“Çoyköl”lik xotin-qizlar hamişa faol

Bugungi ayol – jamiyatning eng faoli. Ayol – tadbirkor, olima, şoira-yu adiba, fikrlari öktam siyosatçi. Yoş avlod tarbiyasi, oilalar mustahkamligi borasidagi işlarda hamişa faol.
Şu kunlarda tumanimizdagi idora va taşkilotlarda, öquv muassasalarida, ovul va mahallalarda faoliyat olib borayotgan boşlanğiç xotin-qizlar taşkilotlarining umumiy yiğilişlarida fidoyi ayol-qizlarimizning jamiyatda tutgan örni, demokratik islohatlarni amalga oşiriş jarayonlaridagi faol iştiroki mamnuniyat bilan tilga olinmoqda.






17-sentyabr kuni “Çoyköl” ovulidagi aholi dam oliş markazi binosida bölib ötgan “Çoyköl” ovul fuqarolar yiğini boşlanğiç xotin-qizlar taşkilotining umumiy yiğilişi ham oçiqlik va oşkoralik ruhida ötdi. Taşkilot aʼzolarining faolligi yiğiliş kun tartibiga qöyilgan masalalar böyiça muzokaralarda yaqqol aks etdi.
Bölib ötgan umumiy yiğiliş kun tartibiga havola etilgan asosiy masala – Prezidentimizning “Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi töğrisida”gi hamda 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonlari ijrosini taʼminlaş borasida “Çoyköl ovul fuqarolar yiğini boşlanğiç Xotin-qizlar taşkilotining vazifalari töğrisida” boşlanğiç Xotin-qizlar taşkiloti raisi Zulayho Allaberganova hisobot maʼruzasi qildi.
U öz maʼruzasida boşlanğiç Xotin-qizlar taşkiloti tomonidan “Çoyköl” ovul fuqarolar yiğini hududidagi mahallalarda yaşovçi köpni körgan onaxonlar, faol ayol-qizlar iştirokida olib borilayotgan keng qamrovli, tarğibot tadbirlariga alohida töxtalib ötdi. Yoş avlod tarbiyasi, oilalar mustahkamligi, ona va bola salomatligi, ayol-qizlar örtasida tadbirkorlik, kasanaçilik faoliyatini rivojlantiriş, imtiyozli bank kreditlari asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş hisobiga yangi iş örinlari yaratiş, giyohvandlik va diniy ekstremizmning, ommaviy madaniyatning har qanday körinişlariga qarşi kuraşiş böyiça hisobot davrida amalga oşirilgan işlarga keng töxtalib ötdi.
Hisobot maʼruzasi yuzasidan muzokaralarda tuman Xotin-qizlar qömitasi boşqaruv Kengaşi aʼzosi, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yöldoşeva, “Çoyköl” ovul fuqarolar yiğini raisi Komiljon Zorliqovlar iştirok etişib, ovul xotin-qizlari hayotidagi ijobiy özgarişlar bilan birga yeçimini kutayotgan muammolar ham mavjud ekanligini taʼkidladilar va boşlanğiç xotin-qizlar taşkiloti faoliyatini qoniqarli deb baholadilar.
Şundan söng, yiğiliş kun tartibidagi ikkinçi masala – “Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi”ning yangi tahrirdagi Nizomi loyixasi böyiça taşkilot aʼzolari tomonidan bildirilgan takliflar hamda taşkiliy va boşlanğiç xotin-qizlar taşkiloti faoliyatiga taalluqli boşqa masalalar ham körib çiqildi.
Yiğilişda “Çoyköl” ovul fuqarolar yiğini boşlanğiç Xotin-qizlar taşkiloti raisligiga bir ovozdan Zulayho Allaberganova saylandi. Şuningdek, tuman xotin-qizlar qömitasi konferentsiyasiga körsatilgan delegat nomzodi ham yiğiliş iştirokçilari tomonidan maʼqullandi.
Umumiy yiğiliş işida tuman hokimi muovini, Xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedova, “Oila” ilmiy-amaliy markazi tuman bölimi rahbari Gulşod Yusupova hamda tuman Xotin-qizlar qömitasi mutaxassislari ham iştirok etdilar.
Maryam Ahmedova boşlanğiç Xotin-qizlar taşkilotlari oldida turgan dolzarb vazifalar, demokratik islohotlar jarayonlarida faol xotin-qizlarning roli, jamiyatimizdagi salbiy holatlarni bartaraf etiş, diniy ekstremizm, ommaviy madaniyatning har qanday körinişlariga qarşi kuraşişda hamda yoş avlod taʼlim-tarbiyasida köpni körgan onaxonlar bilan faol va jamoatçi ayollarning tutgan örni haqida qimmatli fikr-mulohazalarini bildirdi.
Umumiy yiğiliş yakunida “Çoyköl” aholi dam oliş Markazi sanʼatkorlari iştirokidagi kontsert dasturi namoyiş etildi.
(Maxsus muxbirimizdan).






▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶