HAR SÖZNI ÖYLAB AYTING, KUFRDAN VA KOFIR BÖLIŞDAN SAQLANING
Bismillahir rohmanir rohiym!
“Alfozi kufr” töğrisidagi taʼlimdan ozgina bölsa-da, xabardor böliş har bir iymonli inson uçun til ofatlaridan saqlanmoğida öta muhim va zaruriy hisoblanadi. Bu masalada “alfozi kufr” har bir musulmonga öz tiliga erk bermasdan nihoyatda ehtiyot va huşyor, sergak bölişni, turli yaramas sözlardan tiyilib, dilini ham buzuq öy-fikrlardan pok saqlaşi kerakligini örgatuvçi fiqhiy yönalişdir.
Inson zohiri va botinini musaffo holatga keltirişi, dunyo va oxirati ğamini yeyiş masalalari va uslublari ötgan fiqhiy olim-ulamolarimiz tomonidan bizlarga atrofliça bayon qilinib, kitoblarga bitilib ketilgan. Biz faqat ilm izlaşga ozgina vaqt ajratib tumanimizdagi kutubxonalarga borişimiz, öqib-örganişimiz va astoydil öz ilmlarimizga amal qilmoğimiz lozim böladi. Mabodo, bunga ham imkon topa olmasak, uşbu kiçik maqolamizga qanoat hosil qilib, ularni örganişlaringizga töğri keladi. Ammo maqolamiz zinhor birovlardan ayb izlab, ularni eʼtiqod borasida obrösizlantiriş yoinki özimiz obrö qozoniş, birovlarni kamsitiş maqsadida bayon qilinmasdan, savob va ilm hosil qiliş maqsadidagi kiçkina bir harakatdir.
“Kufr” sözi – luğatda “şubha”, jaholat va inkor kabi sabablar bilan iymon keltirilmoği şart bölgan narsalarga iymon keltirmaslik maʼnosida beriladi. Aynan bu yönalişda kufr uç xilga bölinadi:
–jahliy kufr – kofir va johil insonlarning kufrlari şunga öxşaydi;
– inkoriy va inodiy kufr – firʼavn va şunga öxşagan insonlarning kufrlari;
– hukmiy kufr – şarʼan iymon keltirmoği kerak bölgan narsalarni tahfif (kamsitiş va pisand qilmaslik) etiş natijasida maydonga keladigan kufr.
Baʼzi bir insonlar iymon va kufrning nima ekanligini, hidoyat, zalolat nima, dindan çiqib ketiş nima ekanligini mohiyatan anglay olmasligi ham mumkin. Kalimai tavhid (şahodat)ni odat tarzida oğzaki tartibda aytiş bilan insonni faqatgina ijmoliy (nomufassal – töliqsiz) iymonga keltiriş mumkin. Ammo, “alfozi kufr”ni tuşuniş ança muşkul bölsa-da iymonni tuşuniş, uning maʼnaviy sofligi amalini yuzaga keltirişda jiddiy eʼtiqodiy sof tuşunça hosil qiliş zarur. Bu masalada birmunça tuşunmovçiliklarni bartaraf qiliş uçun oddiy avomni qiynab qöysalar, masjidlar va mahallalar imom-xatiblaridan ilmiy tuşunçalar olsalar juda durust böladi.
“Jomeʼ ul mutun”da “alfozi kufr” beşta turga bölinib bayon qilingan:
Birinçidan, Alloh taologa, Uning sifatlariga va afʼoliga taalluqli bölgan kufr sözlarni sözlamaslik joiz.
Bunda bir kişi Allohni noloyiq bir narsa bilan vasf etsa, ismlari va buyruqlarini masxara qilsa, Uning sözlarini inkor qilsa, şerigi, ayoli, bolasi bor desa, Unga jaholat, ojizlik va ayb-u nuqsonlarni nisbat bersa, Quddus, Qayyum va Rahmon kabi ismlarini maxluqotga taqasa kofir bölib dindan çiqadi.
Bir kişi: “Alloh menga şuni buyur-sa, qilmayman”, – desa kofir böladi. Bir kişi, Qurʼon va hadisda kelgan xabarlarning zohirini qasd etib, “Alloh fissamo” (“Alloh osmonda”) desa, kofir bölmaydi. Agar, mabodo, uning maqsadi Allohga makon nisbat beriş bölsa, kofir böladi. (“Bahr ul-Kalom”dan olindi).
“Fusulayn” kitobida bunday deyilgan: “Bir kişi, Alloh bandalarini hukm qiliş uçun ötiradi, turadi, desa va Unga yuqorida yoki pastda bölmoq kabi narsani izofa qilsa, kofir böladi. Bir kişi bizga “osmonda Xudo, yerda falonçi...” – desa ham kofir böladi.
Bir kişiga: “Allohdan qörq”, desa, u: “Qörqmayman”, – desa ham kofir böladi. Bir xotindan: “Ğayb ilmi sirlarini bilasanmi?” –deb sörasalar, u: “Ha”,– deb javob bersa, nikohi bekor böladi. (“Barça narsalarni bilguvçi yagona Allohdir”, desa nikohi buzilmaydi).
Bir bemor odam haqida: “Bu odam şu kasalligidan öladi”, – degan kişi kofir bölib dindan çiqadi. (Yagona Alloh biladi, davo berguvçi ham özi, desa kofir bölmaydi). “Alloh hamma uçun yaxşi, lekin mening uçun yomon, menga yomonlik qildi”, – degan kişi kofir böladi. Zulm qilğuvçi odamga: “Allohdan qörq yoki menga nohaq zulm qilaverişga Allohdan qörqmaysanmi?” – desa, u zulmkor: “Qörqmayman, bor, bilganingni qil”, – desa, albatta, zulmkor kofir böladi. Bu sözni zulm holatida sözlamasdan, qilgan işida haqiqatni yuzaga çiqariş va ifodalaş maqsadida aytsa, kofir bölmaydi. Bunday hayotiy misollardan köpini keltirişimiz mumkin. Ammo tafakkur qiliş uçun şuning özi ham yetarli böladi.
Payğambarlarga taalluqli bölgan va ularning şaxsiyatiga odobsizlik bilan aytilgan kufr sözlarni aytiş.
“Bazzoziya”da keltirilişiça: “Dastavval Payğambarlar Allohning amr va nahiylarini insonlarga bildirgan zotlar ekanligini bilganidan keyin ularning barça keltirgan vajlarini tasdiq etib, iymon keltirmoq vojibdir”.
Masalan, barça yaxşiliklari bilan el orasida nazarga tuşgan yaxşi bir odamni: “Bu payğambar odam”, yoki “Payğambardan ham yaxşiroq odam”, – deyişi bilan dindan çiqib, kofir bölişi muqarrar böladi.
Bir kişi xotiniga: “Hozir pulim yöq”, – deganida xotini: “Yolğon gapirayapsiz”, – desa va u odam: “Pulimning yöqligiga Payğambarlarni va fariştalarni guvoh qilsam-da gapimga işonmaysanmi?” – deganida unga xotini: “Ha, işonmayman”, – desa, u xotin kofir böladi va nikohi fasod buladi.
Bir ayol bilan bir erkak ikkovi kelişgan holda bir-birlariga özaro nikohlansalar va “Allohni va Payğambarni bu nikohimizga guvoh qildik” – desalar yoki “Alloh va fariştalarni bu işga guvoh qildik”, – desalar ularning qilgan işlari noşarʼiy harakat bölganligi sababli kofir böladilar.
Uçinçidan, Qurʼoni karimga, ibodatlarga oid kufr sözlarni gapirmaslik zarur. Masalan, Qurʼondan biron oyati jalilani inkor qilgan, Qurʼoni karimni va masjidni mensimagan va dinga binoan hurmat körsatilişi kerak bölgan joylarga bepisandlik bilan qarab: “bularning barçalari xatodir”, – degan inson kofir böladi.
Bir bemorga yoki bir kişiga: “Namoz öqi”, – deyilganida: “Abadiyan namoz öqimayman”, – demoği kufr böladi. Bu masalani kufr emas deganlar ham bölgan. Yana bir kişiga namoz öqişini buyurişganlarida: “Öqimayman”, – deyişini kufr deganlar. Faqat namozning farz ekanligini inkor etsagina kofir böladi, deganlar. Maşhur faqih imom Muhammadning fikriça: “namoz öqimayman”, – degan sözning ham tört ehtimoli bor: Yaʼni, “çunki men namozimni öqiganman”. “Sening buyruğing bilan öqimayman. Çunki sendan köra xayrli zot menga namoz öqişni buyurganlar”. “Fosiq bölganim uçun öqimayman”. (Bu uç hol ham kufr emas). Ammo: “Öqimayman, mening zimmamda farz emas, menga namoz öqiş amr qilinmagan”, –desa, bu hol kufrga eltadi.
Bir kişi “namoz öqi” desa, ikkinçi kişi: “nafaqaga çiqsam, işni qöysam, keyin namozni öqiyman”, – desa ham kofir böladi.
Bir kişi “namoz öqi” degan kişiga: “Sen namoz öqib, nima orttirding, nima foyda körding?” –desa kofir böladi.
Bir kişiga “namoz öqi”, deyilganida: “ Ramazon oyi kelsin, öqiymiz, çunki ramazon oyidagi bir rakaat namoz boşqa oylardagi yetmiş rakaat namozning savobini berar ekan”, – desa u kişini kofirlikka yetaklaydi.
Rukuʼ va sujudning farz ekanligini inkor qilgan va azonni masxara qilgan kofir böladi. Ammo azon aytguvçi muazzinning şaxsiy feʼlini közda tutib masxaraomuz gap aytsa, unda kofir bölmaydi, gunohkor böladi.
Bir kişiga: “nega Qurʼoni karim öqimaysan?”- deyilganida, ”töydim” yoki “yoqtirmadim”, – desa kofirdir.
Bir kişi boşqa biriga: “Mushafning haqqini ol”, –desa kufrdir.
Törtinçidan, ilmga va odamlarga tegişli kufr sözlarni aytmaslik şart.
Bir olim kişi bir masala yuzasidan gapirib turganida yoki bir hadisi-şarif rivoyat qilayotganida: “albatta, bu pul uçundir!”, “bugun izzat va hurmat pulda, ilmda emas!”, – degan kişi kofir böladi.
Bir kişi yonidagi qöşnisiga jiddiy yoki hazil qilib: “turgil, ilm majlisiga boraylik”, – desa-yu, qöşnisi: “ularning aytganlarini kim qila olardi, ilm majlisidan menga nima foyda tegar edi?” – desa, kofir böladi.
Bir kişi boşqa bir kişiga jiddiy yoki hazillaşib: “ilm majlisiga borma, borsang, xotining taloq bölib, senga harom böladi”, –desa, uning özi kofir böladi. “Bir qozon göşt qovurdoq men uçun ilm majlisidan afzaldir”, – desa ham musulmon kişi kofirga aylanadi.
hukmlardan birini masxara qilgan kişi ham dindan çiqib kofir böladi.
Beşinçidan, turli xil mavzulardagi kufr sözlarni tilga olmaslik kerak.
“Iymon ortadi yoki kamayadi”, – desa kufr böladi. “Kofir jannatdami yoki dözaxdami?” – degan kişi esa kofirdir.
Bir kişi yana birisiga: “oxirat uçun dunyoni tark et”, – desa, u: “men naqdi turganda nasiyani nima qilaman?” – desa kofir böladi. “Halol rizq yegin”, – degan odamga “haromni haloldan köra köproq yaxşi köraman”, – deguçi ham kofirdir.
“Aroqni yoki boşqa mast qiluvçi içimliklarni juda yaxşi köraman, şularni içmasam yaşay olmayman” – degan kişi ham, “mast qiluvçi içkilik harom emas”, – degan kişi ham kofirdir. Çunki bu odam haromligi şarʼan aniq bölgan narsani halol, degani uçun dindan çiqadi.
Bir kişi bir musulmonni nohaq kufrda ayblasa özi kofir, xotini taloq böladi. Göşti yeyiladigan mollardan birini söksa, Imomi Aʼzam hukmiga köra, kofir böladi. Imomi Muhammad va Imomi Yusuf mazhablarida esa kofir bölmasdan, gunohkor böladi.
Bir kişining boşiga turli musibatlar tuşsa-yu, u Allohga “uyimni, bolamni, mol-u mulkimni, mansabimni olding, tağin nima qilmoqçisan, sening menga qilmagan işing qoldimi?” – desa kofir böladi. (Aslida u kişi Allohga “menga özing tözim bergin, ey yagona Allohim, ne qilsang ham özing Bilguvçi va Yaratguvçimsan, meni özing rost yölingga solgin”, – degani maqbul bölar edi).
Bir kişi kiçik gunoh qilib qöysa, unga imom masalani tuşuntirsa ham tuşunişni mutlaqo istamasa, “tavba qiling”, – desalar, “men nima ayb qildimki, tavba qilsam”, – degani uçun u kişi kofir böladi. Kiçik yoki katta gunohni halol, degan kişi ham kofir hukmida böladi.
Uşbu maqolamizda bilar-bilmas qilgan xato va kamçiliklarimiz sodir bölsa, Siz muhtaram gazetxonlarimizdan oldindan keçirim va uzrlar söraymiz.
Qodirbergan hoji Jumamurod öğli, tarixçi va islomşunos, mehnat faxriysi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶