Qaynona böliş ham baxt!
Buvijonlar ögiti
Aziz qaynonajon, qaynonalik baxti va taxti muborak bölsin! Bu baxtni Allohning uluğ neʼmati deb bil. Uyingga ön tört kunlik oy bölib balqib, baxt istab va tilab kelin keldi. Kelin qizni mehr-muhabbat bilan quçoq oçib kutib ol!
Yuraklari hapriqib turgan munis qiz öz ota-onasini, yaqinlarini taşlab, bir umrlik baxt izlab, egilib xonadoningga qadam qöydi. Uying töldi, bağring töldi. Qadamlari qutluğ, öğling bilan yöllari uluğ bölsin! Qaynona ham ona ekanligini unutma. Bu kelinni xizmatkor, çöri deb emas, avvalo öğlingning bağrini, könglini töldiruvçi, sevguvçi, suyukli nabiralar bilan oilangni çeksiz quvonçlarga töldirguvçi munis ona deb bil. Har kungi salomiga şukur qilib alik ol!
“Jonim qizim”, deb qiladigan işlarini aytsang, mehr körgan qiz quvonç bilan xizmat qiladi.
Har kuni kelin qizning yuragi zirillab turadi: “qaysi işni eplay olmasam, sindirib yoki tökib qöysam nima bölarkan?”, – deb. Öşa holatda qaynona emas, suyab turguvçi toğ böl, tarbiya berguvçi ustoz böl.
Xudo bersa, ha demay kelining “boşqoronği” böladi. Albatta, iş qilişga madori qolmaydi. Qaynonajon, qaynama, şovqin kötarma! Bu baxtdan masrur bölib, şukur qilib bolalarga suyunçi, hadyalar tarqat. Negaki bu baxtni neça yillab intizor kutguvçilar bor.
Kim yoşligida yomon kelin bölsa, kelin olgaç yomon qaynona böladi. Yomon qaynona esa oy ötib-ötmay “biz bundoq edik, non yopdik, kir yuvdik, hozirgilar sudralib yuradi”, deb battar ösal qiladi. Kelinni ayblaşdan oldin qizimiz ham nimjon, kamqon ekanligini öyla. Özingning tinka-madoring qurib borayotganini hisobga ol! Oyi-kuni yaqinlaşganda “bola oson tuğiladi”, deb kunning issiğida non yoptirib, suv taşitib, nabirang, öğlingning zurriyodi nobud bölib, uvoliga qolma.
Har ozorning Allohdan javobi va sörovi bor. Xudo yetkazib birin-ketin kelinlar olasan. Endi teng köz bilan qaraşing kerak. Kiçiklarni avaylab, kattasining yukini oğir qilma, hurmating ketadi.
Qaynonajon, katta kelinning kiyimini olib kiçik kelinga kiydirma. Taqinçoqlarini ham olib berma. Ovsinlar orasida janjal çiqişiga sababçi bölasan.
Kelinlarning onasidan sovğa-salom aytib olma. Alloh sen uçun umrbod taʼma eşiklarini oçib qöyadi. Kim nima olib kelar yoki berar, deb tört köz bölib ötasan.
Kelinga yomon laqab qöyib haqoratlama. Bir kuni tanişimning kelini bir özi non yopayotgan va bu paytda yomğir yoğib turgan edi. Qöşnimiz yordamga bordi. Qaynona çiqib, jahl bilan xamirni kanalga taşladi. Nonning uvolidan qörqmadi. Köp ötmay közi kör böldi. Keyingi kelinlarning xizmatini köriş nasib qilmadi. Kelinga kim behuda ozor bersa, bu dunyoda ham, u dunyoda ham ozorlari borligini his qil. Alloh yomonlikni ham, yaxşilikni ham körguvçi, loyiq mukofotini berguvçidir.
Qaynona böliş ham sanʼatkorlikni talab qiladi. Kelinga ozor yetkazma, xizmatni çiroyli qiladi. Öğlingni heç qaçon xatosi uçun kelin oldida, kelinni öğling oldida uruşma. Alohida gaplaş.
Ering bilan ham janjal çiqarma, xafa bölsang-da hurmatini joyiga qöy! Kelinlar har harakating, sözingdan örnak oladi.
Kelin bilan ona-bola bölib yaşasang, qanday yaxşi. Kasal bölib qolsang, har tomonga yuguradi, dori beradi, oyoq- qölingni silaydi. Kelinlaringga opa-singildan ham yaxşi bölinglar degin. Ovsinlar yaxşi bölsa, nabiralaring inoq, qon-qarindoş böladi. Nima eksang, şuni örasan, deganlar, qarilikning mevasini eksang, Xudoga şukur, hosili möl va yaxşi böladi.
Qaynonajon, nabiraga mahalla tomonidan beriladigan pulni zarurat bölsa ham olma, negaki bu pulni davlat bola uçun beradi.
Öğling pul olib kelganda kelinning uluşini ber! Kelinning ham ehtiyojlari bor.
Mustaqil oila bölişga keragini olib qöyaveradi. Kelinning qölida puli bölmasa “onam olib berdi”, degan yolğonlar köpayadi, yolğonçilik boşlanadi. Bir qöşnimiz kelinining bolasi uçun oladigan nafaqa pulini bermas, hatto bola kasal bölsa doriga pul bermasdi. Nima böldi, köç-köronini olib, ijaraga çiqib ketdi. Kelinni rosa qarğadi. Aybni özidan körmadi.
Qaynonajon, heç kimni, qudalaringni ham ğiybat qilma. Tuhmatga guvoh bölma, bular katta gunohlardir. Qaynonajon, eringning qarindoşlarini hargiz kelinga yomonlama, özingnikini ham. Farzandlaringning qoni-joni, yaqini eringning yaqinlaridir. Qora kunda sendan köproq ğamga botib bel boğlab turguvçilardir.
Qaynonajon,kelinning kiçik xatosini topib, köçada behayolarça baqirma, qarğama. Bilginki, özingni özing şarmanda qilding. Negaki, kelin uyda yiğlamoqda. Kelinning yuragiga mehr emas, toş tölib boradi. Ertaga boşing yostiqda, közing eşikda bölib, tavbaga kelguningça Alloh kasallik beraveradi. Qaynonajon, qöşnilar bilan qarindoş-day böl! Tansiq taom pişirsang, qöşnining haqqini kelindan berib yubor. Yaxşi- yomon kuningda yoningda kömakdoşing, sirdoşing. Qudalaringni maqtab-maqtab uyingning törida qöy! Mansabiga, boyligiga qarab ajratma, hurmating ketadi.
Qaynonajon, libosni oçiq, tor, kalta kiyma. Ayolning körki, hayosi römol böladi, doimo boşingda römol bölsin. Yaqinda bir kelin: “qaynonam römol örama, menga öxşab “modniy” bölib yur, deb aytayapti, axir kelin römol öraşi kerak-ku”,– dedi. Qarang, u hayo qilmaslikni keliniga ham örgatmoqda. Hayosizda vafo yöq, deydilar.
Qaynonajon, namunali qaynona böliş uçun tavba qilib, ibodatda böl! Alloh senga qiyinçilikni yengiş uçun sabr-toqat beradi. Xayr-ehson qilib tur. Sadaqa keladigan balolarning oldini oladi. Oila degan qasr umr davomida quriladi. Ana şu qasrning malikasi, sensan. Betakror naqş – sayqal berib boruvçi naqqoş – mohir ustasan. Kelin bölğusi Sultonbegim, malika, sening şogirding. Kelinni avlodlarga ham namunali bölguvçi yaxşi qaynona qilib tarbiyalaş ayollik vazifangdir. Ana şunday soliha ayol bölsang, Yaratgandan mukofotingni olasan.
Jongilbika hoji RAHIM BOBOJON qizi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶