21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 17:00
Adabiyot 👁 3,843

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

IFORI TARONA

(Chokar gʻazaliga muxammas)

E, goʻzal jonim, mohi tobonim,

Shakkarafshonim, shirin zabonim,

Sursam davronim, keldi zamonim,

E, mehribonim, mohi jahonim,

Xurshidi sonim, oromi jonim.

Sohibi qudrat yaratmish xilqat,

Bir komil fitrat, bir pari surat.

Menda ne jurʼat, Senda ne siyrat –

Shamshodi qomat, xurshidi talʼat,

Koni latofat, sarvi ravonim.

Koʻrsam ahyonda, hislar tugʻyonda,

Koʻzim giryonda, loldir zabon-da,

Qolsam ziyonda, oʻtsam armonda,

Sendek jahonda mahvash qayonda

Yoʻqdir makonda budur gumonim.

Karam et kam-kam, aylama mulzam,

Qultum suvi ham men uchun zam-zam,

Etmasang malham haddimdur barham,

Sen bila hamdam boʻlmasam birdam,

Koʻyingda oʻlsam, boʻyningda qonim.

Izn oʻzingdin, yursam izingdin,

Changu toʻzingdin, xonman soʻzingdin,

Xilvat tuzingdin, shakkarezingdin,

Qosh-u koʻzingdin, shirin soʻzingdin,

Oydek yuzingdin aylansin jonim.

Har shomu sahar xayoling rahbar,

Iddaong magar – boshima afsar,

Chust aylab kamar Tursun safarbar

E, mohipaykar, xurshidi anvar,

Men senga Chokar, sarvi ravonim.

Tursunboy Abdullayev.

Dadamni eslab...

Doʻstlaringiz yurganida yurolmay,

Bu dunyoda baxtli davron surolmay.

Armon qilib, boʻyimizni koʻrolmay,

Oramizdan erta ketgan dadajon.

Ekin ekib hosilini terolmay,

Orzu qilgan toʻylarimiz berolmay.

Nevarangiz qiziqlarin koʻrolmay,

Oramizdan erta ketgan dadajon.

Ayta olmay qolgan ne bir soʻzingiz,

Koʻz oldimdan ketmas bosgan izingiz.

Yetim boʻlib oʻsdi oʻgʻil-qizingiz,

Qaytib kelmas boʻlib ketgan dadajon.

Koʻzlarim izlaydi, topolmas, tolar,

Sogʻinib yuragim dardlarga toʻlar.

Dasturxon yoniga kelsak, barimiz,

Oʻrningiz boʻsh koʻrib koʻzimiz tolar.

Men qoʻshiq kuyladim, qoʻlimda sozim,

Dadajon, qanchalab men sheʼrlar yozdim.

Axir Siz qoʻlimga qalam tutqazgan,

Dadajonim mening – aziz ustozim.

Aydos Ibodullayev.

 

OILAM

Dadajonim, dadajon,

Siz judayam mehribon.

Quvontirib yurasiz,

Boʻlaman doim shodon.

Oyijonim, oyijon,

Siz tanhosiz chiroyda.

Sizdagi xislatlar yoʻq,

Qarang, hattoki oyda.

Opajonim, opajon,

Boʻlay oqila singil.

Aytganingiz qilaman,

Yumush boʻlsa har qachon.

Akajonim, akajon,

Bittagina jonajon.

Ishin bilib qiladi,

Hammamizga mehribon.

Yana bitta opam bor,

Erkaligim koʻtarar.

Oilada men kenja,

“Kichkintoy” deb suyarlar.

Muxlisa RAJABOVA, 12-maktab oʻquvchisi.

 

Tadbirkorlik zamoni keldi

Mehnat qilib, bogʻlar yaratib,

Dovrugʻini elga taratib,

Dunyo ahlin oʻzga qaratib,

Ishlashning bir imkoni keldi,

Tadbirkorlik zamoni keldi.

Qoʻlga olib butun imkonni,

Boʻlmasin deb xor-u zorlikni,

Oʻrganing deb tadbirkorlikni,

Yurtboshimning farmoni keldi,

Tadbirkorlik zamoni keldi.

Sogʻlom turmush tarzini koʻzlab,

Insonlarning dardini soʻzlab,

Boy boʻlishlik sirlarin izlab,

Yashamoqning davroni keldi,

Tadbirkorlik zamoni keldi.

Bir narsani ikki qilay, deb

Topganingni yurgin halol yeb.

Moʻldan boʻlsin sandigʻingda zeb,

Davrning omon-omoni keldi,

Tadbirkorlik zamoni keldi.

Oʻylab bugun barcha yoshlarni,

Termulgan shu qalam-qoshlarni,

Bilaklari ezar toshlarni,

Yoshlarning zoʻr imkoni keldi,

Tadbirkorlik zamoni keldi.

Tursunboy Doʻschanov.

 

Ey oʻgʻlon

Tunda yurma kunduz yur,

Oʻgʻri boʻlma toʻgʻri boʻl.

Birovga choh qazima,

Adashmagin, halol boʻl.

Vatan tanho, yagona,

Taʼzim qilgin tuproqqa.

Bobolardan meros bu,

Asra koʻz-u qaroqda.

Toʻgʻri yoʻldan yur doim,

Maslahatim koʻp senga.

Yoshgina umring xazon,

Boʻlmasin aro yoʻlda.

Xazon boʻlma, yanchilma,

Maysadek ungin-oʻsgin.

Daraxt boʻlgin bogʻlarda,

Shirin mevalar bergin.

Nomaʼlum kimsalarga,

Ixtiyoring bermagin.

Aldamchi koʻchalarga,

Kirib xor-zor boʻlmagin.

Oʻqi, izlan, ol saboq,

Tengdoshlardan ol ibrat.

Tonglaring boʻlgay porloq,

Marra seniki, albat.

Zuhra Ahmedova.

 

KAPALAK

Kapalak, hoy kapalak,

Qanotlaring kamalak.

Tutolmasdan men seni,

Boʻldim-ku juda halak.

Endi tutdim, deganda,

Yana uchib ketasan.

Gullarimga qoʻnib sen,

Goʻzal chiroy berasan.

Fazilat Hayitboyeva,

31-maktab oʻquvchisi.

 

HAYoT

Hayot beshafqatdir, dardlarga toʻla,

Kimga qaygʻu, kimning omadi kular.

Baxt ham, baxtsizlik ham keladi qoʻsha,

Sinov, mashaqqatli biz yurgan yoʻllar.

Men-chi, ulkan yoʻlning boshida turgan

Bandaman: Oʻzingdan kutaman najot.

Atrofimda izgʻib, payt poylab yurgan

Balolardan omon, saqlagin hayot!

Shahrizoda Muhammadjonova,

30-sonli maktab oʻquvchisi.

 

TILAK

Koʻcha yuzin supurar yigit,

Tozalovchi u, adashmasam.

Mashinada loyni sachratib,

Bir boyvachcha oʻtar toʻsatdan.

Yigit shoʻrlik tutaqib ketar,

Qahri kelib qaynaydi qoni.

Hech kimsa yoʻq uni ovutar,

Soʻkar nogoh, bir kam dunyoni.

Yuragimni ezib borar gʻam,

Borib uni yupatgim kelar.

Supurgisin olib qoʻlidan,

Hayot qadrin anglatgim kelar.

Shu bolaning koʻnglidayin sof,

Mening ushbu aytar tilagim:

«Boyvachchaning oʻgʻliga insof,

Shu yigitga omad ber, Tangrim!”

Aziza MADRAHIMOVA.

 

ONAJONIM

Onajonim, aziz volidam,

Mehribonim suyanchigʻimsiz.

Koʻzlarimga nursiz har bir dam,

Munis onam, siz dilkashimsiz.

Bolaligim qoʻmsayman mudom,

Alla aytgan chogʻlaringizni.

Boʻylarimdan aylanib doim,

Erkalatgan onlaringizni.

Sochlarimni ohista tarab,

Mayda qilib oʻrib qoʻygansiz.

Betob boʻlsam boshimni silab,

Parvonalar boʻlib turgansiz.

Ilm oldim, kasbim ham bordir,

Oʻgʻil-qizim, yorim ham bordir.

Onajonim, siz bilan menga,

Baxt-u shodlik hamisha yordir.

G.Bozorboyeva,

73-maktab oʻqituvchisi.

 

DOʻSTIMGA

Mening bitta doʻstim bor,

U judayam mehribon.

Yuragida oʻt-olov,

Yengolmaydi bizni yov.

Uning ismi Shohinur,

Judayam mehribon qiz.

Birgalashib ikkimiz,

Boʻlamiz katta yulduz.

Bor boʻlsin doʻstlar har on,

Doʻstsiz qolmasin inson!

Shohinay ShOMURODOVA.

 

Oʻksitma, bu oʻksik qalbimni

Ortingdan ergashgan soyangdirman men,

Qochmoqqa hech imkon topolmassan sen.

Hadya et menga yor, bitta tabassum,

Gʻamlarim qalbimdan butkul yoʻqolsin.

Orzular ummoni ichra yashayman,

Jonimdan ortiq yor, sevsam netay men.

Kel endi yonimga bir zum boʻlsa ham,

Sensiz bu dunyoning doim biri kam.

Qalbimda muhabbat chaqmogʻi chaqar,

Yurakni bu sevgi azoblab yoqar.

Koʻzimdan daryodek yosh qaynab oqar,

Oʻksitma bu oʻksik qalbimni sen ham.

Oysanam Tilovmurodova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026