ÖzXDPning eng faol ayoli» körik-tanlovida faol ayollar saralandi


Amudaryo akademik litseyida 2018-yil 28-noyabr kuni «Özbekiston XDPning eng faol ayoli» körik-tanlovi bölib ötdi.
Uzbekiston XDP Qoraqalpoğiston Respublika Kengaşi raisi Xalilla Yeşimbetov, rais örinbosari Nokisbay Ğaniyev hamda UzXDP tuman Kengaşi raisi Maxsud Saʼdullayev, kengaşning masʼul xodimlari, akademik litsey öqituvçi va ökuvçi-yoşlari, partiya faollari qatnaşdilar.
Körik-tanlovni Uzbekiston XDP Qoraqalpoğiston Respublika Kengaşi raisi Xalilla Yeşimbetov oçdi va iştirokçilarni yaqinlaşib kelayotgan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi bilan tabrikladi hamda ötkazilayotgan körik-tanlovning maqsadi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyevning “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-5325-sonli Farmonida hamda Özbekiston XDP saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etişda partiya safidagi xotin-qizlar salohiyatidan samarali foydalaniş, yuksak siyosiy bilim va taşkilotçilik qobiliyatiga ega bölgan xotin-qizlarni aniqlaş, isteʼdod va qobiliyatlarini röyobga çiqariş, rağbatlantiriş, ularni partiya tizimiga jalb etiş, davlat organlari va hokimliklar tizimida turli lavozimlarga asosiy zahiraga kiritiş, şuningdek, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand xotin-qizlar muammolarini bartaraf etişning eng samarali usullarini aniqlab, ommalaştirişdan iborat ekanligi haqida qisqaça töxtalib ötdi.
Körik-tanlov iştirokçilari asosiy uç şart – xotin-qizlar muammosini hal etişning eng samarali yöli, siyosiy hozirjavoblik va erkin mavzular böyiça bellaşdilar.
№15-sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi Feruza Iskandarova, №31- sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi Dilora Azadova, №30-sonli maktab ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi Xurşida Reyimova, №27-sonli maktabining ximiya fani öqituvçisi Dilnoza Urozimbetovalar özlarining har tomonlama çuqur bilim va mahoratlarini namoyiş etdilar.
Barça şartlarni yuksak odob-axloq meʼyorlari asosida öta madaniyatlilik bilan bajargan №15-sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi Feruza Iskandarova birinçi örinni, №31-sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi Dilora Azadova ikkinçi örinni, №30-sonli maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi Xurşida Reyimova uçinçi örinni egalladilar. Körik-tanlov yakunida iştirokçi qizlarning barçasi qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.
M.Saʼdullayev, Uzbekiston XDP tuman Kengaşi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶