MENI TANLAYSIZMI, UNIMI?
Agar men uşbu savolni xohlagan bir döstimga bersam, yetmiş foizi, şubhasiz, uni tanlaşi aniq! Xöş, u nima, demoqçimisiz? U bugunda dunyoning 4 milliardlik qatlamini, Özbekistonning esa 20 million aholisini bitta doira atrofida birlaştirgan – “Xalqaro örgimçak töri” atalmiş internetdir.
Holbuki, bu global tarmoq hali aytganimday, insonlarni döstlaridan, yaqinlaridan ayirişgaça yetib kelibdimi, demak, unga yengil-yelpi qarab bölmaydi. Axir bugun, uşbu “örgimçak töri” iskanjasiga tuşib qolib, nafaqat döstidan, balki ota-onasidan, öz vatanidan voz keçib, odam savdosi-yu diniy oqimlar girdobiga ğarq bölayotganlar qança... Turli jangari öyinlar qurbonlari-çi?..
Bugungi kunda internetda 20 mingga yaqin buzğunçi va dinni notöğri tarğib qiluvçi saytlar mavjud. Yoşlarning ongini zaharlab, qimmatli vaqtini öğirlayotgan internetdagi turli öyinlar ham kundan-kun bolalab ketayapti. Şulardan eng xavflilari - “Kök kit”, “Momo” va boşqa şu kabi öyinlardir. Birgina mana şu “Momo” öyini sabab 2018-yilning iyul oyigaça Rossiyada 130 nafar ösmir öz joniga qasd qilgan...
Endi öylanib qolasan kişi, internet hayotimizni egallab olgan rivojlaniş darakçisimi yoki çeklanilişi lozim bölgan fojia!?
Yöq, menimça bu ikkala fikr ham notöğri. Biz unga yigirma birinçi asr “dastyori” deya aniq bir maqtov taʼrifini berolmaymiz. Va şuningdek, undan voz keçib, ön töqqizinçi asr odami ham bölolmaymiz. Eng maqbul javob esa internet foydalanuvçilarining foydalaniş madaniyatiga boğliq. Axir u jamiyatdagi barça jabhalarda yetakçi kuçga aylangani şubhasiz. Hozirgi globallaşib borayotgan davrda hayotimizni internetsiz tasavvur qilib bölmaydi. Qani, ayting-çi, kundalik tezkor xabarlar saytlariga kirmasdan, ijtimoiy tarmoq va messenjerlardan foydalanmasdan qança vaqt yaşay olasiz? Agarda mendan: “internet nima?” – deb söraşganida, men heç ikkilanmay: “barça sohaning “uçinçi qöli”, deya javob bergan bölardim.
Internetdan foydalaniş madaniyati bir qaraşda aytilaverib, yozilaverib, siyqasi çiqqan mavzu. Biroq virtual dunyoda yaşayotgan ayrim kimsalar (ayniqsa, yoşlar) töğri xulosa çiqarmaguniça, bu yeçimini kutayotgan muammo bölib qolaveradi.
Kimgadir unday qil, bunday qil, deyişga heç kimning haqqi yöq. Axir maʼnaviyatli, özini-özi idora qila oladigan odamga bunday deyişning özi noörin.
“Qalam – ijodkor uçun yo hayot, yo mamot”, – degan edi yozuvçilardan biri. Internet ham xuddi şunday, u inson hayotida töğri foydalanilgan holatda vergul, notöğri foydalanilgan holatda nuqta bölişi mumkin...
Aziza MADRAHIMOVA,
QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶