Mustaqil hayotga yöllanma berildi


Ayni kunlarda örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari öquvçilari 2017-2018 öquv yilini tugatib, yozgi taʼtilga çiqişdi, bitiruvçilari esa özlarining uç yil davomida muassasada olgan bilim va kasbiy könikmalarini namoyiş etib, nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topşirişdi.
Şu yilning 25-iyunida Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kollejida bitiruvçilarning muassasani tugatganligi haqidagi diplomni topşirişga bağişlangan tantanali tadbir bölib ötdi.
Joriy yilda kollejni 617 nafar öquvçilar özlari tanlagan kasb-hunarni egallab, mustaqil hayotga uçirma bölişmoqda. Ularning 11 nafari fan asoslarini çuqur egallaganlari tufayli imtiyozli diplom olişga muvaffaq böldi.
Öquvçilarga diplom topşiriş marosimi bayram tusini oldi. Aslida ham har bir yoş hayotda öz örnini topişida öziga xos davrni öz içiga oluvçi örta maxsus, kasb-hunar taʼlimini tugatib, özi tanlagan kasbning egasi bölib, el-yurt ravnaqi yölida faoliyatini boşlaş uçun diplom olgan kuni ularning xotirasida bir umr muhrlanib qoladi.
Tantanada kollej direktori M. Yöldoşev, Toşkent davlat agrar universiteti Nukus filiali öqituvçisi, qişloq xöjalik fanlari nomzodi Xudoyor Matyoqubov, kollej direktorining öquv işlari böyiça örinbosari Ş.Matirzayev, maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari O.Eşçonovlar öquvçilarni kollejni tugatib, mustaqil hayotga uçirma bölayotganliklari bilan qizğin qutladilar va olgan bilim, egallagan kasb-hunarini hayotda muvaffaqiyatli qöllab, yurtimizga fidoyi xizmat qilişlarini tiladilar.
Diplomlar tantanali ravişda topşirilgaç, iştirokçilar uçun maroqli kontsert namoyiş etildi. Mustaqil hayotga yöllanma bölgan diplom ularni hayotda yangi-yangi marralarni zabt etişga çorlaydi.
O.Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶