ÇOYKÖL OVULIDA TUMAN HOKIMINING SAYYoP QABULI ÖTKAZILDI (FOTO+VIDEO)
Fuqarolar murojaatlari bilan işlaş, tuman hokimligiga kelib tuşayotgan murojaatlarni tahliliy örganiş va ularning mazmun-mohiyatidan kelib çiqib, murojaatlarda körsatilgan muammolarni hal etişga kömaklaşiş maqsadida 2018-yil 12-may kuni tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev tumanning “Çoyköl” ovuli va “Bosuv” mahallasi fuqarolari bilan uçraşib, sayyor qabul ötkazdi. Uçraşuvda, şuningdek boşqa sektorlar rahbarlari – tuman prokurori, IIB va DSI boşliqlari, tuman hokimi örinbosarlari, masʼul xodimlar, tarkibiy bölimlar hamda taşkilotlar va tijorat banklari rahbarlari, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ham iştirok etdilar.

Sayyor qabulda mazkur ovul va mahalla hududida istiqomat qiluvçi fuqarolarning turmuş tarzini yanada yaxşilaş hamda hududdagi işbilarmonlik va tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga oid kamçiliklar, şuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etiş yuzasidan sayyor qabulga yozilgan fuqarolar qabul qilindi hamda aniqlangan kamçiliklar, yeçimini kutayotgan muammolar atrofliça örganib çiqildi.

Xususan, “Çoyköl” ovulida istiqomat qiluvçi fuqaro Şukurillo Matkarimov va bir guruh fuqarolarning “Çorvador” aholi punktida maktabgaça taʼlim muassasasi taşkil etiş haqidagi, Muqaddas Sapayevaning tomorqa yerlarini oqar suv bilan taʼminlaş, köçalarga toş yotqiziş, maktabgaça taʼlim muassasasi quriş, Şahnoza Yenaboyevaning 22-sonli maktab guzar yöl böyiga yaqinligi sababli öquvçilar xavfsizligini taʼminlaş maqsadida Manğit-Qipçoq yölida avtotransport vositalarining yuqori harakatlaniş tezligini çeklaş haqidagi, şuningdek, fuqarolar Jahongir Nurimbetov va boşqalarning “Yuqori tuluğa” va “Xalqa yöli” atrofidagi aholi punktida yaşovçi oilalarning farzandlari 76-sonli maktabga xavfsiz borib-kelişlari uçun piyodalar yölakçasi quriş böyiça, Soatboy Madrahimovning “Manğit çorva mollari” bozoridan “Bosuv” MFY markazigaça piyodalar yölakçasi quriş böyiça takliflari atrofliça örganib çiqilib, tegişli çoralar körilişi, imkoni boriça muammolar fuqarolar foydasiga ijobiy hal qilinişi tuşuntirildi.

Bundan taşqari, fuqaro Örinboy Bozorboyevning “Bosuv” mahallasida aholi sonining keskin ösişi sababli elektr energiyasi taʼminotida uzilişlar bölayotgani va uşbu mahalla aholisi uçun yangi transformator örnatiş haqidagi, turar joy mavzelari köçalariga toş yotqiziş xususidagi murojaatlari nazoratga olinib, murojaat egasiga yaqin kunlar içida masalaga masʼullar tomonidan maʼlum qilinişi qayd etildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar Gulmirza Arzakov, Davlatboy Qoraboyev, Nargiza Bekmuratova, Saʼdulla Aytakov, Sobir Kamolov, Gulmirza Avezniyozov, Gulasal Kamolova, Gulondon Qurbonova, Arzayim Ötegenova, Norjon Xonova, Mehribon Qurbonboyeva, Zarifboy Matnazarov, Jamol Yarimbetov va Saʼdulla Törayevlarning murojaatlari ham tinglandi hamda sayyor qabul orqali murojaat qiluvçilarning ariza va takliflari atrofliça örganib çiqilgandan söng, natijalari murojaat egalariga maʼlum qilinişi taʼkidlandi.
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶