“BOYOVUL” MAHALLASIDA MILLIY URF-ODAT VA QADRIYaTLAR HAQIDA DAVRA SUHBATI ÖTKAZILDI.
Har bir millatning öziga xos urf-odati va anʼanalari, qadriyatlari bor. Ular avloddan-avlodga ötib, xalq orasida qadrlanadi. Ayniqsa, yoşi uluğ nuroniylar bu udumlarni yoşlar ongiga singdirib, örgatib kelişadi. Yoşlar milliy anʼana va odatlarni keksalardan örganib kamolga yetadi.
“Boyovul” mahallasida “Yoşlarning milliy urf-odat va qadriyatlarga munosabati” mavzusida ötkazilgan davra suhbatiga mahallaning piru-badavlat, nuroniy otaxonlari Bozorboy Xolimbetov, Jumaboy Haytmurodovlar, onaxonlar Qizlargul Eşimbetova, Bibijon Siytimovalar taklif etildi. Tuman Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Odobli bola – el körki” nomli davlat granti loyihasi doirasida taşkillaştirilgan bu tadbirda tuman Xotin-qizlar qömitasining xotin-qizlar bilan işlaş va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassisi Şoira Yakubova, “Taraqqiyot közgusi” tuman gazetasi muxbiri Ozoda Xudoyberganova, 16-sonli maktab öqituvçilari va mahalla faollari, yoşlar iştirok etdilar.
Oilasi elda namunali, farzandlari yurtga munosib, vatanparvar bölib voyaga yetgan otaxon va onaxonlar yoşlarga Ramazon oyi fazilatlari, anʼanalar, urf-odat va qadriyatlar, ularning mohiyati haqida sözlab berdilar. Yoşlarning yuriş-turişi, odob-axloqida milliyligimiz aks etib turişi zarurligini aytib, öz ögitlarini berdilar.
Davra suhbati mahalla hududidagi 16-maktab öqituvçilari Nargiza Qurbonboyeva, Gulzor Primova, mahalla yoşlari Şahzoda Rustamboyeva, Qayumjon Yusupov va boşqalarning fikr-mulohazalari bilan yanada qizğin tus oldi.
Yoşlarning milliy urf-odat va qadriyatlarga munosabati mavzusida ötkazilgan davra suhbati barçaga manzur böldi.
Baxtiyor Bobojonov,
16-sonli maktabning Maʼnaviyat va maʼrifat
masalalari böyiça direktor örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶