26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 05:40
Maqolalar 👁 1,300

YaXShINING UMRI, YaXShILIKNING YOʻLI UZUN

YaXShINING UMRI, YaXShILIKNING YOʻLI UZUN

Saʼdulla bobo – Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi. Yoshi 90 dan oʻtsa-da, bekor oʻtirgisi kelmaydi.

Bugun u koʻcha yuzidagi olcha, gilos daraxtlarining ortiqcha butoqlarini butab, shakl berayotsa, oʻgʻli Omonulla tengi besh-oʻn chogʻli kishilar Norboy joʻrasining uyi tomon ketishayotganiga koʻzi tushib, ishini toʻxtatdi.

– Norboy joʻram omonmikan? – xayoliga kelgan oʻydan yuragi allanechuk boʻlib ketdi. Beixtiyor oʻsha tomonga yurdi. Bobo to yetib borguncha, darvoza oldidagi kishilar ichkariga kirib ketishdi. Ikki kundan beri koʻrishmagan joʻrasini aslida bugun koʻrmoqni niyat qilgan Saʼdulla bobo koʻnglidan oʻtgan noxush oʻy taʼsirida ostonadan hatlarkan, ichkaridan qattiq kulgu eshitildi.

– Xayriyat, – dedi bobo ovoz chiqarib, – omonlik-omonlik, men boʻlsam...

– Keling, bobo, assalomu alaykum! – Norboy joʻrasining nevara kelini boboni ichkariga taklif qildi.

– Vaalaykum assalom, qizim, uydagilar tinch-omonmi? – soʻrashdi bobo.

Shu dam ichkaridan chiqib kelgan Norboy boboning kenja oʻgʻli Bozorboy Saʼdulla boboga peshvoz yurdi:

– Obbo otaginam-yey, keling-keling, siz ham eshitdingizmi? Yaxshilikning qanoti bor-da, otaginam, keling! – quvonchi yuziga tepib turgan Bozorboy qoʻshib qoʻydi, – toʻy boshladik, otaginam, toʻy! Joʻralarim “oʻng boʻlsin”ga kirishgan edi.

Saʼdulla bobo chin dildan quvonib ketdi. Dolondagi supaning bir chetiga oʻtirib, Bozorboy boshlagan ezgu ishning oʻngidan kelishini, Norboy joʻrasining nevaralari Hasanboy bilan Husanboyning baxtli oila qurishlarini tilab, uzundan-uzoq duo qildi.

Katta dolonning ikkinchi qismida Norboy joʻrasi egizak nevaralari bilan yashardi. Joʻrasini koʻrgisi, qutlagisi kelib, oʻrnidan turdi. Boboning muddaosini bilgan Bozorboy asta tomoq qirib qoʻydi-da:

– Otam uyda yoʻq edilar, – dedi astagina.

– Nega yoʻq boʻladi, sen toʻy boshlaysan-u, otang uyda boʻlmaydimi?

– Bir-ikki kun qizlarinikida boʻlsin, deb... U yogʻi qarichilik, toʻyning keldi-ketdisi bor, deganday.

Saʼdulla bobo Bozorboyni endi koʻrayotganday, yuziga tikilib qaradi.

– Shu gaplarni sen aytayotirsanmi? Otangni toʻy boshi qilib toʻrga oʻtqazib qoʻymaysanmi? Bugunoq olib kel! – dedi qatʼiy.

Bozorboy Saʼdulla boboning gaplariga eʼtibor bermay, otasi yashaydigan xona tomon yoʻnaldi. Xona eshigini lang ochib yubordi.

– Qarang, otamning xonalarini kelin-kuyovlar uchun moslashtirayotirmiz. Toʻy oʻtsin, otamga ichkaridanmi, bir xona sozlab beramiz.

Saʼdulla bobo ichidan zil ketdi. Oʻtgan yilda Prezident qarori bilan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarining barchasining yashash xonalari taʼmirlanib, ularga zamonaviy hammom ham qurib berilgandi. Norboy joʻrasining yashash xonasi dolonning uch xonali qismida boʻlib, barcha sharoitlari yaxshi edi.

– Davlat otangga shuncha gʻamxoʻrlikni qilib turganida sen undan buni tortib oldingmi? – jahli chiqdi boboning.

– Tortib olmadim, otaginam, otamning oʻzi menga bir xona boʻladi, degan... Ha, endi... bu yogʻi...

– Nima, bu yogʻi? – Saʼdulla bobo tutaqib ketdi. – Ayt, buyogʻini! Hali otangni koʻmib ham kelarsan!

– Qoʻying, quvonchli kunimda koʻnglimni sindirmang. Otamning joʻrasisiz, hurmatingizni biling-da, menga oʻrgatmang. Oʻzi u yoqdan “povestka” kelib turibdi-yu, sira mahallada biylikni bergingiz kelmaydi!

Saʼdulla bobo qalqib ketdi. Bozorboy toʻngʻillagancha “oʻng boʻlsin”ga kelgan joʻralarining oldiga yoʻnaldi. Saldan soʻng uning qah-qah urib kulgani eshitildi. Bobo asta koʻchaga chiqdi. Quloqlari ostida Bozorboyning gaplari tinmay jaranglardi:

– Oʻzi u yoqdan “povestka” kelib turibdi-yu mahallada biylikni bergingiz kelmaydi...

Bir haftadan soʻng Bozorboynikida fotiha toʻy boʻldi. Saʼdulla boboni qoʻni-qoʻshnilar qanchalik chorlashsa-da fotiha toʻyga chiqmadi. Oʻgʻli Omonulladan Norboy joʻrasining hamon qizlarinikida yashayotganini eshitib, Bozorboydan qattiq ranjidi. “Odam olasi ichida”, deganlari rost ekan-da. El-yurtdan uyaldimi yo farzandlik mehri iydimi, toʻy kuni Norboy boboni olib kelishdi. Darvoza oldidagi supaga joy qilib berishdi. Saʼdulla bobo joʻrasining oldiga chiqdi, muborakbod etdi. Joʻrasi negadir gʻamgin koʻrindi koʻziga.

– Tan-joning sogʻmi, joʻra? – hech narsadan xabari yoʻqday soʻradi Saʼdulla bobo.

– Tanim ham, jonim ham sogʻ, joʻra, koʻnglim gʻash, koʻnglim xasta.

– Zamon yoshlarniki, joʻra, yoshlar omon boʻlishsin.

Norboy bobo indamadi. Shu dam dolon tomondan Bozorboyning kibr bilan aytayotgan gaplari eshitildi:

– Boboy endi u dunyoning odami, yotib-turishiga bir koʻrpachalik joy yetadi. Tayyor hammomli uy, bolalarga yasatib berdik! – U aftidan yangi taʼmirdan chiqqan Norboy boboga tegishli xonalarni mehmonlarga koʻrsatardi.

Norboy bobo battar mungʻaydi, boshini sarak-sarak qilib, qaltiroq qoʻllari bilan soqolini siladi.

– Joʻra, yur, sening uyingda, bogʻingdagi supada oʻtiramiz. Kelin kelgani ham, toʻyning borishi ham koʻrinib turadi.

Qariyalar yetaklashib toʻyxonadan chiqib ketishdi. Ularning Saʼdulla boboning bogʻidagi supada oʻtirganlarini koʻrgan mahalladoshlari birma-bir oldilariga chiqishdi. To toʻy tarqagunga qadar Saʼdulla boboning bogʻidan odam arimadi.

Bozorboy esa “otam nega u yoqda oʻtiribdi?”, deb oʻylab ham koʻrmadi, yo otasini izlashga vaqti boʻlmadi. Shu kuni bolalikdan qadrdon ikki qariya – Saʼdulla bobo bilan Norboy bobo birga tong ottirishdi.

Tongda butun qishloq noxush xabardan bir qalqib tushdi. Bozorboy toʻy kechasi uyqusida jon beribdi. “Yo alhazar!”- dedi odamlar bu holatdan. “Oʻlim yanglishibdi!” – dedi qay bir gumroh banda. “Otamning “povestkasi”, deyaverib otasiga tili tekkan”, – deyishdi Bozorboyning otasi haqidagi gaplaridan xabardor oshnalari. Nima boʻlganda ham toʻyning ertasi kuni Norboy bobonikida aza ochildi. Qoʻshaloq kelinga “ish buyurar” oʻrniga katta ayvonni toʻldirgan qarindoshlar faryod chekdilar.

Norboy bobo kenja oʻgʻlini yerga qoʻygach, oʻzi qurib, oʻzi tuzgan mulkini tark etdi. Oʻrtancha oʻgʻli otasini koʻchirib olib ketdi. Biron kimsaga Bozorboyning ishlaridan churq etib ogʻiz ochmadi. Garchi noqobil oʻgʻilning otasiga qilgan oqibatsizligi haqida mahalla ahli bilishsa-da, bu haqda hech kim ogʻiz ochmadi. Chunki Norboy bobo bilan Saʼdulla bobo mahalla ahlining otasiday aziz va qadrdon maslahatgoʻylari, mahallaning farishtalari edilar. Yaxshining umri, yaxshilikning yoʻli uzun, deganlari rost. Mahallaning piru badavlat bobolari hamon bardam va tetik.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026