2018-YILDA AMALGA OŞIPILGAN IŞLAP SAPHISOBI: Fan va taʼlim
Tumanimizda jami 82 ta, şundan 78 ta umumtaʼlim, 3 ta boşlanğiç maktablar va “Barkamol avlod” bolalar markazida ertangi kun egalari zamon talabiga mos ravişda taʼlim-tarbiya olmoqdalar. Ularga 3840 nafar öqituvçilar ilm-fan sirlarini örgatişmoqda.
2017-2018 öquv yilida tumanimiz maktablari Qoraqalpoğiston miqyosida umumjamoa hisobida “Bilimlar bellaşuvi” natijalariga köra avvalgi öquv yilidagidan tört poğona yuqorilab, 3-örinni, fanlar olimpiadasida esa 2-örinni qölga kiritdilar. Şuningdek, öquvçilar “Umid nihollari” sport musobaqasida Qoraqalpoğiston Pespublikasida 3-örinni egallaşga muvaffaq böldilar.
Tumanimizdagi taʼlim muassasalarida ayni kunda 36 ming 703 nafar öquvçilar taʼlim olişmoqda.
Öquv yili boşida tumanda 10 ta öquv-işlab çiqariş majmualari taşkil etilib, maktablarning 10-11-sinflarida taʼlim oluvçi 5316 nafar öquvçilarning barçasi uşbu maskanlarda kasb-hunar örganişga jalb qilindi.
2018-yilda taʼlim-tarbiya işlarini samarali olib borgan 2 nafar öqituvçi “Özbekiston xalq taʼlimi aʼloçisi”, 6 nafari “Qoraqalpoğiston xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi, 1 nafari “Qoraqalpoğiston xalq öqituvçisi” yuksak unvonini olişga muvaffaq böldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶