaniga aylantiriş har birimizning ezgu niyatimizdir.
Munira Hayitboyeva,
"Barkamol avlod” bolalar markazi "Ölkaşunoslik va ekologiya” yönalişi uslubçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶