20.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
20.11.2026, 22:38
Qişloq xöjaligi 👁 5,945

Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatçiga aylangan fermer Yoqubboy Aşirovning faoliyati haqida

Mustaqillik — bu faqatgina taqvimdagi bayram sanasi yoki tarixiy voqelik emas, balki har qaysi insonning öz salohiyatini namoyon etişi, erkin mehnat qilişi va buyuk maqsadlari sari dadil qadam taşlaşi uçun berilgan eng oliy neʼmatdir. Bu bebaho qadriyat, avvalo, halol mehnat qiliş, tadbirkorlik bilan şuğullaniş, qalbdagi ezgu ğoyalarni hayotga tatbiq etiş va davlat tomonidan yaratilgan çeksiz imkoniyatlardan oqilona hamda samarali foydalaniş demakdir.

Mamlakatimizning barça göşalarida, barça sohalarda bu haqiqatni tasdiqlovçi yorqin misollarni köplab uçratiş mumkin. Xususan, qişloq xöjaligi sohasida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoşlarimizning erişayotgan ulkan yutuqlari ham sözimizning yaqqol isbotidir. Ana şunday fidoyi va mehnatkaş insonlar faoliyati bilan yaqindan tanişar ekanmiz, mustaqillik bergan imkoniyatlarning real hayotdagi ifodasiga bevosita guvoh bölamiz.

Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan “Yoqubboy Aşirov” nomli fermer xöjaligining bosib ötgan yöli va bugungi kundagi yutuqlari har qanday kişining havasini keltiradi. Bu xöjalikning tarixi va uning rahbari Yoqubboy Aşirovning hayot yöli maşaqqatli mehnat, tinimsiz izlaniş va öz kasbiga bölgan çeksiz sadoqatning yorqin namunasidir.

Öz mehnat faoliyatini oddiygina mexanizatorlikdan, yaʼni yerga işlov berişning eng quyi, ammo eng muhim böğinidan boşlagan bu inson bugungi kunda yirik va köp tarmoqli xöjalikning tajribali rahbariga aylandi. Mazkur fermer xöjaligi 2009-yilda öz faoliyatini boşlagan edi. Dastlabki qadamlar 114 gektar yer maydonida faqatgina dehqonçilik qiliş, yerga uruğ qadab, hosil olişdan iborat bölgan. Biroq, yillar davomida töplangan boy tajriba, tinimsiz izlaniş va albatta, fidokorona mehnat natijasida xöjalik faoliyati yil sayin kengayib, rivojlanib bordi. Bugungi kunga kelib esa, uşbu xöjalik oddiy dehqonçilik doirasidan çiqib, keng kölamli, köp tarmoqli yirik fermer xöjaligi maqomiga kötarildi.

Ayni paytda xöjalikda nafaqat anʼanaviy dehqonçilik, balki çorvaçilik, asalariçilik hamda polizçilik kabi köplab muhim yönalişlarda ham qizğin işlar olib borilmoqda. Fermerning dalalarida yetiştirilayotgan sarxil qovun, tarvuz va boşqa turli xil poliz ekinlari töğridan-töğri aholining dasturxoniga tortiq qilinmoqda. Bu esa, öz navbatida, mahalliy bozorlarimizning qişloq xöjaligi mahsulotlariga bölgan kundalik ehtiyojini qondirişga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşga hamda narx-navoning barqarorligini saqlaşga özining salmoqli hissasini qöşmoqda.

Mamlakatimizda qişloq xöjaligi mahsulotlaridan yuqori hosil oliş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, ayniqsa, paxtaçilikni rivojlantiriş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişi hisoblanadi. Ana şu maqsadga erişişning eng maqbul yöli — ilğor innovatsion agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etiş, qolaversa, ilm-fan yutuqlaridan, tadbirkorlarning innovatsion ğoyalaridan samarali foydalanişdir. Paxtaçilik mamlakatimizda qişloq xöjaligining asosiy tarmoqlaridan hisoblanadi va bu sohada katta malaka, tajriba hamda öziga xos maktab yaratilgan.

Garçi sönggi yillarda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, qişloq joylarda aholi bandligi bilan boğliq muammolarni hal etiş maqsadida köp tarmoqli fermer xöjaliklarini köpaytirişga qaratilgan çora-tadbirlar tufayli paxta ekiladigan maydonlar 15-16 foizgaça kamaygan bölsa-da, omilkor dehqonlarning sohaga innovatsion yondaşuvlari natijasida mamlakatimizda paxta hosildorligi kamaymadi. Aksinça, ilm-fan va yangi innovatsion agrotexnologiyalarni qöllaş paxta uruğçilik tizimini takomillaştiriş, mehnat samaradorligini oşiriş hisobiga yalpi paxta hosilini yuqori körsatkiçlarga yetkazişga erişilmoqda.

Bu borada Amudaryo tumanida ham öziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Xususan, yerning mahalliy şaroitidan kelib çiqib, turli kasalliklarga çidamli uruğlik mahsulotlarini tanlaş va ekiş orqali paxtadan har yili yuqori hosil olişga erişilmoqda. Ayniqsa, “Yoqubboy Aşirov” fermer xöjaligida paxta va ğalla uruğçiligi yönalişida yuqori natijalarga erişilmoqda.

Fermer xöjaligining muvaffaqiyat sirlaridan asosiy omili — bu zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ilğor texnologiyalarni işlab çiqariş jarayoniga keng joriy etişdir. Xöjalik ixtiyorida bugungi kunda eng sönggi rusumdagi zamonaviy qişloq xöjaligi texnikalari jamlangan. Oğir yer qaziş işlarini bajaruvçi qudratli ekskavatorlardan tortib, hosilni nest-nobud qilmasdan yiğib oluvçi murakkab paxta teriş maşinalarigaça bölgan turli xil texnikalar mavjudligi iş unumdorligini keskin oşirmoqda.

Xususan, ötgan yili xöjalik tomonidan zamonaviy va yuqori unumdorlikka ega bölgan paxta teriş maşinasining xarid qilinişi, qöl mehnatini kamaytiriş va hosilni qisqa muddatlarda sifatli yiğib-terib oliş yölidagi navbatdagi muhim qadam böldi. Yangiliklarga intiluvçan va hamişa öz faoliyatiga innovatsion ğoya va taşabbuslarni joriy etiş orqali paxta va ğalla uruğçiligi sohasida yuqori natijalarga erişib kelayotgan fermer tumandagi uruğlik paxta va ğalla yetiştiruvçi qişloq xöjaligi korxonalari uçun yanada qulayliklar yaratiş maqsadida tinimsiz harakat qilmoqda. Şu bilan birga paxta va ğalla hosildorligini oşirişga munosib hissa qöşiş niyatida Xitoy Xalq Respublikasida bölib, xitoylik uruğşunoslar faoliyati bilan yaqindan tanişdi.

Şu bilan birga davlatimiz tomonidan tadbirkor va işbilarmonlar uçun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda 3 milliard sömlik imtiyozli kredit oldi. Unga qöşimça 3 milliard söm öz mablaği hisobiga Xitoy davlatidan paxta, ğalla va boşqa donli ekinlar uruğlarini mahalliy şaroitda qayta işlaydigan zavod uskunalarini olib keldi hamda “Amu sara uruğlari” masʼuliyati çeklangan jamiyati şaklidagi korxonaga asos soldi. Bu bilan Yoqupboy Aşirov sanoatçi fermerga aylandi.

Amudaryo tumanida tengsiz bölgan mazkur uruğçilik korxonasi tumandagi fermer xöjaliklari uçun sifatli uruğlik mahsulotlarini yetkazib beriş orqali qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişda sifat va samaradorlikka erişişlariga munosib hissa qöşib kelmoqda. Bu yönaliş nafaqat tuman, balki butun Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida qişloq xöjaligi sohasini yangi bosqiçga olib çiqiş uçun xizmat qiladigan istiqbolli loyihadir.

Ayni paytda korxona joriy paxta yiğim-terim mavsumi oldidan 100 foiz töliq quvvat bilan işlaşga şay qilinib, uruğlik paxta yetiştiruvçi fermer xöjaliklaridan yangi paxta hosilini qabul qiliş va qayta işlaş, sara uruğlarni ajratib olişga tayyor qilib qöyildi. Korxonaning barça tsexlari, ayniqsa, paxtadan sara uruğlarni ajratib oliş mexanizmlari benuqson işlaşi uçun zarur şart-şaroitlar yaratildi. Korxona işçilari va mutaxassislari maxsus tayyorgarlikdan ötkazilib, ularga mehnat qonunçiligi va texnika xavfsizligi qoidalari yuzasidan tuşunça va tavsiyalar berildi.

Biz ijodiy jamoamiz bilan korxonada bölganimizda uruğlik sifatini nazorat qiliş uskunalari, laboratoriya jihozlari, paxtani qabul qiliş, tola sifati böyiça toifalarga ajratişga qaratilgan barça tadbirlarni tez va samarali amalga oşiriş imkonini beruvçi texnologiyalar işlaş uçun şay holatga keltirilganining guvohi böldik. Bundan ham muhimi, mazkur korxonada faqat qişloq yoşlari mehnat qilişib, zamonaviy texnologiyalarni mahorat bilan boşqarişmoqda.

Fermer Yoqubboy Aşirov mamnuniyat bilan taʼkidlaganidek, bularning barçasi muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpoğistonlik tadbirkorlarga qaratayotgan yuksak eʼtibor va rağbatlari tufaylidir. Ana şu eʼtibor va rağbat tufayli tumanning eng çekka hududi hisoblanmiş Yuqori qişloq mahallasiga sanoat kirib keldi, köplab mahalla yoşlarining doimiy va mavsumiy iş bilan bandligi taʼminlandi. Ayni paytda korxona mehnat jamoasi hududdagi uruğlik paxta yetiştiruvçi fermer xöjaliklaridan dastlabki hosilni qabul qilib olişga jiddiy taraddud körmoqda. Bunday tayyorgarlik va fidokorona mehnat zamirida juda katta maqsadlar, ezgu niyatlar yotibdi.

Xulosa qilib aytganda, mustaqillik fermerlarga, umuman olganda, zahmatkaş xalqimizga nima berdi? Javob esa aniq va ravşan. U avvalambor, insonga erkin va farovon hayot keçiriş, halol mehnat qiliş uçun çeksiz imkoniyat taqdim etdi. Tadbirkorlikni rivojlantiriş, taşabbuskorlikni qöllab-quvvatlaş uçun mustahkam zamin va qulay şaroit yaratdi. Aynan şu imtiyozlardan foydalanib, yangi yirik loyihalarni amalga oşiriş imkoni paydo böldi. Eng ilğor, zamonaviy texnika va innovatsion texnologiyalarni yurtimizga olib kiriş hamda amaliyotga tatbiq etiş uçun keng yöl oçildi.

Yoqubboy Aşirov misolida köradigan bölsak, bu yaratilgan beqiyos imkoniyatlar uning oddiy mexanizatorlikdan tortib, bugungi kundagi yirik va muvaffaqiyatli tadbirkorgaça bölgan şarafli yölni bosib ötişiga xizmat qildi. Bugun uning rahbarligidagi fermer xöjaligida yerga mehr bilan uruğ qadab, möl hosil yetiştirişdan boşlab, çorva mollarini boqiş, asalari parvarişlaş, xalqimiz sevib isteʼmol qiladigan poliz mahsulotlarini yetiştiriş va, eng muhimi, zamonaviy texnologiyalar asosida uruğlarni qayta işlaşgaça bölgan köplab muhim yönalişlar muvaffaqiyatli yölga qöyilgan. Bu esa, şunçaki, fermer xöjaligining şaxsiy yutuği emas, balki davlat tomonidan yaratilgan şaroitlardan oqilona foydalanib, halol va fidokorona mehnat orqali qanday ulkan natijalarga erişiş mumkinligini körsatuvçi yorqin va ibratli namunadir.

Mustaqillik — bu çeksiz imkoniyat, mehnat va izlaniş esa — bu uzluksiz taraqqiyotni taʼminlaydigan beqiyos kuçdir. Bularning barçasi tadbirkor va fermerlarni el-yurt dasturxoniga fayzu baraka olib kiriş va jonajon vatanimiz iqtisodiyotining qudratiga özining munosib hissasini qöşişdek oliy maqsad sari undayveradi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026