YILLAR ZAHMATIDA TOBLANGAN ŞIFOKOR
Bismillahir rohmanir rohiym!
Inson! U Yaratganning noyob möʼjizasi. Umri davomida ne-ne sinovlarni, baxtli, baxtsiz onlarni boşidan keçirmaydi, deysiz? Agar kimningdir hayoti şunday qiyinçiliklar va maşaqqatli mehnat bilan yöğrilgan bölsaçi, bunday inson öz umrining sarhisobidan, bosib ötgan hayot yölidan rozi böladimi?
Men Abdulla Sadatdinov haqida köp eşitganman va bu mehnatkaş insonni şaxsan oltmişinçi yillardan beri taniyman. Şu bois, tumanimiz şifokorlari haqida xotira kitobi yozişga kirişgan dastlabki kunlarimdayoq ana şu inson bilan atrofliça suhbatlaşdim.
Töğrisini aytsam, töqson yoşni qoralab qöygan bölsalarda, hali yetmiş yoşlardagidek körinadigan tetik, yuz-közlarini hanuz öziga xos nur, ğayrat va şijoat tark etmagan bu otaxon şifokor bilan suhbatlaşiş maroqli edi.
Suhbatimizning asosiy mavzusini tumanimiz tibbiyotining yarim asrlik tarixidagi turfa voqealar, rahbarlar, kadrlar va ularning iş faoliyatlari haqida Abdulla akaning jonli guvoh va soha ustozi sifatidagi şaxsiy fikr va mulohazalari taşkil etdi.
Abdulla Sadatdinov öz hayoti va mehnat faoliyatida neça minglab dardmandlarning dardiga davo, xasta insonlarga esa şifo ulaşgan qöli yengil şifokorlardan bölganligini amudaryoliklar yaxşi bilişadi. Uning köksida baʼzi bir insonlarga öxşagan qator-qator orden va medallar, davlat mukofotlari yöq. Biroq u özining 50-yildan köproq davr mobaynidagi halol mehnatlari bilan allaqaçon uni bilganlar qalbida özining maʼnaviy haykalini örnata olgan inson.
Abdulla Sadatdinov 1932-yilning 27-dekabrida Manğit şahrining Köhna qalʼa dahasida tavallud topganlar. Otasi Sadatdin bobo öz davrining xat-savodli, el nazariga tuşgan insonlaridan bölganliklari boisidan farzandlari Abdulla va Saʼdullalarning öqişiga va kasb tanlaşlariga öta jiddiy eʼtibor bilan qaraganlar.
Abdulla 1950-yilda Manğitdagi 1-sonli örta maktabning 10-sinfini aʼlo baholar bilan bitirib, şu yilning özidayoq Toşkent Davlat Tibbiyot institutining pediatriya kulliyotiga öqişga kiradi.
U 1956-yilda oliygohni muvaffaqiyatli bitirib, öşa paytlarda Xorazm viloyati tarkibida bölgan Manğit tumanining markaziy şifoxonasiga taqsimot hayʼatining yöllanmasi bilan işga kelib, terapevt-şifokor vazifasiga tayinlangan.
Oradan ötgan yillar içida uni rahbariyat qayerga işga yuborsa, öşa yerda sidqidildan işlayverdi, öqidi, örgandi, tajriba orttirdi va xalqning jonkuyari böldi. 1957-yildan markaziy şifoxonaga yuqumli kasalliklar şifokori qilib tayinlandi. 1961-yildan esa uni yangidan taşkil etilgan köz traxomasi dispanserining boş şifokori lavozimiga munosib körişadi. Öşa yillarda köz traxoma kasalligiga qarşi yoppasiga dispanserizatsiya usulida aholini emlaş tadbirlari respublika miqyosida ötkazilayotgan bir davr bölgan. Abdulla Sadatdinov dispanser rahbari sifatida keçayu kunduz tinimsiz işlaşiga, qöl ostidagi tibbiyot xodimlarini esa bir maqsad sari uyuşgan holda işga yönaltirişiga töğri kelgan. 1963-yilning oxirlarida bu fidoyi inson Y.Oxunboboyev nomli qişloq uçastka kasalxonasiga boş şifokor qilib işga yuboriladi. Öşa paytlarda bu uçastka kasalxonasi faqat nomigagina kasalxona maqomini olgan bölib, xöjalikning qarovsiz holatdagi eski, uç xonali zax binosida joylaşgan edi. Tez fursatlarda yoş va ğayratli boş şifokor kasalxona uçun şaroit yaratişni sörab tuman rahbarlari oldiga kiradi. Közlagan maqsadiga erişa olmagaç, hatto Respublika rahbariyatiga ham bu masalada yozma arznomalar qilib köradi. Öşa yillarda ana şunday jonkuyarlik va haqiqat uçun kuraşgan, töğri söz kadrlar mahalliy rahbarlarga mutlaqo yoqmas edi. A.Sadatdinov el-yurt manfaatini közlab qişloq joyda şifoxona binosi quriş masalasini kötarib çiqqanligi uçun ham mahalliy rahbarlarga yoqmay qolgan edi. Natijada şundan keyin aholi orasida tanilgan şifokor A.Sadatdinovni 1964-yilda hozirgi Çoyköl ovuli hududidagi qişloq uçastka kasalxonasiga boş şifokor qilib yuborişgan. Oradan köp vaqt ötmay, 1966-yilda tumanda yangidan taşkil etilgan kolxozlararo kasalxonaga boş şifokor qilib yuborişadi. 1967-yilning may oyidan esa unga sobiq Leninizm kolxozi hududidagi qişloq uçastka kasalxonasiga şifokor-venerolog sifatida buyruq tayyorlangan. Abdulla akani 1967-yilning iyulidan esa tuman Tibbiyot birlaşmasiga bölim boşliği qilib işga qaytarişadi. Keyinçalik 1969-yilning boşidan markaziy kasalxona rahbariyati tomonidan unga qarşi qöllanib kelingan davomli taʼqiblardan qutuliş maqsadida öz xohişi bilan tuman Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 1-bolalar boğçasiga şifokor bölib işga ötadi.
Bolalari ulğaygani sari Abdulla aka va turmuş örtoğining oylik maoşlari oila ehtiyojiga yetmay qola boşladi. Şuning uçun qöşnisi, maşhur yoğoçsoz usta Abdulla maxsumdan yoğoç qoşiq va tovoq tuzatiş sir-asrorlarini keksa şogird tezda örganib oldi. Böş vaqtlarida Abdulla aka bu iş bilan ham muntazam şuğullanib, bola-çaqalariga halol rizq topib berganlar va ularni oliy öquv yurtlarida öqitganlar.
U özi va oilasi uçun ham işladi, mehnatdan halol rizq-rözini izladi, birovdan tama qilmadi. Men Abdulla akaning boşiga tuşgan zahmatlarni, ehtimol, töla yoritib bera olmagan bölişim mumkin. Ammo keyingi yillarda mamlakatimizda inson haq-huquqlarining toptalişi va tahqirlanişlariga qarşi keskin va murosasiz kuraş olib borilayotgani köngillarga taskin beradi. Sababi Abdulla aka hayoti timsolida bir inson şaxsiyati yotganligini hisobga olsak, mehnat jamoasidagi hamkasblari, qolaversa, kasbdoş şogirdlari uning taqdiriga befarq qaragani kişini ajablantiradi, rahbarlarning esa voqealar tizimini xolisona baholaşdan köra loqaydligidan hayratlanamiz. Axir inson jamiyatda yaşar ekan, özi işlab turgan mehnat jamoasidan çetda qolişi mutlaqo açinarli bir holat. Bundan ham yomoni, tumanda maʼlum va maşhur tajribali şifokorning taqdiriga befarq qaralgani, hatto şu kungaça bayramlarda, tantanali kasb bayramlarida töqson yoşni qoralab qolgan bir aziz keksa şifokorni biron marta ham jamoat taşkilotlari yoki soha maʼmuriyati vakillari tabriklaşga, könglini kötarişga eʼtibor bermaganidir.
Biz tumanimiz tibbiyotining çinorlari haqida asar yozişni rejalaştirgan va tumanimizda bilimdon va fidoyi şifokor sifatida tanilgan faxriy tibbiyot xodimi bilan bir qalamkaş sifatida suhbatlaşişga borgan edik. Ammo uşbu soha faxriylarining bunday holatiga duç kelib, özimiz ham nihoyatda mulzam bölib qoldik.
Faqat muhim işlardagina haqiqatni aytiş va unga rioya qiliş şart, deb öylamasligimiz kerak. Hamişa, hamma yerda, hatto eng arzimas işlarda ham yolğonga yöl qöymay, haqiqatni aytmoq va unga qatʼiy rioya qilmoq lozim.
Gapning qisqasi, keksa avlodlarimizni hurmat qiliş va ularni eʼzozlaş, holidan xabar olib turiş bu – özbekona milliy qadriyatlarimizning ajralmas bir qismi. Bunga amal qiliş esa barçamizning muqaddas burçimizdir.
Qodirbergan hoji.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶