25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 00:18
Jamiyat 👁 576

Maqsadimiz – fuqarolarning Konstitutsiyaviy haq-huquqlarini himoya qilish

Maqsadimiz – fuqarolarning Konstitutsiyaviy haq-huquqlarini himoya qilish

8-dekabr – xalqimizning yangi tarixida unutilmas sana. Har yili shu sanada Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun mamlakatimiz boʻylab keng nishonlanadi.

Xalqchil va adolatparvar Qomusimizning 43-moddasida “davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini taʼminlaydi” deb belgilangan.

Oʻz faoliyatini shu yil aprel oyida boshlagan tuman Adliya boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va burchlarini tushuntirish, himoya qilinishini taʼminlash maqsadida tuman Xalq qabulxonasi, 4 ta sektor rahbarlari hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda sayyor qabullar oʻtkazilmoqda. Fuqarolarning huquqiy masaladagi muammolarini hal qilish boʻyicha birgalikda faoliyat olib borilmoqda.

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining tuman tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash masalalari boʻyicha maslahatlar berib kelinmoqda.

Tuman Adliya boʻlimi tomonidan shu kunga qadar jami 43 idora va tashkilotga 895 ta normativ-huquqiy hujjatlar elektron axborot almashish tizimi orqali yetkazib berildi. Natijada har bir idora rahbari oʻz yoʻnalishiga oid qonunlar haqida oʻz vaqtida xabar topib bormoqda.

Bundan tashqari, boʻlim tomonidan davlat organlari va tashkilotlari tuman tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish boʻyicha faoliyati yuzasidan 6-marta oʻrganish ishlari oʻtkazildi.

Jumladan, tuman Obodonlashtirish boshqarmasida oʻtkazilgan oʻrganish davomida 7 nafar xodimning oylik ish haqi oʻz vaqtida berilmaganligi aniqlanib, xodimlarning manfaatini himoya qilish maqsadida sudlarga oylik ish haqlarini undirish va yetkazilgan maʼnaviy zararlarni qoplash yuzasidan daʼvo arizalar kiritildi va fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan xodimlarning ish haqlari undirilib berildi.

Boʻlim tomonidan tuman Arxitektura va qurilish boʻlimi, Yer resurslari va davlat kadastri idoralarida oʻrganishlar oʻtkazildi. Tuman Xalq taʼlimi va Maktabgacha taʼlim boʻlimlari hamda Tibbiyot birlashmasida “Idora va tashkilotlar tomonidan oʻz xodimlarining oylik ish haqidan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar ushlab qolish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning ijrosi ahvoli yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazildi. Oʻrganishlar jarayonida 1300 dan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlandi. Yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarlik holatlari yuzasidan 20 nafar mansabdor shaxsga nisbatan tuman mehnat huquq inspektoriga va maʼmuriy sudlarga maʼmuriy takliflar berildi. Shuningdek, oʻtkazilgan oʻrganishlarning ayrimlari boʻyicha boʻlim va muassasalarga tegishli tartibda taqdimnomalar kiritildi.

Tuman Adliya boʻlimiga shu kunga qadar jami 123 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan boʻlib, shundan shikoyatlar soni 62 tani tashkil etadi. Mazkur shikoyatlarning 35 tasi boʻyicha tuman Maʼmuriy sudiga arizalar kiritilgan boʻlib, ular hozir koʻrib chiqilmoqda. Shuningdek, inson huquqlarini himoya qilishga oid 19 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularni oʻrganish jarayonida 5 ta holatda maʼmuriy takliflar berildi va tegishli tartibda 6 ta tashkilot mutasaddi xodimlari maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Boʻlimga kelib tushgan arizalar soni 32 tani tashkil qilib, ushbu arizalarni oʻrganish jarayonida 16 ta holatda tuman Fuqarolik ishlari boʻyicha sudiga arizalar kiritildi va daʼvo arizalari murojaat egalari foydasiga ijobiy hal qilindi.

Oʻtkazilgan sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan 112 ta holatda mehnat qonunchiligi buzilish holatlari bartaraf etilib, 2 ta tashkilot rahbariga maʼmuriy javobgarlik belgilandi. Tashkilotlar tomonidan 116 ta holatda ish haqini oʻz vaqtida bermaslik bilan bogʻliq qonun buzilishlar aniqlanib, Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudiga daʼvo arizalari kiritildi va jami 57 mln. 867 ming soʻm ish haqi sud qaroriga asosan undirildi.

Konstitutsiyamizning 45 moddasiga binoan voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgʻiz keksalarning huquqlari davlat himoyasida boʻlganligi sababli Adliya boʻlimi tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada boʻlim tomonidan tumanimizdagi tugʻilishi qayd qilinmagan bolalar monitoringi oʻtkazilib, fuqarolik sudlariga arizalar kiritildi. Sud tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarorlariga koʻra, bu bolalarga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari rasmiylashtirib berildi. Bu orqali bolalarning Konstitutsiyada belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa huquqlarini amalga oshirishga huquqiy zamin yaratildi.

Konstitutsiyamizda inson huquqlari, manfaatlari har narsadan ustun qoʻyilib, mustahkamlangan. Shu asosda ish olib borib, fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish esa biz – soha xodimlarining asosiy vazifamizdir. Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni 8-dekabr – Konstitutsiya kuni bilan qutlayman!

Moʻʼminjon Matyusupov,

tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026