Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda
Tumanning çekka hududida yaşovçi aholi xonadonlari tabiiy gaz yetkazib beriş imkoniyati bölmaganligi sababli tabiiy gaz tarmoğidan ajratilgan. Ammo ular suyultirilgan maişiy gaz ballonlari bilan taʼminlangan. Tuman böyiça 25 ming 178 xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi. Tumangaz filialiga qaraşli “Xolimbeg Servis” markazi 7 ming 395 xonadonga, Kuyuk Kupir ovulidagi şoxobça 3 ming 996, Oq oltin ovulidagi şoxobça 3 ming 103, filial markaziy omborxonasi esa 5 ming 306 xonadonga xizmat körsatib kelmoqda. Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaşni yanada yaxşilaş maqsadida 2014-yilda “Amudaryo” gaz taqsimlaş punkti yangidan qurilib işga tuşirildi va undan ham hozirgi kunda aholi keng foydalanmoqda.
Ötgan yili aholi jami 2 ming 293 tonnadan ziyod suyultirilgan gaz bilan taʼminlangan edi. Mazkur yilda esa noyabr oyiga qadar 2 ming 231 tonna suyultirilgan gaz aholiga yetkazib berildi va ijaraga 2056 dona yangi maişiy gaz ballonlari ham tarqatildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶