Jurnalistlar – maʼnaviyat tarğibotçilari
Tumanimiz matbuoti – xalqimiz hayotining oynasi. Men uzoq yillar tumandagi quriliş taşkilotlarida muhandis bölib işladim. Ayni paytda nafaqada bölsamda, tobora rivojlanib borayotgan tumanimiz matbuotining doimiy muxlisiman. Qariyb 50-yildan beri tuman gazetasi muxlisiman. Endilikda Amudaryo televideniyesi, “Tarqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalari, “Jayxun sadosi” internet-radio kanali men uçun eng sevimli ommaviy axborot vositalariga aylangan.
Tuman matbuotining darğalari (Alloh rahmat qilsin) Sobir Yusupov, Tursunboy Davletov, Mansur Ahmedovlarning maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi xizmatlari xalqimiz uçun juda qadrli. Şuningdek, Gulnora Matyoqubova, Saʼdulla Xöjaniyozov, Xonimjon Rajabova, Allambergan Jumaniyozov, Robiya Yöldoşeva, Oygul Rajabovalarning ijodidan hamişa bahramandman.
Ayniqsa, gazeta muharriri Ğulomjon Yeşniyozovning tezkor zamon talablaridan kelib çiqib olib borayotgan işlari tahsinga loyiq.
3-may – jahon matbuoti erkinligi kuni. Şu munosabat bilan men tumanimiz matbuoti fidoyilarini çin dildan muborakbod etaman. Jamiyatimizga yot illatlarga qarşi kuraşişda, şuningdek, xalqimizni maʼnaviy-maʼrifiy yuksaklik sari eltişdek maşaqqatli va şarafli işlarida muvaffaqiyat tilayman.
Oyimjon Örozaliyeva,
Beruniy nomli mahalla,
mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶