“Milliy istiqlol ğoyasi va maʼnaviyat asoslari” fani oyligi ötkazildi
Umumtaʼlim maktablarida istiqlol davrida şakllangan “Milliy istiqlol ğoyasi va maʼnaviyat asoslari” fani böyiça yangidan darslar ötila boşlandi. Milliy ğoya va mafkurani şakllantirişda alohida ahamiyatga ega bölayotgan darslarda öquvçi-yoşlar Vatanga muhabbat, uning ramzlariga sadoqat ruhida tarbiyalanmoqda.
38-maktabda dekabr oyida “Milliy istiqlol ğoyasi va maʼnaviyat asoslari” fani oyligi ötkazildi. Fan oyligi doirasida öquvçilar tomonidan tayyorlangan ijodiy işlar, referatlar, buklet va albomlar asosida körgazma, öquv metodik körgazma, oçiq öquv maşğulotlari, bellaşuv va tadbirlar ötkazildi: Ayniqsa, “Vatan tuyğusi” fani böyiça öqituvçi Nilufar Tajimurodova 5-6-sinflarda ötkazgan oçiq darsida dars samaradorligini yanada oşiriş va ilğor iş tajribalarini örgatişda barçaga namuna böldi. Şuningdek, ötkazilgan tadbirlardan “Vatan yagonadir, vatan bittadir” bellaşuvi öquvçilardagi fanga bölgan qiziqiş va faollikni yanada oşirdi.
Fan oyligining yakunlanişi munosbati bilan ötkazilgan katta tadbirda erişilgan yutuqlar tahlil qilinib, faol iştirok etgan öquvçilar rağbatlantirildi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶