21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 11:57
Jamiyat 👁 2,394

ChOR-ATROF OBOD BOʻLSA...

ChOR-ATROF OBOD BOʻLSA...

Obod va soʻlim maskanda yashashni, toza havodan toʻyib-toʻyib nafas olib bardam yurishni kim ham xohlamaydi, deysiz. Joriy yilimizning Yurtboshimiz tomonidan "Obod turmush yili” deya eʼlon qilinishi ham oʻzimiz, yaqinlarimiz istiqomat qiladigan hududlarni, Oʻzbekiston deya atalmish shu oilamizni obod va farovon qilish borasida zimmamizga ulkan vazifalar yuklaydi va ijrosiga erishishdan hammamiz ham manfaatdormiz. Chunki bizning sogʻ-salomat va bardam hayot kechirishimiz 20-25 foiz atrofimizni oʻrab turgan olam bilan chambarchas bogʻliq ekanligini tibbiyot tasdiqlamoqda.

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi mehnat jamoasi yil boshidan beri atrof-muhitni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va tozaligini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlarni olib bormoqda.

2009-2011-yillarda obodonlashtirish boshqarmalarini zamonaviy maxsus avtotransport vositalari bilan taʼminlash rejasiga muvofiq bugungi kunda boshqarmamiz bitta suv sepish mashinasi, bitta axlat tashuvchi mashina, 1 dona ekskavator, 1 dona toza ichimlik suvi tashish mashinasi, 3 ta traktor bilan taʼminlangan boʻlib, zimmamizdagi vazifalarimizni ado etishda ulardan samarali foydalanayapmiz.

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufiga kiruvchi barcha koʻchalarda yil boshidan beri keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari olib borildi. 122,12 kilometrlik Mangʻit shahri ichki yoʻllarida taʼmirlash ishlari olib borildi va davom ettirilmoqda.

Yilimiz koʻklamida ishchilarimiz 6000 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazgan edilar va ayni kungacha unib ketgan koʻchatlar parvarish qilinayapti. Shuningdek, mavjud 1200 tup manzarali daraxtlarga shakl berilib, sugʻorib, oziqlantirilayapti.

Mavjud 74 ta qabristonlarda ham obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda va ota-bobolarini ziyorat qiluvchilarga yaxshi sharoitlar yaratilmoqda.

Bu koʻlamdor vazifalarni ado etishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-apreldagi 91-sonli "Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida ishchilarimizga qulay mehnat sharoitlari yaratilayotgani va ragʻbatlantirilib borilayotgani bizga juda qoʻl kelayapti.

Shuni ham taʼkidlashni istardimki, tumanimizda har yili koʻklam va yozda umum-xalq xayriya hasharlari oʻtkazib kelinayotganligi ham atrofimizning orasta va koʻrkam boʻlishiga xizmat qilayapti. Shuningdek, mahallalar oqsoqollari va maslahatchilarining aholi orasida koʻkalamzorlashtirish va tozalikka rioya qilish lozimligi borasidagi keng tushuntirishlari ham oʻz samarasini koʻrsatayapti. Xonadonlar sohiblari hovlisi atrofini koʻrkam qilishga, tomorqalariga mevali daraxtlar ekishga sidqidildan kirishadigan boʻldilar.

Aslida ham har kim ixcham va qulay hovlisi atrofini obod qilib, gullar ekib, koʻrgan koʻzni quvontiradigan qilib qoʻysa, yurtimiz obodligiga, tirikligimizni taʼminlovchi havoning tozaligiga ulkan hissa qoʻshgan boʻlar edi.

Ikrom KARIMOV,

tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026