24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 18:04
Jamiyat 👁 995

XALQNI ROZI QILISh – BOSh MAQSADIMIZ

XALQNI ROZI QILISh – BOSh MAQSADIMIZ

Bugungi kunda mamlakatimizni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, eng avvalo qishloq joylarda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarida fuqarolarning yaratuvchanlik salohiyatidan unumli foydalanish kechiktirib boʻlmaydigan vazifalardandir. Shu maqsadda va joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning ahvolini har tomonlama oʻrganish, xalq bilan bevosita muloqotning sifat jihatidan yangi va samarali shakllarini joriy etishni nazarda tutgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tumanlari, hududlari har bir hududdagi hokimlar, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarga boʻlingan edi.

Ayni kunda tumanimizda ham toʻrtta sektorlar rahbarlari tegishli hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bilan bevosita jonli muloqot qilib, muammolarini aniqlash va hal etish, eng muhimi, mehnatkash xalqning turmushi sifatini yaxshilash, odamlarning oʻz hayotidan rozi boʻlib yashashiga erishish borasida faoliyat olib borishayapti.

Bugun Siz aziz mushtariylarga tumanimizdagi toʻrtta sektor tomonidan joriy yilning 1-yarmida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot beramiz.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev rahbarligidagi 1-sektor hududida jami 8 ming 192 ta xonadonda 50 ming 273 nafar aholi istiqomat qiladi.

Ehtiyojmand oilalar soni 254 ta, ishsiz sifatida roʻyxatga olingan, ishga yaroqli aholi 412 nafar, ish bilan band aholi 15 ming 683 nafar, nogironlar soni 1040 nafar, yakka-yolgʻiz keksalar 31 nafar, nafaqadagilar soni 5 ming 215 nafarni tashkil etadi.

Sektor hududida 36 ta ijtimoiy soha obʼektlari, shundan 1 ta qishloq vrachlik punkti, 1 ta qishloq oilaviy poliklinikasi, 19 ta umumtaʼlim maktablari va 1 ta musiqa maktabi, 14 ta maktabgacha taʼlim muassasalari, 2 ta kasb-hunar kolleji mavjud.

1-sektor aʼzolari joriy yilning I yarim yilligi davomida mahallalarda uyma-uy yurib, barcha xonadonlarda ikki marotaba boʻlib, ularning mavjud muammolari oʻrganib chiqildi va oʻrganish jarayonida 339 ta muammo aniqlanib, shundan 330 tasi joyida hal etildi.

Sektor rahbari tomonidan joriy yilning aprel-iyun oylarida joylarga chiqib sayyor qabullar oʻtkazish boʻyicha reja tasdiqlandi. Mazkur rejaga asosan barcha tegishli tashkilot rahbarlari bilan birgalikda 9-marta sayyor qabullar oʻtkazildi. Ularda 652 nafar fuqarolar qatnashib, 92 ta turli muammoli masalalar koʻtarildi va tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda barcha muammolar joyida bartaraf etildi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida 4 ta koʻp qavatli uylarning, jumladan Gulzor mahallasi, Saxovat koʻchasidagi raqamsiz uy hamda Nazir Rahim koʻchasi 1-uy, Qipchoq koʻchasi 37-uy hamda Qipchoq ovuli hududidagi koʻp qavatli uyning tom qismi, yoʻlaklari, fasad qismi taʼmirtalab holatga kelganligi aniqlanib, mazkur taʼmirtalab uylarda 2018-yilgi davlat dasturi doirasida 443,0 mln. soʻmlik taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

1040 nafar nogironlardan 28 nafari reabilitatsiya texnik vositalari bilan, jumladan, 14 nafari kattalar nogironlik aravachalari, 8 nafari bolalar nogironlik aravachalari, 4 nafari qoʻltiqtayoq, 2 nafari hassa, 6 nafar nogironlar protez-ortopediya buyumlari bilan taʼminlandi.

Kam taʼminlangan oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida jami 3 mln. 910 ming soʻmlik 869 dona mevali daraxt koʻchatlari, 4 mln. 813 ming soʻmlik 1925 dona joʻjalar tarqatib berildi. 30 ta kam taʼminlangan oilalarga gaz plita bilan birga suyultirilgan gaz ballonlari berildi.

Oʻtgan davr mobaynida 24 ta oila kam taʼminlangan oilalar roʻyxatidan chiqarildi. Joriy yilning 1-iyul holatiga 1-sektor hududida kam taʼminlangan oilalar soni 254 tani tashkil qiladi.

Shuningdek, kredit olishga ehtiyoji boʻlgan fuqarolar roʻyxati shakllantirildi va joriy yilning I yarim yilligi davomida hududdagi 74 nafar ishsiz fuqarolarga “Mikrokreditbank”ning tuman filiali tomonidan jami 945 mln. soʻm miqdorida 4 foizli imtiyozli kredit ajratildi.

Joriy yilda 1-sektor hududi Qipchoq ovuli Beshtom massivida yer maydoni 0,02 ga boʻlgan 10 ta hamda Olmazor mahallasi hududida 32 ta namunaviy arzon uy-joylar qurilishi rejalashtirildi. Hozirgi kunda ushbu uy-joy egalari aniqlanib, qurilish ishlarini amalga oshirish choralari koʻrilmoqda.

Hududni 2018-yilning I yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat Dasturi doirasida sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalari boʻyicha umumiy qiymati 3 mlrd. 604 mln. soʻmlik 16 ta loyihalar amalga oshirilib, ularda 52 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Jumladan, xizmat koʻrsatish sohasida 2 mlrd. 906 mln. soʻmlik 8 ta loyihalar amalga oshirilib, 32 ta yangi ish oʻrinlari, qishloq xoʻjaligi sohasida 698 mln. soʻmlik 8 ta loyihalar amalga oshirilib, 20 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Shuningdek, “Toʻlqin” ovuli hududidagi “Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligi tomonidan chorvachilikni rivojlantirish maqsadida Xalqaro moliya institutining valyuta krediti hisobidan 172 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilib, 66 bosh zotli qoramol olib kelindi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida 1-sektor hududida 38 ta yangi tadbirkorlik subʼektlari tashkil etildi.

Aholi bandligini taʼminlash maqsadida 1-sektor hududida joriy yilning I yarim yilligida jami 187 ta yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan boʻlsa, haqiqatda 190 ta ish oʻrinlari yaratilib, reja 101,6 foizga bajarildi.

Shundan, sanoat sohasida 11 ta, xizmat koʻrsatishda 8 ta, qishloq xoʻjaligida 8 ta, qishloq joylarda arzon uy-joylar, koʻp qavatli turar joylar va yoʻl-muhandislik infratuzilma qurilishi hisobiga 40 ta, ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirish hisobiga 26 ta, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 61 ta, investitsiya loyihalari va avval xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish yoʻl xaritalarini amalga oshirish doirasida 7 ta, yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 55 ta, hunarmandchilikni rivojlantirish orqali 14 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Xalqimiz uzoq kelajakda emas, bugundan yaxshi yashashni istaydi. Ularga munosib turmush sharoitlarini yaratish, muammolarini bartaraf etish sektorlar faoliyatining asosiy vazifasi boʻlib qolaveradi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026