TÖLQINDA ŞUNDAY OILA BOR...
Alloh Siz-u bizga ato etgan uluğ neʼmatlaridan biri tinçlikdir. U tufayli jannatmakon yurtimizda har jabhada yangilaniş va yuksalişlar bölayapti. Ertalabdan şoşa-pişa işga oşiqib ketayotgan odamlarga qaraganimizda, albatta, könglimizda havas tuyğusi uyğonadi.
Ertalabdan issiq non yopib,el-dasturxoniga tuhfa etib, mahalladoşlari olqişiga erişib odamlarning oğirini yengil qilayotgan Şukurullo aka va Robiğa Eşjanovlar oilasi haqida ham şunday deyiş mumkin. Sababi har kim öziga yaraşa hurmatga va eʼtiborga qançadan-qança mehnatlari orqali erişadi.
Ustoz deganimizda köz oldimizda öquvçilarga bilim beriş bilan birga odob-axloq örgatib, qalblarga mehr, quvonç ulaşayotgan, maʼnaviy yetukligi bilan boşqalardan ajralib turuvçi uluğ inson tuşuniladi. Umri davomida öqituvçilik kasbi bilan şuğullanib, bolalarga taʼlim-tarbiya berib, öquvçilarning sevimli ustozlari bölgan Şukurullo aka va Robiğa opa Eşjanovlar oilasi mahallada “Eng namunali oila” deb topildi va 2018-yilda ötkazilgan “Ibratli oila” körik-tanlovining tuman bosqiçida faxrli 3-örinni egallaşdi.
Şukurullo aka va Robiğa opa ikkovi ham öqituvçi bölib işlaşdi va 4 nafar farzandini öqitib, oliy maʼlumotli qilib el qatoriga qöşişdi. Şukurullo aka 32-maktabda direktor örinbosari lavozimida faoliyat yuritdi, rafiqasi Robiğa opa 33-maktabda 1984-yildan 2016-yilgaça öqituvçilik kasbini şaraf bilan ado etdi. Hozirda nafaqada bölsa ham tinib-tinçimagan bu mehnatkaş insonlar “Şukurullo ota” oilaviy korxonasini oçib, novvoyxona işga tuşirişdi. Mehmondöst, şirinsuhan bu oilaga kirsangiz, ularning biri-biriga izzat va hurmatini körib havasingiz keladi, ahil va inoqlik bilan qilinayotgan işning barakasi böladi, degan iboraning isbotini körganday bölasiz.
Eng katta farzand Nurbek oiladagi tadbirkorlikni boşqaradi. Oybek Toşkent Irrigatsiya va melioratsiya institutining bakalavr hamda magistratura bosqiçlarini tamomlab, mehnat faoliyatini boşladi. Qizi Sayyora esa uşbu institutning ekologiya mutaxassisligi böyiça bakalavr, magistratura bosqiçlarini tugatib, doktoranturada ilmiy iş olib bormoqda.
Oila fariştasi – Şukurullo akaning onasi 90 yoşga kirayotgan Jongil momo har lahzada farzandlarini, nevaralarini duo qilişdan çarçamaydi. Nafaqaga çiqib, oyoğini uzatib, dam olib ötiriş örniga öğli Nurbek bilan birga tadbirkorlikka ğayrat-şijoat bilan kirişib ketgan Şukurullo aka va Robiğa opalarning niyati özlarining şu möʼjaz qişloği odamlariga xizmat qiliş, duolarini olişdir.
Biz ham ularga işlaringizning barakasini bersin, deb tilab qolamiz.
Yulduz SAFARBOYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶