GAZETA – ELLIK YILLIK QADRDONIM
Men tumanimiz oynasi – “Amudaryo haqiqati” – bugungi “Taraqqiyot közgusi” gazetasi bilan salkam 60-yildan beri oşnaman. Çunki “Amudaryo haqiqati”ning haqiqiy muxlisiga aylanganimda 8-9 yoşli qizaloq edim.
Avval maktabda, keyinçalik oliy öquv yurtida tahsil olgan kezlarimda ham tuman gazetasining har bir sonini alohida mehr bilan kutib olardim. Talabalik yillarimda esa döstlarim, ota-onam poçta konvertlarida gazetaning yangi sonlarini jönatib turardilar.
Mening ilk maqolalarim ham 1960-70-yillarda tuman gazetasi orqali yoruğlikka çiqqan. Uzoq yillar tumandagi quriliş taşkilotlarida quruvçi-muhandis bölib işladim. Işda ham, öqişda ham, hatto oila davrasida ham men uçun tuman gazetasi eng yaqin döst, maslahatgöy bölib kelmoqda.
Men gazetaning bundan 30-40, qöyingki, 10-15-yil oldingi qiyofasi bilan bugungi salohiyatini soliştirib körib, töğrisi, tumanimizda mustaqillikning sönggi 8-10-yili davomida şiddatkor zamon bilan baravar taraqqiy etayotgan, hatto öz nomi, xalqimiz hayotida tutgan örni bilan tumanimizning haqiqiy “Taraqqiyot közgusi”ga aylanib ulgurganidan quvonib ketaman. Haqiqatdan ham gazeta davr talab qilgan taraqqiyot pillapoyalaridan dadil yuksalib, bugungi zamon tezkor matbuoti talablari darajasidagi ommaviy naşrga aylandi.
Men gazetaning deyarli har bir sonini sevib öqiyman va gazetaning 50 yillik obunaçisiman. Şuni quvonç bilan aytamanki, amunews.uz mustaqil internet naşrini ham internet tarmoği orqali öqiş, özim uçun muhim bölgan mavzulardagi maqolalarni yuklab olişning ham uddasidan çiqaman. Tuman matbuoti bilan oşnolik menga zamonaviy axborot texnologiyalari bilan işlaşni ham örgatdi. Men bundan xursandman.
Tumanimiz matbuoti jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunda “Taraqqiyot közgusi” va uning ilova naşri “Mening oilam” gazetalari hamda “Jayxun sadosi” internet radiosi eşittirişlari, Amudaryo televideniyesi körsatuvlari kirib bormagan xonadon yöq tumanimizda.
Amudaryo televideniyesi körsatuvlari ham mazmuni va juğrofiy qamrovi jihatidan tobora kengayib, sifati yaxşilanib borayotgani quvonarli. Men malakali va intiluvçan muharrir Ğulomjon Eşniyozov, jurnalistlardan Allambergan Jumaniyozov, Oygul Rajabova, Robiya Yöldoşevalar va Ozoda Xudoyberganovalarning har bir maqolasini katta qiziqiş bilan öqib boraman. Albatta, özim ham maqolalar yozib turaman.
27-iyun – Matbuot va OAV xodimlari kunini har gal öz bayramimday kutib olaman va bayramona quvonçlarimni hamişa ijodkorlar bilan bölişgim keladi. Şu bois, tumanimiz matbuoti fidoyilari bölgan jurnalistlarni, “Taraqqiyot közgusi” gazetasining jamoatçi muxbirlarini 27-iyun – kasb bayramlari munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Xalqimiz maʼnaviy-maʼrifiy hayotini yuksaltirişdek xayrli işlarida, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaş, islohotlarni amalga oşiriş jarayonidagi ezgu va şarafli vazifalarni ado etişda mustahkam soğlik, sinmas qatʼiyat, iroda va jöşqin ijod tilayman.
Oyimjon ÖROZALIYeVA, Beruniy MFY faoli, mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶