Korruptsiya - milliy xavfsizlikka tahdid
Hozirgi kunda dunyo hamjamiyatini qiynab kelayotgan global muammolarning biri – korruptsiya hisoblanadi. Fuqarolarning huquq va manfaatlariga taʼsir qiluvçi xavfli jinoiy hodisaning köp tarqalgan turiga kiradigan korruptsiya illati har qanday davlatning rivojlanişiga salbiy taʼsirini körsatadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi bojxona boşqarmasida Prokuratura bilan hamkorlikda ötkazilgan tadbir ana şu mavzuga bağişlandi.
Tadbirni boşqarma boşliği örinbosari L.Alimov oçib berdi va olib bordi.
Tadbirda boşqarmaning Öz xavfsizlik guruhi MIB katta tezkor vakili Ye.Ibragimov sözga çiqib, bunday yiğilişlar ötkazib turiş natijasida heç qaçon kam bölmasligini, xodimlarning huquqiy ongi oşib borişini, mazkur qonunda «Korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltiriş» deb nomlangan alohida bobning kiritilgani bejiz emasligi, çunki aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirmasdan turib, unga qarşi kuraşiş samaradorligini taʼminlab bölmasligini taʼkidladi. Qonunning 16-moddasida davlat organlari va boşqa taşkilotlar korruptsiyaga qarşi kuraşiş maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş böyiça zarur çora-tadbirlarni köradi, deb belgilangan. Bojxona boşqarmasi tomonidan ayni uşbu bandiga qaratilgan muhim işlar amalga oşirilib kelinganligini va korruptsiya nima, odob nima, bularning mazmun mohiyatini misollar orqali keng tuşuntirişlar berilayotganini aytib Qoraqalpoğiston Respublikasi Prokuraturasi bölim prokurori B.Iskandarov sözga çiqib, «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş milliy dasturi» loyihasini işlab çiqiş belgilangan bölib, u orqali mamlakatda huquqiy taʼlim va maʼrifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar taşviqotini tubdan yaxşilaş közda tutilganligini, korruptsiya uçun jazolarni oğirlaştiriş yöli bilan bu illatga qarşi kuraşib bölmasligini, fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga befarq emasligi hamda har bir davlat xizmatçisining öz faoliyati jamoatçilik nazoratida ekanini çuqur his etişi korruptsiyaga qarşi kuraşişning muhim şarti ekanligi va Qoraqalpoğiston Respublikasi bojxona boşqarmasi xodimlari orasida nisbatan 2015-2018-yillar davomida bironta ham jinoiy javobgarlikka tortilganlar bölmaganligi quvonarli hol deb baholab, bu esa öz navbatida profilaktika işlari yaxşi olib borilayotganlikdan dalolat berişini, kelgusida ham bojxonaçi degan şarofli nomga doğ tuşurmasdan, xalqning işonçini oqlaşga harakat qilişni davom ettirişni aytdi.
Xulosa qilib aytganda, har bir inson eng avvalo, özi yaşab turgan hayotda adolatsizlik, tengsizlik, qonunga hurmatsizlik, işonçga xiyonat qilib bölmasligini anglab yetişi, poraxörlik, korruptsiya, lavozimidan foydalanişga qarşi kuraşişga, şaxsiy manfaatdorlikka qarşi özida immunitet hosil qilib borişi zarur.
Qoraqalpoğiston Respublikasi bojxona boşqarmasi
Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶