26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 19:45
Maqolalar 👁 951

AMUDARYoLIK HAYITBOY ORTIQOV YaPONIYaDA TAHSIL OLMOQDA

AMUDARYoLIK HAYITBOY ORTIQOV YaPONIYaDA TAHSIL OLMOQDA

Odatda keksalarimiz oila qurayotgan yoshlarni duo qilganlarida: “uvali-juvali boʻlinglar, es-hushli, solih farzandlarning ota-onasi boʻlinglar”, deyishlariga unchalik eʼtibor qilmaymiz. Aslida inson oila deya atalguvchi muqaddas qoʻrgʻonni bunyod etib, tinch-osoyishta turmush kechirsa, dunyoga keltirgan farzandlarini odobli, ilmli, hayoli va mehrli qilib voyaga yetkazsa, bu – ulkan baxt emasmi? Axir har birimizning ham orzu-umidlarimiz farzandlarimiz kamoli bilan bogʻliq-da.

Shu maʼnoda qaraydigan boʻlsak, Boʻzyop ovulida yashaydigan 49-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Rahmatulla Ortiqov va uning rafiqasi Gulnora Xudoyberganovalarni oʻz hayotidan mamnun ota-onalar deyishga haqlimiz.

Ular besh nafar farzandni el-yurtga munosib oʻgʻil-qizlar qilib voyaga yetkazishdi. Ayniqsa, Hayitboy erishayotgan yutuqlardan ularning koʻngillari faxr-u iftixorga toʻladi.

Hayitboy 49-sonli umumtaʼlim maktabini aʼlo baholarga tugatgach, 2004-yili Oʻzbekiston Milliy universitetining biologiya fakulteti, tuproqshunoslik-kimyogarlik boʻlimiga oʻqishga kirdi. Bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan tugatib, davlat granti asosida magistratura bosqichiga oʻqishga kirdi.

U magistraturada oʻz sohasi boʻyicha chuqur bilim olish bilan bir qatorda nemis, ingliz tillarini oʻrganishga kirishdi. Maqsadi – oʻz sohasi boʻyicha dunyo tajribalarini va bilimlarini chuqur oʻrganish tufayli salohiyatini oshirish, tuproqshunoslik-agrokimyogarlik sohasida ilmiy izlanishlar olib borib, oʻz natijalari bilan ilm-fanimiz rivojiga hissa qoʻshish edi. Shu niyatda magistraturani ham muvaffaqiyatli tamomlab, oʻzi oʻqigan fakultetda ilmiy faoliyatini boshladi. Oradan 2-yil vaqt oʻtib, 2012-yilda Chexiya davlati tomonidan ajratilgan grant asosida oʻqish uchun imtihon topshirdi. Uning bu urinishi muvaffaqiyatli boʻldi – Praga Agrar universitetida bir yil ikki oy muddatda oʻz sohasi boʻyicha bilimlarini yanada boyitib qaytdi. Bu uning ilmiy izlanishlarini yana ham yuqori darajada olib borishiga imkon yaratdi.

Oʻqish-oʻrganishdan, ilmiy tadqiqot ishlaridan charchamaydigan, balki oʻziga xos zavq oladigan katta ilmiy xodim Hayitboy joriy yilda Yaponiya hukumatining JDS (Japan Development Scholarship) loyihasi doirasida har yili begʻaraz yordam sifatida ajratiladigan grantini yutib oldi. Endi u Tokio qishloq xoʻjaligi va texnologiyasi universitetida ikki yil taʼlim olish baxtiga muyassar boʻldi.

– Bu biz uchun kutilmagan voqea boʻldi, deya olmayman. Chunki oʻgʻlim oʻz ilmiy izlanishlari tufayli erishayotgan natijalarini dunyo ilm-fani yutuqlari bilan boyitishni, ilgʻor tajribalarni oʻrganishi lozimligini aytgandi. Bunday imkoniyatni grant tufayli qoʻlga kiritganiga juda quvondim, – deydi otasi Rahmatulla Ortiqov.

Ha, izlagan imkon topadi, deyishlari bejiz emas.

Hayitboy Ortiqov oʻz ilmiy salohiyati tufayli qoʻlga kiritgan Yaponiyada ikki yillik tahsil olish imkoniyatidan ham yurtimiz ilm-fani rivoji uchun unumli foydalanadi, deb umid qilamiz.

Aslida Hayitboyning niyati shunday. U oʻz maqsadi yoʻlida shu yilning 29-avgustida Tokioga joʻnab ketdi va hozir tahsil olishni boshlab yubordi.

Biz yurtimizning sergʻayrat va ilm olishdan charchamaydigan, izlanuvchan, yuksak orzular bilan Yaponiyaga yoʻl olgan umidli oʻgʻloniga ulkan muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

Suratda: H.Ortiqov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026