24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 04:08
Jamiyat 👁 1,737

Islom Karimov – tom maʼnoda Oʻzbekiston xalqining otasi edi (+video)

Islom Karimov – tom maʼnoda Oʻzbekiston xalqining otasi edi (+video)

 

Buyuk insonlarning xotirasi ham buyukdir. Asrlar davomida xalqimiz qalbida xotirasi oʻchmas boʻlib muhrlanib qolgan ulugʻ ajdodlarimiz nomlarini tilga olganimizda butun vujudimiz faxr-u iftixor tuygʻusidan yashnab ketadi. Abu Ali Ibn Sino, Imom Buxoriy, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur... Bu roʻyxat juda uzun. Bu roʻyxatni toʻlaligicha butun jahon biladi, havas qiladi. Kimga? Oʻzbek xalqiga, Oʻzbekistonga!

1938-yilning 30-yanvar sanasida oʻzbekning yana bir boʻlgʻusi buyuk farzandi dunyoga keldi: Islom Karimov!

Koʻhna va navqiron Samarqandning boy tarixiy obidalari ichida bolalik tuygʻulari bilan oʻzi tugʻilib oʻsgan aziz tuproqqa mehri chandon oshgan, aql-idroki tuygʻun Islom Karimov umumtaʼlim maktabidagi tahsil davridayoq oʻtkir zehni, oʻziga xos qobiliyati, fidoyiligi bilan ustoz va sinfdoshlarining hurmat-eʼtiborini qozondi. “U biror ishni bugun qilishi kerak boʻlsa, zinhor ertaga qoldirmas edi, – deya xotirlaydi I.Karimovning sinfdosh doʻsti, tarix fanlari doktori Shamsiddin Sharopov. – Islom juda mehnatkash va katta qobiliyat egasi edi”.

Boʻlgʻusi Oʻzbekiston rahbarining ana shu fazilatlari uni bilimdon mutxassis, kuchli va jasoratli shaxs sifatida shakllantirdi. Oʻrta Osiyo politexnika instituti va Toshkent xalq xoʻjaligi institutlarini muvaffaqiyatli tugatib muhandis-texnik va iqtisodchi mutaxassisliklarini egalladi. Oʻz faoliyati davomida butun umrini xalq xizmatiga bagʻishladi. Qayerda vaziyat ogʻir boʻlsa, oʻsha yerda hozir-u nozir boʻldi. 1991-yil 29-dekabrda boʻlib oʻtgan birinchi umumxalq saylovida Islom Karimov Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti etib saylandi. To saylovgacha....

Eh-he, umumxalq saylovigacha Islom Karimov necha-necha siyosiy boʻhronlarga koʻksini qalqon qildi. Sobiq ittifoq hududidagi oʻn beshta respublika rahbarlari ichida birinchilardan boʻlib Oʻzbekistonni mustaqil davlat deb eʼlon qildi.

Oʻshanda, 1991-yilning 1-sentyabrida biz Oʻzbekistonning navqiron yoshlari edik. Dunyo tsivilizatsiyasiga juda katta hissa qoʻshgan buyuk bobokalonlarimiz nomlarini tilga olishdan mosuvo, qoliplashtirilgan, toʻgʻrirogʻi, Moskva tomonidan tuzilib, tasdiqlangan oʻquv dasturlari tahsilini olgan, oʻzbek degan buyuk millatning haqiqiy tarixi haqida juda kam tasavvurga ega avlod edik. Shu kundan boshlab nafaqat tasavvurlar, balki hayot oʻzgardi. Odamlar erkini boʻgʻib, ularda ijodkorlik, bunyodkorlik, intiluvchanlik fazilatlari rivojlanishiga metin toʻsiq qoʻyib kelayotgan mustabidlik, maʼmuriy-buyruqbozlik zanjirlari uzildi. Tilimiz, dinimiz, muqaddas qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Islom Karimov boshchiligida ulugʻ ajdodlarimiz ruhi makon topgan joylar obod qilindi. “Islohot islohot uchun emas, inson uchun!” tamoyiliga asoslangan taraqqiyotning oʻziga xos “Oʻzbek modeli” mamlakatni jahon iqtisodiy inqirozidan muvaffaqiyatli olib chiqdi.

Butun dunyoda, ayniqsa, sobiq SSSP hududida iqtisodiy inqirozlar tobora chuqurlashib, bozor iqtisodiga oʻtish davri qiyinchiliklaridan oddiy xalq jabr chekkan yillarni juda yaxshi eslayman. Ayniqsa, ogʻir damlarda Oʻzbekistonda 2,5 million oilaga 700 ming gektar sugʻoriladigan hosildor yer tomorqa sifatida berildi. Oʻzbekiston paxtachiligi sohasida birinchi marta paxta yetishtirish rejasi 700 ming tonnaga kamaytirildi. Bu – oʻzbek dehqoni hayotidagi olamshumul oʻzgarish boʻldi va paxta yakkahokimligiga keskin chek qoʻyildi. Aholi tomorqasini, fermerlik harakatini, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan hukumat qarorlari xalq hayotini yashnatib yubordi, turmush tarzini yangi pogʻonaga koʻtardi.

Xalqimiz ana shunday roʻshnolikka yetguncha elim, yurtim, deb yonib yashadi.

– Oʻzimning bolalarim! – deb quchoq ochib, soʻnmas mehr berdi u Oʻzbekiston bolalariga!

– Onalar, eng avvalo ayol-qizlarimiz sogʻlom, oʻqimishli, farzandlarimiz barkamol boʻlsinlar! – deya Oʻzbekiston onalari va bolalari uchun jahon andozalariga mos shart-sharoit yaratishga xizmat qiluvchi Qonunlar, qonunosti hujjatlarini ishlab chiqdi, imzoladi, hayotga tatbiq etdi.

– Oʻzbekiston yoshlari, xalqi hech kimdan kam emas va kam boʻlmaydi! – Dunyo minbarlaridan dadil aytdi Islom Karimov. Va bu juda qisqa vaqt ichida amaliy isbotini topdi. Mustaqillik farzandlari oʻzbek xalqini dunyoga tanitdi. Sportda, sanʼatda, ijodda, bunyodkorlik, ilm-fanda yuksak natijalarga erishildi.

– Tinchlik uchun kurashmoq kerak, bizga tinchlik va omonlik kerak! – Eng nufuzli xalqaro anjumanlarda yangradi Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimovning bu soʻzlari! U butun ongli hayotini millatlararo totuvlik, doʻstlik va tinchlik rishtalarini mustahkamlashga bagʻishladi. Pirovardida, bunga erishdi! Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi tinch va farovon, barcha sohalari taraqqiyotga yuz tutgan, I.Karimov taʼbiri bilan aytganda “kelajagi buyuk” davlatga aylandi.

Bunday toʻkislik, tinchlik va osoyishtalik oʻz-oʻzidan boʻlgani yoʻq. To bu dorilomon kunlarga yetguncha Islom Karimov koʻplab xunrezliklar, xoinliklarga, yovuzliklarga koʻksini qalqon qilib chiqdi. Goh Toshkentda, goh Fargʻonada, Andijonda... Namanganda va Surxondaryoda bosh koʻtarib chiqqan mustaqillik dushmanlari oldiga shaxsan oʻzi, hech qanday qurolsiz, qoʻriqchisiz, jasorat bilan kirib bordi. Necha martalab birodarkushlikning, ichki nizolarning oldini oldi. Butun vujudi bilan Oʻzbekistonda yashaydigan 130 dan ortiq millat vakillarini “Xalqim!” deb sevdi. To soʻnggi nafasigacha Oʻzbekiston xalqiga munosib farzand, adolatli va fidoyi rahbar boʻlib yashadi. U oʻzining barcha ezgu ishlari, puxta oʻylangan, kelajakni koʻzlab olib borgan ichki va tashqi siyosati bilan oʻz xalqining qalbiga abadiy muhrlandi. Zotan, I.Karimov oʻz avlodlariga ozod va obod Vatan qoldirdi!

Mamlakatimizning hozirgi rahbari, I.A.Karimovning sadoqatli shogirdi, Birinchi Prezidentimiz boshlab ketgan barcha ezgu ishlarning izchil davomchisi Shavkat Mirziyoyevning Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq har yili 30-yanvar kuni xalqimiz tomonidan Birinchi Prezident xotirasi kuni sifatida keng nishonlanadi.

Oʻquv muassasalarida, idora va tashkilotlarda, mahallalarda allaqachon boshlanib ketgan Islom Karimovni xotirlash kechalarida xalqimiz Oʻzbekistonni kelajagi buyuk yoʻlga olib chiqqan buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning ortida qolgan ozod va obod Vatan – Oʻzbekiston taraqqiyotidan, betimsol imkonlaridan soʻz ochib, ana shunday jannatmakon yurt yaratgan insonni minnatdorchilik bilan yodga olishayotir. Zero, buyuk insonlarning oʻzi kabi ezgu ishlari ham, xotirasi ham buyukdir.

Pobiya Yoʻldosheva.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026