ZABARJAD KITOB
– Yangi kitoblar keldi, – deb qoldi “Jayxun ilhomlari ” NNT raisi A.Nafas.
Bordim. Tilla hal bilan “To quyoş soçgayki nur” deb taniş misra bilan nomlangan kitobni kördim va:
– Oltin kitob obkebsiz-da, – dedim muqovaga işora qilib.
– Oltini içinda, ustoz, içinda, bir öqing hali...
Uyga keldim-u, öqişga kirişdim. Zamonamiz adabiyot darğalari naşrga tayyorlagan, taqriz qilgan maqolalarni öqiganim sayin, biridan-biriga ötganim sayin...
Siz Erkin Vohidov asarlarini, jumladan, “Özbegim” qasidasini öqigansiz-a, yana bir öqing, söngra Xurşid Davronning uşbu kitob (“To quyoş soçgayki nur”)dan olgan taassurotini öqing, ana şunda körasiz, şunda his qilasiz yurtdoşingizdan ğurur, faxr tuyğusi qanday bölişini!
Siz özingizning millatparvar (millatçi emas!), vatanparvarligingizni taftiş qilib körmoqçimisiz?! Çet ellik özbeklarning ham qalbini junbuşga solgan “Özbegim”ni öqib, eşitib köring! Agar yuragingiz “jiz-z” etmasa, Siz Özbekistonda yaşasangiz-da, özbekistonlik emassiz, pasportda millatingiz “özbek” bölgani bilan qalbingiz özbek emas! Yoki “Inson” qasidasini, “Özbek Navoiyni öqimay qöysa” şeʼrini öqing – qolganini gapirmayoq qöyayin...
“Özbegim” çiqqaç, sevimli domla Omonulla Madayev aytganidek: “Döppi kiyganda ğoz yuriş, gerdayib özbekligini körsatiş odatga aylandi”. (Men 1992-yili onam vafotidan keyin döppi kiyganman. Ha, Xitoy qişloğida birinçi bölib. Sal ilmoqli gap qilganlarni “Özbegim”dan, Muhammad Yusufning “Döppi kiymay qöydi odamlar”idan iqtibos keltirib, mot qilardim).
Erkin Vohidov ijodi va özbek adabiyoti böyiça juda çuqur tadqiqotlar olib borgan Vali Savaş Yelok (Turkiya. Gazi universiteti. Fan doktori, professor): “Şeʼrning (“Özbegim”) ohanrabosi bilan birga, undan ham qiziq tarafi şu ediki, auditoriyani töldirib ötirgan yetmiş beş talabaning barçasi (Turkiya universitetida!) heç ovoz çiqarmay bu şeʼrni tinglagan, şeʼr tugagandan keyin esa mehmonimiz (E.Vohidov)ni tik turib olqişlagan edi”, – deydi.
Akademik Matyoqub Qöşjonov, Ahmadjon Meliboyev, Sultonmurod Olim, Abduğafur Rasulovlarning salobatli fikrlari ona tilimizga bölgan muhabbat, ğurur tuyğularini şakllantiradi. Şoirga tahsinimizni toblaydi. Şeʼrlardagi ilmiy muşohadalar esa olimlarni ham hayratga soladi, faoliyatlarida insoniylikni mezon qilib olişga undaydi.
“... har qanday tilning yuksalib, rivojlanişini taʼminlaydigan eng muhim omillardan biri xalqning öz tiliga bölgan sadoqati, muhabbati bilan birgalikda kundalik hayotda qöllanişidir”, – deb Husayn Baydemir (Turkiya. Arzirum. Otaturk universiteti. Fan doktori, professor) Erkin Vohidovning bu boradagi buyuk amaliy xizmatlariga tahsin aytadi.
Şuhrat Rizayev, Naim Karimov, Ibrohim Ğafurov, Umarali Normatov kabi zabardast olimlar ehtiromi, Sirojiddin Sayyidning vazmin hayajoni sizni jöşqin hayajonga soladi, fikrdoş bölasiz. Şoir surati va siyrati haqida uning şaxsiga va ijodiga beqiyos muhabbatni Azim Suyun, Oşiq Erkin, Matyoqub Qöşjonov, Ozod Şarafiddinov, Tohir Malik oçgan sirlardan anglaysiz. Bu maqolalarni beparvo öqiy olmaysiz. “Faqat avliyoqalb odamgina inʼom qilingan dökon töla tilloni olişdan köra odamiylik tillosini – juvonmardlikni afzal köradi”, – deysiz!
Şoirning şaxmatsevarligi haqida bir çimdim bilmoqçi bölsangiz, Omon Matçonning şeʼri, Nosir Muhammadning, Şodmon Otabekning esdaliklari şu kitobda. Nega şeʼriyatdagi mubolağa-yu, “yolğon”larga çin deb işonişimizga tuşunasiz (B.Karimov maqolasi). Buning siri şoir iqtidorida, mahoratida ekanligiga iqror bölasiz. “Yoşlik devoni” neça martalab çop qilinsa ham, kitob dökonlaridan topa olmasligingiz sababini anglaysiz. Yana Anvar Obidjon, Erkin Aʼzam, Abdulla Oripov, Savranboy Jusuyev (Qirğiziston Qahramoni), Poşali Usmon öğli (Turkiya) kabi buyuk insonlar Erkin Vohidov ijodi haqida söz yuritayotib, şunçaki söz emas, möʼjazgina asarlar yaratib qöyganiga guvoh bölasiz.
Bu kitobni öqib, Erkin Vohidov asarlarini qaytadan qölga olasiz va boşqaça iştiyoq, hayajon bilan öqiysiz. Uluğ ustozlarning sözlaridagi çeksiz mehr va samimiyatni tuyasiz. Şoirning etagidan tutgan Iqbol Mirzoga, Mahmud Toirga havas qilasiz. Şoirning “proba”si – “asillik belgisi” (prof. Akmal Saidov) yuqori Inson bölganligiga iymon keltira-siz!
Xudoyberdi Töxtaboyev: “...yumor aytayotganda quvonç emas, balki qayğu, hasrat ham bölişi mumkin”,– deydi. Erkin Vohidovning “Nega yapon yuz yil yaşar” şeʼriga qarang:
Çunki yapon bizdek qoronğu
Sahar turib oşga bormaydi.
Motamida u obrö uçun
Elni çorlab ziyofat qurmas.
Hayiti yöq, bel boğlab uç kun
Şamdek qotib köçada turmas.
Garçi bizdan yuz bor farovon,
Garçi bizdan yuz karra töqdir.
Töy xarjida yuzta boy yapon
Bir kambağal özbekça yöqdir.
-Faxrmi bu, ökinçmi?
-Ökinç bu! Faxrli ökinç!
Hukumatimizning töylarni, marosimlarni ortiqça dabdabasiz, isrofgarçiliksiz ötkaziş borasidagi tadbirlari ham ana şunday ökinçdan kelib çiqmadimi axir! Şoirona başoratmi bu? Bu – şeʼrning hayotiyligi! “Özbegim”da bugungi istiqlol, orzu başorat qilinganligini anglayvering, endi!
Qilsalar gar oqil, dono
Nozik imo, işoratlar.
Bilingki, bu kelajakda
Röy berajak başoratlar.
Matmusa haqidagi yumor-mutoyiba şu kunning mavzusida emasmi? “Matmusaning dutori”ni ozgina tahlil etib, ayniqsa, xulosaga diqqat qiling:
Alqissa, şu maşşoqlar
Qidirişni taşlasin.
Kerak pardani topgan
Matmusalar yaşasin!
Özi soz ham çalib bilmaydigan, şeʼriyatdan bexabar “Matmusa xonandalar” kerakli pardani topib “yaşa”(!)mayaptimi? Şuning uçun ham Prezidentimiz maqom sanʼatiga eʼtiborni Farmon bilan mustahkamladilar-da!
Şoir ijodining yana bir olmos qirrasi – tarjimonlik mahorati haqida Usmon Aʼzim, Najmiddin Komilovlar fikringizni töliqtiradi, ha, töliqtiradi. Çunki siz “Faust” (Gyote), “Fors taronalari” (Yesenin)ni öqigansiz.. bu asarlarni öqib, çuqur xayollarga ham tolgansiz..
Tumanimizda siz-u biz kabi şaydolari köp Erkin Vohidov şeʼriyatining, Rustam hoji şoir şeʼrlarini yoddan ifodali öqiganda qoyil qolasiz. A.Nafasning yaqinda naşrdan çiqqan “Keldim dovonlar oşib” töplamidagi “Ijodiy jasorat haqida ballada”si ana şunday ixlos, muhabbat aks etgan tatabbuʼdir.
Parça:
– Şeʼriyatda şaklmi yo,
Mazmun, – deya, birlamçi?
Neça olim bahslaşdi,
Otiga bosib qamçi.
Şunda şoir dedi aylab,
Haqiqatga tavajjuh:
– Asli şakl bilan mazmun
Tan libosi içra ruh.
Agar ijodda xalqingga
Xizmatni qilsang niyat,
Har şeʼringda qaror topsin
Umummilliy qadriyat.
El nafini kuylamoqdek
Baxtdan topib naşida.
Faxr bilan yaratganman
“Özbegim”dek qasida.
Erkin Vohidov “Söz – zabarjad, söz – gavhar, oltin” maqolasida zabarjadni gavhar, oltindan ham oldinga qöyibdilar. Bu kitobda şoir şaxsiyati va ijodi haqida buyuk-buyuk olimlar, ijod salaflari fikr bildiribdilarki, “uning “Barakalla” bölgani şudir” (E.Vohidov). Şuning uçun bu kitobni “Zabarjad kitob” desak arziydi. Bu zabarjad kitobni öqigaç, yuqorida aytganimizday, şoirning asarlarini izlaşga, qaytadan sinçiklab öqişga, “Söz latofati”ni uqişga kirişasiz, menga öxşab. Bunga işonçim komil! Sizga omad va zako yor bölsin!
Tursunboy ABDULLAYeV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶