KITOBXONLIK OYLIGI muvaffaqiyatli yakunlandi



Joriy yilning 20-aprelidan 20-mayigaça “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati va “Jayxun ilhomlari” NNT hamkorligida tumanimiz böylab “Ommaviy kitobxonlik oyligi” ötkazildi. Bir oy davom etgan mazkur tadbirda tumanimizning eng çekka hududlari ham qamrab olinib, unda 1000 dan ortiq öquvçi-yoşlar va ularning ota-onalari katta qiziqiş va iştiyoq bilan iştirok etdilar. Ommaviy kitobxonlik oyligida “Sayyor kitob karvoni” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oşirildi. Dörman ovulidagi 20-sonli maktabdan boşlangan loyiha doirasidagi tadbirlar 15-, 44-, 9-, 32-, 41-, 22-sonli maktablarda, şuningdek, Qipçoq ovulidagi Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji hamda Amudaryo akademik litseyining yoş kitobxonlari davrasida nihoyatda jöşqinlik bilan davom etdi.
Tumanimizning Dörman, Qipçoq, “Oq oltin”, Kuyuk köpir ovullaridagi öquv muassasalarida ötkazilgan “Sayyor kitob karvoni” loyihasi doirasidagi “Köçma kutubxona”, “Köçma kitob dökoni” yuzlab kitobxonlarni jalb etgan bölsa, “Eng yaxşi sovğa – kitob”, “Kutubxonaga kitob sovğa qilaman” aktsiyalarida yoşlar va ularning ota-onalari faollik bilan iştirok etdilar.
Oylikning uçinçi ön kunligi yanada quvonçli lahzalarga boy böldi. 14-may kuni Kuyuk köpir ovulida Amudaryo televideniyesi, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati va “Jayxun ilhomlari” NNT hamkorligida 1000 ga yaqin kitob fondiga ega kutubxona taşkil etildi.
40-sonli maktabda esa öquvçi-yoşlar bilan ijodkorlarning uçraşuvi taşkil etilib, şeʼrxonlik, adabiy-badiiy mavzudagi suhbatlarda Beruniy tumanida istiqomat qiluvçi tarixçi-ijodkor, şoir va publitsist Qurbon Şoniyozov iştirok etdi.
Ommaviy kitobxonlik oyligi 19-may kuni tumanimizning kitobxon yoşlari iştirokida Amudaryo akademik litseyida ötkazilgan adabiy-musiqiy uçraşuv bilan yakunlandi.
“Kitob – maʼnaviyat çaşmasi” nomli tadbirni iqtidorli suhandon Oybek Begimov va uning şogirdi Şohista Rahimboyevalar mahorat bilan boşqardi.
Uçraşuvga taşrif buyurgan, xalqimiz sevgan maşhur şoirlar Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, 500 dan ortiq şeʼrlari qöşiqqa aylangan xorazmlik otaşnafas şoir Oşiq Erkin (Madrahimov), Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, Qoraqalpoğiston xalq şoiri Xalilla Davlatnazarov, yoş iqtidorli şoir Alişer Darveş (Sobirov), tumanimizda yaşab ijod etayotgan ustoz şoirlardan Tursunboy Abdullayev, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi, şoir Ahmad Nafasovlar öz ijod namunalarini kitobxon yoşlar bilan baham kördilar.
Tadbirda tuman Madaniyat bölimining xuşovoz xonandalari Murodjon Ibragimov, Vahobjon Abdullayevlar oşiq Erkin va Xalilla Davlatnazarov qalamiga mansub şeʼrlar bilan aytiladigan aşulalarni ijro etişdi. 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi öquvçi-yoşlari ijrosidagi musiqiy ohanglar uçraşuvga yanada fayz bağişladi.
Uçraşuv tadbirida kitobxon yoşlar uçun viktorina savollari ham berildi. Viktorina savollariga töğri va aniq javob bergan iştirokçilarga tadbir taşkilotçilari tomonidan kitoblar sovğa qilindi.
Tadbir doirasida “Jayxun ilhomlari” NNT va “Taraqqiyot közgusi” gazetasi maʼnaviy muharrirlik qilgan yoş ijodkorlar — 22-sonli maktab öquvçisi Umida Yerdoşevaning “Özligingdan aylanay, ölkam”, 36-sonli maktab öquvçisi Iroda Yerdoşevaning “Mehr çaşmasi”, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoşidagi akademik litsey öquvçisi Qunduzoy Yusupovaning “Kurtak” hamda yoş hunarmand qiz Aziza Madrahimovaning “Bahordan darak” deb nomlangan kitoblari taqdimoti ötkazildi.
Taqdimotda jurnalist Robiya Yöldoşeva yoş ijodkorlarning kitoblari va ular qalamga olgan rang-barang mavzular haqida, şuningdek, şoira qizlarning intiliş va orzulari xususida batafsil maʼlumot berdi.
Bölib ötgan mazkur adabiy-musiqiy uçraşuv tadbiri tumanimiz yoşlari uçun haqiqiy mutolaa bayramiga aylanib ketdi va yoş kitobxonlar qalbiga olam-olam zavq bağişladi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶