21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 15:02
Jamiyat 👁 723

OILA QÖRĞONINING OBODLIGI UÇUN FIDOYILIK KERAK

OILA QÖRĞONINING OBODLIGI UÇUN FIDOYILIK KERAK

Oila – Vatan içra möʼjaz Vatandir. Biz bu iborani kundalik hayotimizda juda köp takrorlaymiz. Çunki ona Vatanimizning har tomonlama taraqqiy etişini taʼminlovçi barça omillar ana şu möʼjaz göşa – oilamizga ham xos. Oilaning öz moliyaviy-iqtisodiy asoslari, boşqaruv tizimi, hatto öziga xos turmuş tarzini ifoda etuvçi içki qonun-qoidalari, xalqimiz taʼbiri bilan aytganda, tutumlari bor. Ana şu tutumlarga rioya etilmagan oilada heç qaçon fayz-baraka, xotirjamlik bölmaydi. Demak, bizning bugungi suhbatimiz mavzusi oila qadriyatlari va tumanimizda oila institutini şakllantiriş, bu möʼjaz Vatanda osoyişta va xotirjam hayot tarzini yaratişga kömaklaşiş borasida olib borilayotgan işlar xususida.

Tahririyatimiz mehmoni tuman FHDYo bölimi mudirasi Sanobarxon Xolboyeva.

– Sanobarxon, avvalo tuman FHDYo bölimi tomonidan bevosita xalq orasiga kirib borib, ayniqsa, yoş oilalarning muammolarini örganiş yuzasidan amalga oşirilgan işlar haqida bilgimiz keladi.

– Mamlakatimizda, şu jumladan, tumanimizda ham yoş oilalar bilan işlaşiş böyiça juda keng qamrovli işlar amalga oşirilayotgani quvonarli. Joriy yilning ötgan 10 oyi davomida bevosita mahallalar, IIB, taʼlim muassasalari, tuman Xotin-qizlar qömitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda 163 ta tarğibot tadbirlari ötkazildi. Xalq orasiga kirib borib, 7-marta sayyor qabullar taşkil etdik. “Oila dorilfununi”, “Yoş oila quruvçilar maktabi” jamoatçilik tuzilmalari va “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda taşkil etilgan öquv maşğulotlarida salkam 10 mingga yaqin yoşlar iştirok etişdi. Mahalliy va respublika OAVlaridagi çiqişlarimiz, uzviylik asosida olib borilgan öquv-tarbiyaviy maşğulotlarimiz öz samarasini berdi. 2018-yilning 10 oyi davomida 42 ta notinç oilalar yaraştirilib, bu oilalarda soğlom maʼnaviy muhit yaratişga kömaklaşildi.

– Şunday bölsada, tumanimizda nikohni bekor qiliş bilan boğliq holatlar 2017-yilga nisbatan oşgan, buning sabablari nimada deb öylaysiz?

– Avvalo, biz ajraşişga qaror qilgan oilalarning bunday nomaqbul töxtamga keliş sabablarini örganib, tahlil qilamiz. Iloji boriça er-xotinni yaraştirib qöyişga, örtada farzandlari bölsa, ularning tirik yetim bölişlarining oldini olişga intilamiz. Oilaviy ajralişlarning sabablari köpinça özaro kelişmovçilik, giyohvandlik, içkilikbozlik, er-xotinning uzoq vaqt birga yaşamasligidan kelib çiqayotganini taʼkidlaş kerak. Xususan, ötgan 10 oy davomida 91 ta oila nikohdan ajralişdi. Uşbu nikohdan ajraliş holatlarini tahlil qilib körganimizda, 5 nafari farzandsizlik sababli, FHDYo bölimiga bergan özaro kelişuv arizasi asosida, 47 nafari Fuqarolik işlari böyiça tuman sudining 2018-yilgi nikohni bekor qiliş haqidagi qarori asosida va 39 nafari fuqarolik işlari böyiça sudlarning ötgan yillarda çiqarilgan qarorlari asosida amalga oşirildi.

– Oilaviy ajralişlarning oldini oliş, otalik belgilaş masalalari qanday hal etilmoqda?

– Yuqorida aytganimdek, oilaviy ajralişlarni kamaytiriş maqsadida biz masʼullar bilan hamkorlikdagi tarğibot tadbirlariga alohida eʼtibor berayotirmiz.

Ayniqsa, yoş oilalarning huquqiy madaniyatini oşiriş, erta turmuş qurişning oldini oliş, yangi turmuş qurayotgan yoşlarni tibbiy körikdan ötkaziş borasidagi tuman “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, mahallalar va “Oila dorilfununi” jamoatçilik tuzilmasi, tuman Tibbiyot birlaşmalari bilan hamkorlikdagi amaliy işlarimiz öz samarasini bermoqda. Ötgan 10 oy içida 1335 ta nikoh qayd etildi. Tibbiy körik natijalariga köra, 16 nafar nikohlanuvçilarning kasalliklari aniqlandi va ularga davolanişga yöllanma berildi. Ayrim sabablarga köra, farzandlari qonuniy nikohdan ötmasdan oldin tuğilgan va bola tuğilgandan keyin FHDYo bölimiga nikohdan ötişga murojaat qilgan 261 nafar yoş ota-onalarning farzandlariga otalik belgilanib, tuğilganlik haqidagi guvohnomalar topşirildi. Qöşni Turkmaniston Respublikasidan kelin bölib tuşgan onalar, birinçi turmuşidan ajraşib, ikkinçi marta turmuş qurgan va farzandli bölgan onalarni yillar davomida qiynab kelayotgan muammo – farzandiga tuğilganlik haqidagi guvohnoma oliş masalalari ijobiy hal etildi.

– Razm solib qaralsa, tuman FHDYo bölimiga ajraşiş niyatida keluvçilarning köpçiligi 19-22, nari borsa 25 yoşlilar. Yoşlarimizning bunday qarorga kelişlarining asosiy sababi nimada deb öylaysiz?

– Sababi juda oddiy va arzimas xatti-harakatlar. Yoşlarda eng avvalo, sabr-toqat yetişmaydi, nihoyatda qanoatsiz. Oilalarda bölganimda köp bora ana şunday holatlarga duç kelganman. Bugungi yoşlar hamma narsasi badastir bölişini xohlaydilar. Ayniqsa, mol-mulk masalasida. Barça şaroitlarga ega uy-joy, maşina, başang kiyim-keçak. Axir bu moddiyatlar mehnat evaziga keladimi? Qandaydir möʼjiza bilan osmondan tuşmaydiku!

Xalqimizda şunday hikmat bor: “Ozga qanoat va sabr qilmasang, köpga yetmaysan”. Demak, tökin-soçin, fayzli hayot tarzini yaratiş uçun yillar kerak böladi. Sabr-qanoat, uddaburonlik kerak böladi. Yoşlarimiz ana şunday hayotga yetişmoqliklari uçun, öz oila qörğonining mustahkamligi uçun eng avvalo, fidoyi bölmoqlari zarur. Oila obodligi uçun fidoyilik esa baxtiyorlik sari qöyilgan ezgu qadamdir.

– Sermazmun suhbatingiz uçun taşakkur!

– Minnatdorman.

Suhbatdoş Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026