“Avtomobilsiz kun” aktsiyasida faol iştirok eting!
Yöllarda harakat xavfsizligini taʼminlaş maqsadida şu yil 30-avgustda Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yöl harakati xavfsizligi kunini ötkaziş va yöl-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Içki işlar vazirligi tomonidan har oyning uçinçi juma kunida “Avtomobilsiz kun” aktsiyasi ötkaziladi. Keng jamoatçilik iştirokida vakolatli organlar, muassasalar va taşkilotlar hamkorligida ötkaziladigan mazkur aktsiya doirasida ekologik holatni yaxşilaşga, atmosfera havosini muhofaza qilişga çorlaydigan, şu jumladan, transport vositalarisiz harakatlaniş mumkinligini va zarurligini namoyiş qilişni özida mujassam etgan, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini şakllantirişga qaratilgan tadbirlar taşkil qilinadi.
Fursatdan foydalanib, yurtdoşlarimizni şu yilning 15-sentyabr kuni ilk bora ötkaziladigan va keyinçalik har oyning uçinçi juma kuni ötkazib boriladigan “Avtomobilsiz kun” aktsiyasida faol iştirok etişga çaqiramiz.
Mazkur aktsiyada iştirok etib, Siz nafaqat soğlom turmuş tarzi sari qadam qöygan, balki atrof-muhitni muhofaza qilişga ham öz hissangizni qöşgan bölasiz.
Dilşod Aminov,
IIB YHXB boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶