Tumanda mahalliy byudjet hisobidan ikkita maktab filiali binosi yangidan qurildi (+video)
Maktab – yoş avlod taʼlim va tarbiya oladigan, ularga mustaqil hayot sari yöl körsatib, kamolga yetkazadigan uluğ dargohdir. Bu dargohda özligini tanib, maqsadini topgan insonlar ilm-fan, iqtisodiyot, texnologiya kabi köplab sohalar rivojiga hissa qöşiş bilan birga jamiyatni ham taraqqiyot sari yetaklaşmoqda. Taraqqiyot sari ildam borayotgan mamlakatimizda şu bois taʼlim tizimiga uni rivojlantirişga, yetarli şaroit yaratilib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanişiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Tumanimizda ham bu borada amalga oşirilayotgan islohotlar soha rivojiga xizmat qilmoqda. Taʼlim maskanlari binolari qayta taʼmirlanib, zamonaviy qiyofaga keltiriliş bilan birga şaroitlari ham yaxşilanmoqda. Tumanning çekka hududlarida joylaşgan maktablargaça taʼmirlaş işlari olib borildi va taʼlim oluvçilarga foydalanişga topşirildi. Sönggi davr mobaynida esa qayta taʼmirlaş işlari olib borilişi bilan birga, maktab uçun yangi binolar ham qurildi.
Çoyköl ovuli “Toza qalʼa” aholi punktidagi 1962-yilda qurilgan 59-sonli umumtaʼlim maktabi 2013-yilda kapital taʼmirlangan bölib, 120-öringa möljallangan mazkur maktabda 204 nafar öquvçiga 30 nafar malakali öqituvçilar taʼlim berib kelinmoqda.
Qayta taʼmirlaşdan söng, maktab şaroiti yaxşilandi. Ammo aholi soni ortayotgani bois öquvçi köpayayotgani hamda quyi sinflarga ovulning çekka joylaridan qatnab öqiyotgan bolalar masofa uzoqligidan qiynalişayotgani sababli maktabga qöşimça bino qurişga katta ehtiyoj sezilayotgan edi. Mana şu ehtiyojdan kelib çiqib, maktab uçun filial taşkil qiliş rejalaştirildi va şunga muvofiq, şu yilning may oyida bino qurilişi boşlab yubrildi.
Mahalliy byudjetdan ajratilgan 62 mln. 900 ming mablağ evaziga “Amuqurilişdizayn” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan qurilgan 59-sonli maktab filiali binosi qisqa muddat içida qurilib, sentyabr oyida işga tuşirildi. Maktab olislik qilayotgan, ovul çekkasida yaşovçi aholiga möljallab qurilgan mazkur filialga boşlanğiç sinflar joylaştirildi.
- Bu aholi uçun ayni muddao böldi - , deydi 59-sonli maktab filiali boşlanğiç sinf öqituvçisi Töti Eşçonova. – Şinam va issiq xonalarda taʼlim olayotgan bolajonlarimizning ham quvonçi çeksiz. Har birimiz mana şunday şaroitlar, imkoniyatlar yaratilayotganidan juda minnatdormiz. Biz, albatta, bularni öqiş va işdagi yutuqlarimiz bilan oqlaymiz.
Ayni paytda 1-4-sinflar öqitilayotgan filialda 16 nafar öquvçi taʼlim olmoqda. Samarali taşkil etilgan öquv jarayonlari yangi uslublar, pedagogik texnologiyalar asosida olib borilmoqda. Öquvçilar rus, ingliz, qoraqalpoq tili, tabiat, mehnat, odobnoma, tasviriy sanʼat, musiqa fanlarini Töti Eşçonova, Olimjon Jumatov, Saʼdulla Şomurodov, Gözal Ötaboyeva, Hamid Karimov, Dilorom Sultonova, Dilbar Pahimova, Örozbika Bobojonova, Ismoil Xöjaboyev kabi malakali öqituvçilar yordamida özlaştirişmoqda.
Kuyuk köpir ovulining “Qizilçoli” mahallasida ham tuman mahalliy byudjeti hisobidan 9-sonli maktabning filiali uçun yangi bino qurilib, qisqa muddat içida foydalanişga topşirildi. “Amuqurilişdizayn” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan 156 mln. söm mablağ evaziga qurilgan binoda ayni paytda 1-4-sinflarda 68 nafar öquvçi ilm örganmoqda. Ularga boşlanğiç sinf öqituvçilari Dilbar Örinboyeva, Tursunoy Maşaripova, Davlatboy Otajonov, Maqsuda Matkarimovalardan taşqari, fan öqituvçilari ham taʼlim-tarbiya berib kelişmoqda.
- Bizning 9-sonli umumtaʼlim maktabimiz binosi 1980-yilda qurilgan bölib, 2008-yilda qayta taʼmirlandi. Ötgan davrda ovuldagi aholi ozligiga köra, kam sonli öquvçiga möljallab qurilgan binoga bugungi kunda soni tobora ortayotgan öquvçilarimizni joylaştiriş qiyinçilik tuğdirayotgan edi. Bunga alohida eʼtibor qaratilib, maktab filiali taşkil etilgani va tez fursatlarda bino ham qurilib ixtiyorimizga topşirilganidan, yaratilgan qulaylikdan nafaqat biz balki, butun ovul ahli minnatdor, - deydi mamnuniyat bilan maktab direktori Xayrulla Ötegenov.
Atrofi ham obodonlaştirilgan yangi filial maktablardagi şinam sinflarda tahsil olayotgan, darslarni özlaştirayotgan öquvçilarning ruhlari baland. Ertaga mamlakat kelajagini yaratiş masʼuliyati zimmasida turgan yoş avlod munosib bölib kamolga yetiş uçun bugungi kundagi imkoniyatlardan foydalanib, çuqur bilim olişga intilmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶