Tumanning eng yaxşi qaynona-kelinlari aniqlandi (+video)
Yurtimizda ayollar tadbirkorligi va oilaviy tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantiriş va moliyaviy qöllab-quvvatlaş böyiça kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, tuman Xotin-qizlar qömitasi, tijorat banklari tuman filiallari, tuman iqtisodiyot va hududni kompleks rivojlantiriş bölimi, “Tadbirkor ayol” uyuşmasi tuman filiallari xamkorligida boşlanğiç bosqiçlarda turgan, endi iş boşlayotgan xotin-qizlarga tadbirkorlikni örgatiş maqsadida turli öquv kurslari taşkil qilinib, yaqindan yordam körsatilmoqda.
Bu yönalişdagi işlarni davom ettirgan holda 24-sentyabr kuni 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida “Mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli” tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi.
Tadbirda tuman Xotin-qizlar qömitasi boş mutaxassisi Gavhar Çimbayçiyeva, “Oila” ilmiy amaliy markazi tuman bölimi rahbari Gulşoda Yusupova, “Tadbirkor ayol” uyuşmasi tuman bölimi rahbari Nilufar Davletova, tuman madaniyat uyi mutaxassisi Nasiba Eşçanova, tadbirkor ayol-qizlar, xotin-qizlar bilan işlaş va oilalarda maʼnaviy axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassislar, mahalla faollari iştirok etdilar.
Taşkiliy qömita maxallalarda xotin-kizlarning bandligini taʼminlaş maqsadida tanlov Nizomi asosida har bir mahalladan bittadan eng yaxşi deb topilgan biznes loyihani örganib çiqdi va tuman işçi guruhiga taqdim etdi. Tuman işçi guruhi tomonidan biznes loyihalar tanlov Nizomi asosida puxta örganildi, 9 nafari tuman bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi.
Tuman bosqiçi natijalariga köra Qişloq xöjaligi sohasida mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli yönalişida 1-örinni Qanglilik ovulida boğdorçilik bilan şuğullanayotgan “Yöldoş ota” fermer xöjaligi rahbari Gulasal Sobirova, Servis sohasida mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli yönalişida 1-öringa Yangiobod mahallasida yaşovçi “Dilrabo” gözallik saloni rahbari Dilrabo Örazmetova, Işlab çiqariş sohasidagi mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli yönalişida 1-öringa Gulzor mahallasida yaşovçi, qandolotçilik bilan şuğullanayotgan Raʼno Atajanovalar egalladi.
Ğoliblar tuman Xotin-qizlar qömitasining faxriy yorliği va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Şu kuni “Eng yaxşi qaynona-kelin” körik-tanlovining ham tuman bosqiçi ötkazildi. Unda iştirokçilar oila aʼzolarining mehnat faoliyati, tadbirkorligi va tejamkorligi, xonadon obodligi, tomorqadan foydalaniş madaniyati borasida amalga oşirilgan ijobiy işlar tarğib qilindi. Ikkinçi şartda iştirokçilar xotin-qizlarning oilani mustahkamlaşdagi örni, oilaga sadoqati va hayotdagi boşqa holatlar böyiça savollarga javob berdilar. Uçinçi şartda esa oiladagi qaynona yoki kelinning alla aytiş mahorati sinovdan ötkazildi.
Natijalarga köra, Daryo böyiça mahallasida istiqomat qiluvçi Raʼno Yöldoşeva va uning kelini tumanning eng yaxşi qaynona-kelini deb eʼtirof etildi.
Ikkinçi örinni Bosuv mahallasi va Böz yop ovullaridan taşrif buyurgan qaynona-kelinlar, uçinçi örinni esa Arna böyi va Özbekiston mahallalarida istiqomat qiluvçi qaynona-kelinlar egalladi.
Tanlov ğoliblari taşkilotçilarning faxriy yorliği va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶