26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 19:45
Maqolalar 👁 830

EL-YuPTGA MEHP BEPIB...

EL-YuPTGA MEHP BEPIB...

Xatira serfarzand oilada dunyoga keldi. Oʻzidan katta besh nafar opa-akalari va kenjatoy Bahromjon ukasi Xatiraning nazarida uning uchun mehr chashmalari edilar. Butun umrini bunyodkorlik ishlariga bagʻishlagan otasi Bekmurat ota garchi, qurilish tashkilotida taʼminotchi lavozimida ishlasa-da, oʻta kitobxon, maʼnaviyatli inson edilar. Ishi qanchalik tigʻiz boʻlmasin farzandlarining taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor bilan qarar, uy bekasi boʻlgan onasi Shukurjon opaga bolalarining boʻsh vaqtlarida nima bilan mashgʻul boʻlishlarini jiddiy nazorat qilishni tayinlar edi. Shundanmi, Bekmurat ota va Shukurjon opa tarbiyasini olgan farzandlarining barchasi oliy maʼlumotli, baʼzilari zukko olim, rahbar xodimlar darajasiga yetishdilar. Xatiraxon esa...

Xatira Oʻtemuratova bolaligidanoq oʻzining intiluvchanligi, epchilligi, har qanday qiyin vaziyatlarda ham bosiqlik bilan ish yuritishi bois, hayotda ham, oʻzi ishlaydigan jamoada ham obroʻ-eʼtibor qozondi. U oʻqib, oliy maʼlumotli boʻlish uchungina emas, balki oʻzi tanlagan kasbning fidoyisi boʻlish uchun tirishdi. Dastlabki mehnat faoliyatini oddiy ishchi boʻlib ishlashdan boshlagan Xatira bir yil davomida oʻz ustida ishladi, tinimsiz oʻqidi. Mehnatlari zoye ketmadi 1984-yilda oliygoh talabasi boʻldi. Bilimga chanqoq qiz uchun talabalik davri biri-biridan zavqli onlarni hadya etdi.

Talabalikda orttirgan doʻstlari va tugʻishganlari ota-onasining vafotidan soʻng, Xatira Oʻtemuratova uchun haqiqiy suyanch togʻlari, yaqin maslahatgoʻylariga aylanishdi. Atrofidagilarga, el-yurtga oʻz ezgu ishlari bilan koʻmakdosh boʻlishni, yaxshi-yomon kunlarida qayishib yashashni, har yaxshidan yaxshilik topib, qiyinchiliklar oldida sabr-toqat bilan ezgulik izlashni u ana shu mehribonlari davrasida oʻrgandi. Oʻz shaxsida shakllangan bu fazilatlari hayotda ham, ish faoliyatida ham uni tobladi, xalqqa yaqinlashtirdi.

Mana, necha yildirki, Xatira Oʻtemuratova xalq orasida, xalq tashvishlari, sogʻligi, farzandlar barkamolligi yoʻlida faoliyat yuritib keladi. Nukus shahridagi 34-sonli, keyinchalik tumanimizdagi 40-sonli umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarga dars bergan kezlarida ham, 2008-yildan to shu kungacha “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuman tayanch punkti direktori sifatida faoliyat yuritayotganida ham Xatira hamisha bir ezgu maqsad uchun intiladi – tumanimiz xalqi, ayniqsa, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, har bir oilada jismoniy sogʻlomlik muhitini yaratish!

Ana shu ezgu maqsad roʻyobi uchun Xatira tinib-tinchimaydi. Mahallalarda, tumanimizning chekka ovullarida yashovchi nogironligi boʻlgan kishilar, tugʻma nuqsonli bolalar holidan xabar olib, ularga xorij kompaniyalari, mamlakatimizda faoliyat yurituvchi yirik sarmoyadorlar tomonidan jamgʻarma hisobiga yoʻnaltirilgan xayriya mablagʻlari, shuningdek, xayriya qilingan ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan yordam koʻrsatadi. Turli xorijiy tashkilotlar, tuman hokimligi va tuman Tibbiyot birlashmasi, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan hamkorlikda targʻibot tadbirlari oʻtkazadi.

– Ana shunday targʻibot tadbirlari asnosida bemor, anchayin imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz uchun reabilitatsiya markazlarida davolanishlariga iloji boricha imkoniyat yaratib berishga harakat qilamiz, – deydi Xatira Oʻtemuratova. – Chunki bizning ishimizda xalq sogʻligi eng oliy darajali ish. Xalq sogʻlom boʻlsa, jamiyat sogʻlom boʻladi, mamlakatda taraqqiyot boʻladi.

Xatira nafaqat ishda, balki oilada ham mehribon ona, fidoyi rafiqa, jonkuyar beka. Umr yoʻldoshi Shavkat Mahmudov “UzKorGaz Chemikal” qoʻshma korxonasi boʻlim boshligʻi, katta oʻgʻli Jasur Zaripov Oʻzbekiston Pespublikasi Madaniyat vazirligi kadrlar boʻlimi boshligʻi, ikkinchi oʻgʻli Temur Zaripov Madaniy meros obʼektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi, yana bir oʻgʻli Mahmudjon Zaripov esa Oʻzbekiston Pespublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi qoshidagi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi bosh mutaxassisi, kenja oʻgʻli Islom umumtaʼlim maktabining eng aʼlochi oʻquvchisi.

Xalqimizda bir hikmatli ibora bor: “Mehnat qilgan elda aziz”, deydilar. Oʻz mehnati bilan el ichra hurmatga munosib ayol, “Oʻzbekiston Pespublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni sohibasi Xatira Oʻtemuratovaning hayotida yaqinda quvonchli voqea yuz berdi. Oʻzbekiston Pespublikasi Mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Prezident Farmoniga koʻra “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

– Davlatimizning bu yuksak mukofoti menga yanada kuch-gʻayrat bagʻishladi, – deydi Xatira samimiyat bilan. – Sogʻlom va barkamol avlod taʼlim-tarbiyasi, baxtli kelajagi yoʻlida bilim va tajribamni baxsh etib yashashga undadi.

Biz ham Xatira Oʻtemuratovani yuksak mukofot bilan tabriklaymiz hamda ezgu ishlarida yutuqlar tilaymiz!

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026