Yaxşidan qolgan boğlar
Xalqimiz zakosi tufayli yaralgan gözal bir ibora bor: “Yaxşidan boğ qoladi!” Men bu iborani juda köp eslayman va haqiqatdan ham hayotda yaxşi insonlardan yaxşiliklar, şu barobarida boğ-roğlar, çamanlar qolganiga guvohman.
Mening bolalik davrim azim Qiliçboyning Dörman ovulida yaşovçi yaqin qarindoşlarim mehr-muhabbat çaşmalaridan bahramand ötgan. Garçi, ota-onam bilan Xitoy qişloğida yaşasamda, öquv yili davomidagi törtta çoraklik taʼtillarini Dörmanda, Yusufxöja bobom va momomning uylarida ötkazardim.
Qiliçboyning Dörman ovuliga eltuvçi yöl böyida saf tortgan azim teraklar, quyuq soya solgan qoratollarni körganmisiz? Xalqimiz tilida “Qiliçboyning terak qatori” degan atamaning qanday paydo bölganini bilasizmi?
Men har gal odamlar oğzidan şu sözlarni eşitganimda qalbim faxr-iftixorga töladi. Sababi, ana şu gözal tabiat manzarasining yaratuvçisi mening jonajon bobom edilar!
Bobom har kuni ertalab eşagiga zarur laş-luşlarni ortgança, özining taʼbiri bilan aytganda “iş joyi” – yöl böyiga otlanardilar. Erta bahordan to keç kuzgaça ana şu yöl böyiga terak, qoratol qalamçalaridan ekilgan nihollar parvarişi bilan band bölardilar.
Manzarali daraxtlar orasiga olça va qaroli köçatlarini ötqazardilar.
Şunda men:
– Bobo, bu daraxtlar meva qilsa, ularni kim terib oladi? – derdim hayron bölib.
– Yölovçilar terib yeyişadi, mana sen, sening jöralaring, ovul-el terib olaveradi, bolam. Muhimi, ekib-undirişda, – derdilar boşimni silab.
– Teraklar, qoratollar-çi? – hayronligim oşardi.
– Hay bolam-a, teraklar muhtojlarning tomboşini yopadi, qoratol xodalari uzumlarga zangi böladi, harna elga quvvat, kömakda, bolam...
Men har gal bobo yurtim – Dörman tomonlarga ötsam, har bir niholga girdikapalak bölib yurgan Yusufxöja bobom köz oldimga keladi. Bobomga heç kim şu işlarni qiling, demagan. U kişi öz istagi, xohişi, elparvarligi boisidan el ğamida mehnat qilganlarini ulğayganimda anglab yetdim. Yillar ötib, daraxtlar atrofga zeb berib, soya soldi. Mevali daraxtlarning şoxlari larzon meva tugdi. Teraklar muhtojlarning tomini yopdi, qoratol xodalari baland işkomlarga tirgak böldi. Olça, qaroli mevalaridan bahramand bölganlarning barçasi Yusufxöja bobomni yodga olib, haqlariga duo qildilar.
Bobomdan yuqqan odatim – özim qayerda işlasam, öşa joyga daraxt ekdim. Manğit şahri markazidagi “Manğit” MÇJ ofisi oldida ham möʼjazgina gulzorim bor. Gulzorga beş oltita topinambur köçatini ötqazganimdan beri 25-27-yil vaqt ötdi. Alloh rahmat qilsin, tumanimizning sobiq hokimi Rajabboy Yöldoşev mustaqillikning ilk yillarida ofisimiz oldida çamanday oçilib yotgan topinamburni körib söradilar:
– Oğa, bu gulingiz ajoyib ekan, nomi qanday? – dedilar qiziqib.
– Asli topinambur, buni xalqimiz kartoşkagul ham deydilar. Sentyabr oyida gullagani uçun men uni mustaqilligimizga qiyosan “mustaqillik guli”, deb atadim, – dedim.
– Juda ajoyib nom tanlabsiz, bu guldan hamma joyga, hatto yöl va ariqlar böyiga ham ekaveriş kerak, yer tanlamas ekan, – dedilar rahmatlik.
Rajabboy Yöldoşevning özi ham nihoyatda savobli işlarni yaxşi köradigan inson bölganidan har bir gözallikdan zavq olardilar. Şuning uçun ham u kişining ortlarida Amudaryoning sölim boğlari qoldi.
Bugungi yoşlarga har doim uqtiraman:
– Ezgulikka, yaxşilikka intilib yaşang, bir kuni unga yetişasiz va ana şu fazilat sizni elda aziz qiladi, – deyman.
Tursunboy AHMEDOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶