AHMAD NAFASNING YaNGI DOVONI
Tumanimiz adabiy muhitida şoir va yozuvçi Ahmad Nafas (Nafasov)ning öziga xos örni bor. Avvalo Ahmad Nafas – maʼnaviyat fidoyisi, yoş ijodkorlarning sevimli ustozi, tumanda faoliyat olib borayotgan “Jayxun ilhomlari” NNTning mahoratli rahbari sifatida köplab isteʼdod ğunçalarining kaşf etilişida jonkuyar muharrir hamdir. Ana şu sermahsul xizmat jabhalaridan ortib öz köngil mulkida ajib bir böston yaratayotgan Ahmad Nafas oğamizning qalblarni rom etgulik latofatli sözi – şeʼriy gulşani, ehtirom va eʼzozga munosib fitrati borki, bu fitrat olami keng va rang-barangligi, maʼnaviy-tarbiyaviy ahamiyati bilan köngillarga manzur bölsa, ne ajab!
Zukko kitobxonlarimiz juda yaxşi bilişadi: 2011-yilda Ahmad Nafasning “Salomçi – mening unvonim” badiiy-publitsistik janrdagi kitobi naşrdan çiqqan edi. Xalq udumlari, urf-odat va anʼanalari, özbek töy-marosimlari va ularda aytiladigan kelin salomlarining janr xususiyatlari haqida batafsil maʼlumot beruvçi bu asar keng kitobxonlar eʼtiborini qozongandi.
Ahmad Nafas oğaning navbatdagi kitobi – “Keldim dovonlar oşib” bir neça kundan buyon qöldan-qölga ötib öqilayotganidan ayonki – kitob adabiyot muxlislariga manzur. Kitobga xorazmlik maşhur qöşiqçi-şoir, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Oşiq Erkin (Madrahimov) sözboşi yozganlar.
Töplamdagi ğazallar, Navoiy ğazaliga boğlangan muxammaslar, mustahzod va masnaviylar ançagina pişiq ekanligini eʼtirof etgan Oşiq Erkin oğa (Madrahimov) taʼbiri bilan aytganda: “bundayin kitobga tartib bermoq, ayniqsa, Navoiy ğazallari ruhiyatiga moslab taxsim boğlaş uçun mahorat va bilim kerak”. Taʼbir joiz bölsa, Ahmad Nafas oğamiz ana şunday bilim va mahorat sohibi.
Kitobning birinçi qismidan Ahmad Nafas ijodining turli yillariga mansub şeʼrlar, ğazal va masnaviylar, muxammas hamda mustahzodlar joy olgan. Uşbu nazmiy qismdagi asarlarning aksariyati ona yurt, döstlik va muhabbat mavzulariga bağişlangan. Ayniqsa, Istiqlolni madh etuvçi şeʼrlarida şoir keçagi kun bilan bugungi nurafşon damlarni muqoyasa qilib faxrlanadi. Ana şu faxr tuyğusi ila özi umr böyi oşib ötayotgan dovonlar zalvorini yurak-yuragidan his etadi. Şoir dilidagi quvonç sözlarga, sözlar satrlarga, satrlar esa maʼnaviyatga taşna köngillarga jarang beradi.
Qurdik koşona, qasrlar,
Jahon lol qolar asrlar.
Unda bizlarning kelajak –
Yaşar navqiron nasllar.
Şijoat, surʼatdir bu,
Bizlarning qudratdir bu!
Ana şu surʼat, ana şu qudrat şoir qalbiga hayajon, ilhom baxş etadi va biri-biridan dilbar şeʼrlar yaraladi. “Istiqlol madhiyasi”, “Vatanni sevmoq kerak”, “Özbekning”, “Mustaqillik qasidasi”, “Kelajak egalariga”, “Murojaat” kabi yetuk, pişiq-puxta şeʼrlarda şoirning öz sözi jaranglab, satrlarga zeb bergan.
Şoirning aksariyat şeʼrlari Maxtumquli ohanglarida, yana bir turkum şeʼrlari esa baxşiyona usulda yozilgan. Navoiy ğazallariga boğlangan taxsimlar esa muxlislar qalbida Navoiy dahosiga çeksiz ehtirom uyğotadi. Ahmad Nafas ijodining ham tobora yetuklik sari yuksalayotganini anglatadi. Sababi uluğ şoirlar ijodidan ilhomlanib, ular bitgan mumtoz misralar mazmuniga mohiyatan munosib va mos misralar ila taxsim boğlaş hammaning ham qölidan kelavermaydi. Buning uçun avvalo mumtoz adabiyotni, xususan Navoiy ijodini mukammal örganiş, tuşuniş, har bir söz zarbini yurakdan his etiş kerak. Ahmad Nafas ana şu dovonni zabt etganlardan – Navoiy lirikasi olamida yaşab, Navoiyning tili va dilini anglab, öz lisonida qayta kaşf eta olgan ijodkor. Eʼtibor bering:
Özni kim deb bilsang ham, Ahmado, gar bölmasa did,
Yorning könglin ovlar çoği xato solar tahdid.
Şudir menga muddao deb birov könglin qilmagin xit,
Navoiy, sen kimu, işrat mayi, bilmasmu sen kim, it,
Agar qon içsa ham boşi kerakdur öz yaloğinda.
Navoiy ğazaliga xos içki ohang, turoq, vazn Ahmad Nafas boğlagan taxsimda ham öz ifodasini topgan. Şu barobarida Navoiy xulosasi bilan Ahmad Nafas çiqargan xulosa biri-birini töldirib muxammasning badiiy yetukligini taʼminlagan.
Ahmad Nafas badiiy adabiyotni, adabiy janrlarni puxta biladigan, özbek adabiy tilini çuqur özlaştirgan ijodkor. Uzoq yillar yoş avlodga özbek tili va adabiyoti fanidan dars bergan Ahmad Nafas yillar davomida öz ustida tinimsiz işlagani har bir söz va jumlani boşqalarga taqdim etişdan avval öz fitratida jilo berişga intilgani bois, asarlarini öquvçilarga taqdim etişga oşiqmadi. Yozdi, yozaverdi. Qayta-qayta söz ustida, iboralar, jumlalar ustida işladi. Öz fikrini soğlom, öziga xos, köngillarga manzur yetkazgunlariça, Ahmad Nafas imzosi bilan to kitob holida tartib bergunga qadar şoir oğamiz öz umrining tabarruk 60-dovonidan oşib 70 ga tomon zalvorli qadam qöydilar. Oşib ötilgan bu dovonlar şoir Ahmad Nafas bilan adib Ahmad Nafas nomi özi tuğilib ösgan betakror göşa – Qizilçoli – Kuyukköpirdan ham ança olislarga, azim Xorazm-u Qoraqalpoğiston adabiyotsevarlari huzuriga kirib bordi.
Ayniqsa, Ahmad Nafasning “Ozod oğaning xazinasi” nomi bilan kitobning ikkinçi qismiga zeb bergan esselari (köproq xotira hikoyalariga öxşab ketadi) kişini xayolga toldiradi. Nega deysizmi? Sababi, biz atrofimizdagi zamondoşlarimizning ayrim işlariga oddiygina nazar bilan qarab, xuddi şunday bölişi kerakday, öşa zamondoşimiz öz vazifasini şunday ado etişi şartday, eʼtibor bermaymiz.
Heç öylab körganmisiz, tumanimizdagi son-sanoqsiz fotostudiyalar işi bilan suratçi Xolboy oğa Bobojonovning faoliyati haqida? Şunçaki turli xil marosimlarda suratkaşlik qilib öz işini daromad topiş manbaiga aylantirib olgan suratçilar kim-u, Amudaryo tumanida fotosanoatga asos solgan, uni rivojlantirib, tumanimiz tarixini suratlarga muhrlab öz xazina-arxivini, demak, tumanimiz hayotining surat-arxivini yaratgan Xolboy Bobojonov kim? Angladingizmi!? Xolboy Bobojonovning faoliyati ham jiddiy tadqiq etişga arzigulik suratlar arxivi bilan nihoyatda qadrli.
Ana endi Ahmad oğa taʼriflagan “Ozod oğaning xazinasi”ga kelsak, nazarimda bu badiiy publitsistikada hali qöl urilmagan yangi mavzu.
Magnit tasmalarida, gramplastinka, audio va video yozuvlarda muhrlangan xalqimizning otaşnafas hofiz-u sanʼatkorlarining şirali ovozlarini tebranib-tebranib tinglaymiz, ohanglar oğuşida sel bölamiz. Lekin vujudimizda ana şu oşuftalikni uyğotişda tinim bilmay işlagan ovoz yoziş studiyasi jonkuyarlari haqida juda kam öylaymiz, töğrisi, öylamaymiz ham. Xuddi şunday bölişi kerakday, tinglaymiz, zavqlanamiz, hayajon bilan sanʼatkordan ğoyibona minnatdor bölamiz. Ozod oğa-çi? Ana şu möʼjizakor ohanglarni qalblarga jo etgan, sanʼatkorning ovoziga, musiqiy tebranişlarga jilo berib, qalblarga yetkazgan Ozod oğaga, Ozod oğalarga birrovgina “rahmat!” – deya oldikmi? Buni köpinça unutdik...
Azizlar, Ahmad oğa ana şunday fidoyilar mehnatiga dilimizda rağbat, mehr va eʼtibor uyğotayotir öz esselari bilan.
Hatto ovoz yoziş böyiça boşlangan ilk qadamlar, bu möʼjizakor uskunalarning tarixi, xalqimiz hayotida tutgan örni, maʼnaviy ahamiyati qançalik katta ekanligini anglatayotir. Demak, kundalik hayotimizda biz unçalik ahamiyat bermaydigan kasb egasi, tinib-tinçimas inson, “Ozod zvukozapis” singari fidoyilar mehnati tufayli xalqimizning maʼnaviyat xazinasi boyib boraveradi.
Demak, ana şunday insonlarning borligi qalblarimizga quvonç, hayotimizga ziynat bağişlaydi.
Ahmad Nafasga esa xalq hayotiga daxldor oddiy, lekin xizmati, qilgan va qilayotgan amallari uluğ insonlar mehnati qadrini baland tutgani va bu mavzuni hokisorlik bilan adabiyotga olib kirgani, faxr ila, hurmat va eʼtibor ila madh etganlari uçun RAHMAT deymiz.
Sözim muxtasarida sinçkov va zukko adib, sohirqalb şoir Ahmad Nafas oğaning navbatdagi dovon sari qöymoq niyatida bölgan qadamlariga quvvat, ijodiy barkamollik tilayman!
Aziz muxlislar, kitob javoningizga yangi asar qutluğ bölsin!
Robiya YÖLDOŞEVA,
Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶