“BARKAMOL AVLOD” MARKAZINING IQTIDORLI BOLALARI
Maktabdan taşqari taʼlim tizimini yanada takomillaştiriş va bolalarning böş vaqtini mazmunli ötkazişini taʼminlaş maqsadida taşkil etilgan “Barkamol avlod” bolalar markazlari bugungi kunda ularning hunar örganişi hamda intellektual salohiyati ortişiga xizmat qilmoqda.
Tumanimizdagi “Barkamol avlod” bolalar markazida taşkil etilgan 47 tögarakka 1010 nafar öquvçi jalb etilgan. Markazda “Texnik ijodiyot”, “Badiiy ijodiyot”, “Ölkaşunoslik va ekologiya” hamda “Çet tili” tögaraklariga qatnaşayotgan bolalar turli mavzularda ötkazilayotgan körik-tanlovlarda yetakçi örinlarni qölga kiritib kelmoqdalar.
Markazda doimiy ravişda turli körgazmalar taşkil etilib, ularda öquvçilar tayyorlagan ijodiy işlardan namunalar namoyiş qilinmoqda. Undan taşqari, muhim sanalarga bağişlangan bayram tadbirlarida markaz tögarak aʼzolari tomonidan tayyorlangan musiqiy dasturlar tomoşabinlar eʼtiboriga havola etib kelinmoqda. Tögarak aʼzolaridan taşkil topgan guruhlar nufuzli tanlovlarda iştirok etib, ğoliblikka erişmoqdalar.
Markaz tögarak aʼzolarining “Tasanno” guruhi “Zarb - 2018” yoş doiraçilar körik-tanlovining Toşkent şahrida ötkazilgan Özbekiston Respublikasi bosqiçida iştirok etdilar va faxrli 3-örin ğolibligiga erişdilar.
Markazning “Boşlanğiç texnik modellaştiriş” tögaragi aʼzolari yaqinda yana bir nufuzli körik-tanlovda muvaffaqiyatli iştirok etdilar. Iqtidorli yoşlarni aniqlaş hamda ularda innovatsion ğoyalar, ijodkorlik qobiliyatlarini şakllantiriş maqsadida taşkil etilgan “Yilning eng yoş ixtiroçisi” körik-tanlovida tögarak aʼzolari Şohruh Sultonov, Jahongir Hayitboyev va Bekpoşşa Abdullayevalar öz ijod namunalari bilan qatnaşdilar.
Nukus şahridagi Qoraqalpoğiston Respublikasi “Barkamol avlod” markazida ötkazilgan “Yilning eng yoş ixtiroçisi” körik-tanlovida özi yaratgan avtomaşina modelini taqdim etgan Jahongir Hayitboyev Respublikada 1-örin, tötiquş modelida elektron öyinçoq yasagan Bekpoşşa Abdullayeva esa 2-örin ğoliblari böldilar.
“Barkamol avlod” bolalar markazida bolalar hunar örganibgina qolmasdan, öz iqtidorlarini namoyiş etib, yurtga tanilmoqdalar.
Ozoda
XUDOYBERGANOVA.
Suratda: yoş ixtiroçilar B.Abdullayeva va J.Hayitboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶