21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 12:37
Jamiyat 👁 1,075

YaXŞILAR YoDI ZAVOL BILMAYDI

YaXŞILAR YoDI ZAVOL BILMAYDI

Yaxşi insonlarning umri tugamaydi, balki qalblarga, xotiralarga köçadi. Butun umrini xalq xizmatiga, sanʼatga baxşida etgan betakror sozanda, zarb usullari ustasi, jonkuyar ustoz Rajabboy Bobojonovning hayoti bunga misol böla oladi.

U umr böyi Respublikamizdan taşqari Xorazm viloyati, Turkmaniston Respublikasi sanʼat şinavandalarini öz sozi, yoqimli ovozi bilan bahramand etib yaşadi, zarbli çolğularni eng nozik pardada, inson ruhiyatidagi mudroq tuyğularni ham junbuşga keltira oladigan darajada çalib, bu borada öziga xos maktab yaratgan inson.

Ustoz sanʼatkor Manğit şahrining hozirgi Navoiy mahallasida 1927-yilda dunyoga kelgan. Örta maktabni tugatgaç, avval haydovçilik qilgan, sanʼat sohasidagi faoliyati 1965-yildan boşlangan. Dastlab, Madaniyat uyida xodim, söng “Uçqun” aşula va raqs dastasi rahbari lavozimida işlagan. Bozorgul Şerimbetova bilan turmuş qurib, 9 nafar farzandni ilmli, kasb-hunarli qilişgan.

Ot izini toy bosar, deganlaridek, öğli Hamza Bobojonov ota kasbining davomçisi sifatida 9-sonli BMSMda musiqa öqituvçisi bölib işlab, nafaqaga çiqdi. Nevarasi Ötkirbek Bobojonov esa ayni şu maktabda hozir yoşlarga sanʼat sirlarini örgatmoqda.

Rajabboy Bobojonovning faoliyatini beqiyos isteʼdod sohibi, xalqimiz qalbida öz qöşiqlari bilan öçmas iz qoldirgan Nazir Rahimov va sozanda Usmon Ahmedov faoliyatidan ayro tasavvur etiş qiyin. Ular uçovi göyo bir butun edi, çarçaşni, xizmatini minnat qilişni yo xizmatiga haq aytişni bilişmasdi.

Rajabboy Bobojonov “Uçqun” aşula va raqs dastasiga rahbarlik qiliş barobarida, Nazir Rahimovning doiraçisi, qöşiqlarini eng avj pardaga kötarişda jörovoz hamkori edi.

Ötgan asrning 70-yillarida Nazir Rahimov, Rajabboy Bobojonov, Usmon Ahmedovlarning tumanda oyoği tegmagan hudud yöq, degan gap yurardi. Çindan-da, bu hokisor insonlar çorlaganning töyida, kontsertlarda elga xizmat qilişdan çarçamagan, şinavandalarining könglini olişni özlariga ulkan baxt deb bilişgan.

Yaqinda tuman Madaniyat bölimi tomoşalar zalida benazir ustoz sanʼatkor Rajabboy Bobojonovning xotira keçasi ötkazildi.

Avvalo şu örinda tuman Madaniyat bölimi maʼmuriyatining soha rivojiga ulkan hissa qöşib, hayotda özidan ulkan maʼnaviy saboq qoldirgan insonlarni xotirlab, ularning sobiq kasbdoşlari, oila aʼzolari, döstlari iştirokida ana şunday tadbirlarni ötkazib kelayotgani eʼtiborga loyiq ekanligini aytiş joiz. Bu sanʼat sohasini tanlagan yoşlar uçun sanʼatning, sanʼatkorning qadr-qimmatini çuqur anglaşlari uçun ibrat desak, xato bölmas.

Rajabboy Bobojonovning hayoti va ijodiy faoliyatiga bağişlangan xotira keçasida farzandlari, soha xodimlaridan taşqari, tumanimizning jamoat taşkilotlaridan vakillar, sanʼatkorning kuy-qöşiqlarini hurmat-ehtirom bilan eslaydigan muxlislari, döstlari, şogirdlari iştirok etdilar.

Ulkan anjuman tusini olgan xotira keçasida söz olgan ilk şogirdlaridan biri, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Gulmirza Nurmatov Rajabboy Bobojonovning tumanimiz sanʼati rivojiga qöşgan hissasini, elga qilgan xizmatlarini söz bilan ifodalaş qiyin, deb taʼkidladi.

- Bir voqeani aytay, keç kuzakda, tongda armiyadan keldim. Hademay xabar topib, Nazir aka Rahimov, Rajabboy aka Bobojonov, Usmon aka Ahmedovlar uyimizga kirib kelişdi. Ota-onamga “Köz oydin” aytib, ozgina ötirişdi-da, otamga qarab Rajabboy aka:

- Kuz oxirlayapti, hali tumanning paxta rejasi bajarilişiga ança bor. Kolxozçilarga hormasinga ketayotgan edik, öğlingizni ham olib ketsak, - dedi. Otam bizni duo qilib qoldilar.

Şu kuni neça xöjaliklarda, dala boşida neça joyda kontsert qöydik, esimda yöq, esimda bori - qoronği tuşib, yulduzlar çaraqlab turgan vaqtda uyga qaytdik. Kelsam, meni körgani kelgan qarindoşlarim, döstlarim tarqalişib bölişgan ekan. Men ana şunday hokisor ustozlar yetovida yurib, sohaga hissa qöşganimdan juda baxtiyor hisoblayman özimni.

Tadbirda köngil qatlaridagi xotiralar tilga olindi. Şogirdlarning dil ehtiromi aks etgan qöşiqlari davraga özgaça ruh bağişladi. Ayniqsa, Rajabboy Bobojonovning öğli, Hamza Bobojonovning ijrosidagi qöşiqlarni yiğilganlar miriqib tingladilar.

Xotira! Köngillarimizga köçgan yaxşilar yodini ana şunday nom bilan ataymiz, eslaymiz, soğinamiz.

Ha, ibratli umr sohibi Rajabboy Bobojonov ham köngillarimizda barhayot.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026