24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 13:16
Jamiyat 👁 999

DUNYo SIRA URUSh KOʻRMASIN!

DUNYo SIRA URUSh KOʻRMASIN!

Ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga ne bir kulfatlarni solmadi. Onalar farzandlaridan, bolalar otalaridan, ayollar umr yoʻldoshlaridan judo boʻldi. Urushning dahshati, ayriliq, ochlik xalqimizning tinkasini quritdi.

Yovuz dushman katta-katta shaharlarni vayronaga aylantirib, aholisini yoshu-qariligiga qarab oʻtirmasdan qirib tashladi.

– Haliga qadar u kunlarni eslasam, vujudimga titroq kiradi, – deya xotirlaydi Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi Yoʻldosh bobo Ortiqov. – Urushga ketgan farzandining yoʻliga koʻz tikkan ota-onalar, otasini, umr yoʻldoshini kutayotgan bolalar va ayollar koʻzidagi umid va ilinj, faqat dahshatli xabarlar eshitib, ogʻir mehnat bilan oʻtgan kunlar jang maydonlaridagi qirgʻinlar oldida hech gap emas edi. Buni qoʻlimga qurol olib jangga kirgan kunimoq yaqqol his qildim.

1942-yilda Yoʻldoshni armiya safiga chaqirishganida endi 18 yoshni qarshilagan edi. Bu paytda elning tinch hayotiga rahna solgan dushmanga tobora nafrati ortib borayotgan qahramonimiz xabarni eshitgan zahoti, urushga ketayotgan yigitlar safiga qoʻshildi. Harbiy tayyorgarliklardan soʻng, ular Moskva ostonasidagi jang maydonlariga joʻnatildi.

Maydondagi dahshatli janglar, har qadamdagi halok boʻlganlarning ayanchli ahvoli, yaradorlarning ingrashlari yosh Yoʻldoshni biroz esankiratgandek boʻldi. Ammo dushmanga boʻlgan nafrati qatʼiyati va kuchini yanada oshirdi.

U qoʻlidagi qurolni mahkam tutgancha safdoshlariga qoʻshilib jangga kirdi. Ular bilan bir tanu bir jon boʻlib Vatan, xalq, oilasi himoyasi uchun koʻksini qalqon qildi. Ona zaminni yovuz fashist changalidan asrash uchun jonini ham ayamasdan kurashdi. Qancha jonlarni qurboniga aylantirayotgan daydi oʻqlar Yoʻldoshni ham nishonga oldi. U oʻng qoʻlidan yaralanib, ogʻir ahvolda harbiy gospitalga keltirildi.

Nihoyatda koʻp qon yoʻqotgan yigit ancha vaqtda oʻziga keldi. Uzoq davolanishlardan keyin biroz ahvoli yaxshilangan Yoʻldoshni qishlogʻiga qaytarishdi.

1944-yilda qishlogʻiga qaytib kelgan Yoʻldosh Ortiqov ovuldoshlarining hamon urush jabrini tortayotganini koʻrib, nogiron boʻlsa ham tinch oʻtirolmadi. Shunday ogʻir kunlarda uyda yotishni oʻziga ep koʻrmay, ishlashga chiqdi. Urushga ketmasdan oldin ham ishning hadisini olgan Yoʻldoshni darhol paxtachilik brigadasiga tabelchilikka tayinlashdi. Bu orada ovulning chaqqon qizlaridan biri Rahimaxon bilan turmush qurdi. Epchil qiz ham oilani, ham daladagi ishni birdek uddaladi.

– Urushdan keyingi tiklanish yillarida qimirlagan jon borki, boʻsh oʻtirmasdi. Bolalarimning otasi chorvachilik fermasiga choʻpon boʻlib oʻtganidan keyin u yerga ham borib koʻmaklashdim, sut sogʻuvchilikni zimmamga oldim. Erta tongdan qorongʻi tungacha tinim bilmas edik. U kunlarning ortda qolgani rost boʻlsin, – deydi mahzunlik bilan Rahima momo Ortiqova.

Yoʻldosh Ortiqov janglardagi qahramonliklari, gʻalabaga qoʻshgan hissasi uchun qator jangovar orden-medallar bilan taqdirlandi. Rahima Ortiqova esa urush yillaridagi front orqasi mehnat maydonlaridagi xizmatlari va gektarlab yerlardagi paxtalarni parvarishlab, rejasini ikki hissa oshirib bajargani uchun hukumat tomonidan munosib taqdirlandi. Tinch kunlarga shukrona aytib yashayotgan Yoʻldosh bobo Ortiqov hamda Rahima momo Ortiqovalar oilasi “Bogʻ” mahallasidagi eng ibratli oilalardan. Bugun ular 5 nafar farzandning, 30 ga yaqin nevara va chevaralarning hamda elning ardogʻida.

– Dunyoda urushning nomi oʻchsin, – deya soʻzlaydi 96 yoshni qarshilagan Yoʻldosh bobo. – Bu kunlarga yetish uchun qancha qonlar toʻkilib, necha jonlar qurbon boʻldi. Juda katta mashaqqatlar, zahmatlar evaziga kelgan tinchlikning qadriga yetish kerak.

Tinchlik – Yaratgan ato etgan oliy neʼmat. Hozirgi dorilomon kunlar ajdodlarimizning qon-u joni, mislsiz kurashlari evaziga bunyod boʻlgan. Vatanimiz ozodligiga oʻz-oʻzidan erishilmagan. Shunday ekan, har birimiz tinchlik uchun kurashgan Yoʻldosh Ortiqov kabi otaxonlarimizni, jonini fido qilgan jangchilarimiz xotirasini eʼzozlab, tinchlikning qadriga yetib yashaylik!

Dunyo endi sira urush koʻrmasin!

Ozoda XUDOYBERGANOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026