24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 07:53
Jamiyat 👁 1,791

Amudaryoda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlandi

Amudaryoda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlandi

Mavzuga oid fotogaleriya

Bahorning tashrifi biri biridan goʻzal bayramlar bilan boshlandi va har bir koʻngilga joʻshqinlik baxsh etadi. 1-mart  oʻzbek xalqining latofatli shoirasi, vafo va sadoqatning buyuk timsoli, baxt va bahor kuychisi, Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludi kuni bugun mamlakatimizda keng nishonlandi. Shoira sevgan va kuylagan goʻzal bahorning yana bir ajoyib ayyomi 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan bayramona tadbirlar esa ayolga ehtirom, yuksak etibor va mehr tuygʻularini oʻzida mujassam etib, xalqimiz qalbiga olam-olam zavq bagʻishlab, har bir xonadonda, mehnat jamoalarida, oʻquv muassasalarida koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 3-mart kuni Mangʻit shahridagi serhasham “Bek” toʻyxonasida tumanimizning faol xotin qizlari uchun fayzli dasturxon yozilib tantanali bayram kechasi tashkil etildi. Davlat va jamoat ishlarida, oʻqishda va ijodda tumanimiz hayotining barcha sohalarida faoliyat yuritayotgan faol ayol  qizlar, pir-u  badavlat, aziz va muhtarama onaxonlar ishtirok etgan bayram tadbirini tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Maryam Ahmedova ochdi va muhtarama onaxonlar, aziz ayol-qizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Shundan soʻng, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev bayram tadbirida ishtirok etayotgan faol ayol-qizlarni yaqinlashib kelayotgan 8-mart  xalqaro xotin qizlar kuni – bahorning ilk ayyomi bilan muborakbod etdi.

Hayotimiz koʻrki, oilalarimiz fayzi, qalbimiz quvonchi boʻlgan mehribonlarimiz qadrli onajonlar, aziz opa-singillar, –dedi u oʻz tabrik nutqida.  – Sizlar bor ekansiz, hamisha hayotimiz fayzli, har bir ishimiz, barakali koʻngillarimiz xotirjam. Hamisha oilalarimiz, ona yurtimiz bahtiga sogʻ omon boʻlinglar.

Tuman hokimi S.Yoʻldoshev tumanimizning ijtimoiy-maʼnaviy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi samarali faoliyati uchun bir guruh ayol-qizlarga tuman hokimligining tashakkurnomalari va fahriy yorliqlarini topshirdi.

Bayram tadbirida “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Bekmon Allamberganov, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman kengashi rahbari Ashirboy Qoʻshayev, taʼlim faxriysi Jongilbeka hoji

Bobojonovalar aziz va muhtarama ayol-qizlarni 8-mart -  Xalqaro xotin qizlar ayyomi bilan samimiy tabrikladilar.

Fayzli dasturxon atrofida jam boʻlgan onaxonlar va opa-singillarga tuman hokimi tomonidan tayyorlangan bayram sovgʻalari tuhfa etilib, kontsert dasturi namoyish qilindi.

Tuman madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturida 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining oʻzbek xalq cholgʻu ansambili hamda anʼanaviy xonandalar ansambillari ijrosida mumtoz kuy va navolar, 4-sonli MTM tarbiyalanuvchilari talqinidagi shoʻx raqslar, onani, ayolni madh etuvchi sheʼr va qoʻshiqlar bayram tadbiriga oʻzgacha zavq bagʻishladi.

Hurmat va ehtirom yuksak eʼtibor va ragʻbatdan mamnun koʻngillar yuksaldi. Tumanimizning faol xotin-qizlari sharafiga tashkil etilgan bayram tadbirida opalar ezozlandi ulugʻ va muhtarama ayolga yuksak ehtirom koʻrsatildi. Tadbir barchaga xush kayfiyat baxsh etdi.

P.Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026