24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 12:02
Jamiyat 👁 1,093

YePDAN FOYDALANISh AHVOLI DEPUTATLAP VA JAMOATChILIK NAZOPATIDA

YePDAN FOYDALANISh AHVOLI DEPUTATLAP VA JAMOATChILIK NAZOPATIDA

Shu kunlarda yurtimizning barcha joylarida boʻlgani kabi tumanimizda ham dehqon va fermer xoʻjaliklarining ekin maydonlariga hamda aholi ixtiyoridagi tomorqa yerlariga ekin ekish ishlari yuqori surʼatda davom etmoqda. Bu boradagi ishlarni izchillik bilan amalga oshirish borasida Prezidentimizning 2017-yil 10-oktyabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida tashkil qilingan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tuman hokimligi, Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, tegishli muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari fermer xoʻjaliklariga hamda hududlarga masʼul qilib biriktirilgan. Tuman Kengashi deputatlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari hamda jamoat tashkilotlari xodimlari esa xonadonma-xonadon yurib, yerdan foydalanish samaradorligi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirmoqda.

Uyma-uy yurish jarayonida shu narsa ayon boʻlayaptiki, aholining aksariyat qismi allaqachon uyi oldidagi tomorqasiga sabzavot va poliz ekinlari ekib, moʻl hosil va daromad olish uchun barcha agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirmoqda. Ammo, shunday oilalar ham borki, qishloqda yashayotgan boʻlishiga qaramay, turli bahonalarni roʻkach qilib, tomorqasini oʻz holiga tashlab qoʻygani holda oziq-ovqat mahsulotlarini bozordan xarid qilishga oʻrganib qolgan.

Vaholanki, ular bilan yonma-yon yashayotgan qoʻshnilari xuddi shunday tuproq va iqlim sharoitida tomorqasida roʻzgʻori uchun zarur barcha oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirmoqda. Yana bir toifa kishilar borki, ishyoqmasligi va dangasaligi sababli uy oldidagi oltinga teng yerda chorva uchun ekin yoki beda yetishtirishni afzal biladi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori bilan tuzilgan gʻalla hosildorligi va tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha ishchi guruhi aʼzolari, tuman Kengashi deputatlari va mahalla faollari yerni mana shunday oʻz holiga tashlab qoʻygan yoki undan samarali foydalanmayotgan xonadonlarda boʻlib, tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Uyma-uy yurib oʻrganish ishlarining samaradorligini oshirish uchun uchuvchisiz uchar qurilmalari jalb qilinib, uning yordamida olingan tasvirlar ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida oʻtkazilgan yigʻilishlarda muhokama qilinmoqda.

Kuyuk koʻpir ovuli hududida oʻtkazilgan mana shunday oʻrganishlar davomida aholining deyarli sakson foizi mart oyidayoq tomorqasiga ekin ekish ishlarini yakunlagani aniqlandi. Ammo, yuqorida aytilganidek, baʼzi tomorqa yerlari hamon ekilmasdan qolmoqda. Bunday xonadon egalariga tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi va davlat soliq qoʻmitasining ogohlantirish xatlari taqdim qilinmoqda.

Shu oʻrinda yurtdoshlarimizga yana bir bor eslatib oʻtmoqchimizki, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi qarori bilan Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlangan. Mazkur Nizomga asosan oʻtkazilgan monitoring natijasida ekin yerlaridan maqsadli va samarali foydalanib, tuman hokimining prognoz koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi qarorida belgilangan ekin turlarini toʻliq ekkan, agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida, sifatli bajargan, yilida kamida ikki yoki uch marta yuqori hosil olgan hamda tomorqani obodonlashtirgan, chorva mollari va parrandalarning bosh sonini saqlagan va koʻpaytirishga erishgan tomorqa yer egasiga yer soligʻi stavkasining pasaytiruvchi koeffitsiyentini qoʻllash tarzidagi soliq imtiyozi beriladi. Agarda buning aksi, yaʼni tomorqa yer uchastkalarida belgilangan ekin turlari hamda mevali va manzarali daraxtlar ekilmaganligi, chorva mollari sotib olinmaganligi, issiqxona barpo etilmaganligi, shu jumladan, yer uchastkasi obodonlashtirilmaganligi aniqlansa, tomorqa yer egasidan joriy yil uchun yer soligʻining uch barobar oshirilgan qiymati undiriladi. Dehqon xoʻjaliklariga nisbatan esa yer uchastkasiga boʻlgan huquqni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish boʻyicha choralar koʻriladi.

Shunday ekan, hurmatli yurtdoshlar, tomorqangizga ekin ekib, daromad olishga harakat qiling va oilangiz, el-yurtimiz dasturxonining toʻkinligini taʼminlashga hissa qoʻshing! Zero, tomorqa daromad manbaidir.

Gʻulomjon YeShNIYoZOV,

gazeta bosh muharriri, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026