«TAMARA - TEXTIL» MÇJ TOMONIDAN 366 MLN. SÖMLIK LOYIHA AMALGA OŞIRILADI
Amudaryolik Tamara Yusupova 2009-yilda tikuvçilik böyiça tadbirkorlik faoliyatini boşlagan edi.
Öz işini dastlab 3 mln. söm, keyinçalik 40 mln. söm kredit olib kengaytirişga erişgan qiz “Tamara - Textil” masʼuliyati çeklangan jamiyatini tuzdi va joriy yilda tumanda taşkil qilinayotgan kiçik sanoat zonasi uçun bino va inşootlar ajratiş böyiça tender savdosida ham öz loyihasi bilan iştirok etib, ğolib böldi.
Ayni paytda kiçik sanoat zonasidan korxona uçun ajratilgan binoda taʼmirlaş va jihozlaş işlari olib borilmoqda. Keyingi yilda işga tuşirilişi möljallanayotgan loyiha qiymati 366 mln. sömni taşkil etib, uning 230 mln. sömi tadbirkorning öz mablaği, qolgan 136 mln. sömi esa “Milliy bank” tomonidan ajratiladigan kredit mablaği hisobidan amalga oşirilişi nazarda tutilgan.
Korxonada 15 ta iş örni yangidan taşkil etilib, ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlari, töquvçilik mahsulotlari tayyorlaşni yanada köpaytiriş möljallanmoqda. Undan taşqari, eksportni yölga qöyiş rejalaştirilmoqda.
Korxonada ÖzLiDeP tuman Kengaşining boşlanğiç partiya taşkiloti tuzildi va yangidan 5 nafar qiz işga joylaştirilib, ular partiya aʼzoligiga qabul qilindi.
Qozoğistonda bölib ötgan biznes-forumda iştirok etib, undan ruhlangan korxona rahbari Tamara Yusupova tadbirkorlik faoliyatini kengaytiriş orqali ham oilasiga daromad keltirib, ham tuman iqtisodi yuksalişiga hissa qöşgan faol tadbirkor ayollarimizdan biridir. Biz uning kelgusidagi işlariga omadlar tilaymiz!
Muqaddas BEKNAZAROVA, ÖzLiDeP tuman Kengaşi apparat rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶