IJODKORLAR MAKTABGA TAŞRIF BUYuRDILAR
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati va “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti hamkorligida ötkazilayotgan “Ommaviy kitobxonlik oyligi” doirasida şu kungaça tumanimizning turli hududlarida “Sayyor kitob karvoni”, “Köçma kitob dökoni” kabi köplab tadbirlar, “Eng yaxşi sovğa - kitob”, “Kutubxonaga kitob sovğa qilaman” kabi aktsiyalar ötkazildi.

Ösib kelayotgan yoş avlod könglida kitob mutolaasiga iştiyoq uyğotiş, mutolaa madaniyatini tarğib etiş va kitobxonlik ommaviyligiga erişiş maqsadida taşkillaştirilgan oylik doirasida 16-may kuni yana bir tadbir - 40-sonli maktabda öquvçi yoşlarning ijodkorlar bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvda Beruniy tumani “Xalq minbari” gazetasida muxbirlikdan muharrirlikkaça bölgan masʼuliyatli lavozimlarda işlagan, "Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist” faxriy unvoni sohibi, hozirgi kunda “Beruniy avlodlari” jamoat fondi raisi, “Faxriya” şeʼrlari töplami va “Beruniy avlodlari” nomli ijtimoiy-publitsistik asar muallifi Qurbonboy Şoniyozov, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi Ahmad Nafasov, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi maxsus muxbirlari Ollambergan Jumaniyozov, Robiya Yöldoşeva, Oygul Rajabovalar iştirok etdilar.

Tadbirni maktab direktori Sanobar Xöjamurodova oçdi va Ahmad Nafasov boşqarib bordi.
Uçraşuv şeʼrxonlik, suhbat, savol-javoblar tarzida davom etdi. Şu örinda bir narsani taʼkidlaş joizki, tumanimiz taʼlim muassasalari içida öz nufuziga ega mazkur maktabda kitobsevarlar, ijodkor öquvçilar köpçilikni taşkil etadi. Tabiiyki, ular uçun ijodkorlar bilan uçraşiş, dildan suhbatlaşiş, ijod namunalarini tinglaş va özlarining maşqlarini mehmonlarning eʼtiboriga havola etiş esda qolarli va qiziqarli voqea böldi.
Tadbir söngida maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Sayyora Jumamurodova mehmonlarga taşrif uçun çuqur minnatdorçilik bildirdi.
Sevara Ismoilova, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶